Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar. Hozirgi kunda mobil
telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki,
bular vazifalari jihatidan personal kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari
yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, o‘yinlar o‘ynash,
hatto radioeshittirish va televideniedan ham bahramand bo‘lish mumkin.
Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma’nosini
anglatadi. Funksionalligi jihatidan cho‘ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo‘lgan mobil telefon.
Bunda cho‘ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan. iPhone - to‘rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone o‘zida telefonning
asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funksiyalarini ham
qamrab olgan.
Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bo‘lib, shaxsiy kompyuterning klassik
namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi ko‘rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq
qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo‘lib, boshqa qo‘shimcha qurilmalar
(sichqoncha, klaviatura) virtual ko‘rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to‘liqligicha mobil aloqa
muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.
Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS. Mobil aloqa vositalari yordamida axborotlarni uzatish Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari
yordamida amalga oshiriladi.
Bluetooth – kichik qamrov
doirasiga ega bo‘lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq
qurilmalari orasidagi o‘zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini engillashtiradi. U
shuningdek, turli elektron qurilmalari va kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashishni
35
osonlashtiradi. Bluetooth kichik ma’lumot oqimlarini uzatish uchun mo‘ljallangan, shuning
uchun mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining o‘rnini bosa olmaydi.