• USLUBIY KO’RSATMALAR
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/104
    Sana18.01.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #140139
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
    Bog'liq
    UMK-AT-Nasirova-Sh.N.

     
    NAZORAT SAVOLLARI
    1. Elektron o‘quv qo‘llanmalar tipi va turlarini sanab bering. 
    2. Smart - elektron o‘quv qo‘llanmalar deganda nimani tushunasiz? 
    3. 
    Smart - o‘qitish muhiti elementlari vazifasi?
     
     


    56 
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
     
    Fizika - matematika fakulteti 
     
    «Informatika o’qitish metodikasi» kafedrasi 
     
    «AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALAR»
    FANIDAN 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    NAVOIY-2019 


    57 
    AMALIY MASHG’ULOT № 1,2 
    Zamonaviy o‘quv texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish.
    Multiproektorni ulash va ekranni sozlash. Interaktiv elektron doska bilan amaliy 
    ishlash. Kompyuter lingafon sinflaridan amaliy ishlash. 
     
    Ishdan maqsad: Talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalari tasnifi, ulardan samarali 
    foydalanish va ularning imkoniyatlari va kompyuter lingafon sinflaridan amaliy ishlash haqida 
    ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, 
    ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
    USLUBIY KO’RSATMALAR 
     
    Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doiralari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, 
    informatika bo‘yicha keng ko`lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatika 
    aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli 
    malakalarga ega bo‘lishi hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini, uning 
    ertangi kuni, rivoji to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy 
    hisoblash texnikalari va informatsion texnologiyaning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa 
    tobora informatizatsiyalashib borishi sababli uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va yuqori 
    bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish 
    bo‘yicha bir qator o‘quv fanlari kiritilgan.[2,3] 
    XX asr o`1rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi
    murakkab texnika va texnologiyalar o‘ylab topildi. Ko`pgina masalalarni xal qilish jarayonida 
    axborot hajmi behisob bir majmuaga aylanadi hamda bu axborotlarni yig‘ish va uzatish 
    vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo`lgan choralarni 
    belgilab chiqish kerak bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini 
    takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxassislarni kompyutyerda ishlashga o‘rgatish 
    muhim ahamiyatga ega. 
    AKT o‘quvchilarni rag‘batlantiradi va ularning qiziqishini oshiradi. 
    AKT o‘quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko‘mak beradi. Hozirgi zamonda 
    mehnat faoliyati o‘quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar 
    va qurilmalar yordamida boshqariladi. AKT XXI asrning yangi ta’lim berish vositasidir. 
    AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. 
    AKT o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun ularga o‘z fanlari bo‘yicha o‘qitishning 
    yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo‘llashga, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish va 
    yangi ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. 
    AKT o‘z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi. 
    AKT o`quv jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali vaqtni hamda 
    mablag‘ni tejaydi. AKT darslarga tayyorgarlik jarayonini qisqartiradi va o‘qish jarayonini 
    o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda ko‘ngilochar qiladi. 
    AKT moslanuvchandir. 
    AKT turli yoshdagi o‘quvchilar, turli darajadagi o‘qituvchilar uchun moslashtirilishi 
    mumkin hamda ta’lim jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun ko‘makdir. 
     
    Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo‘lmasdan, iqtisodiy 
    rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan kamrab olinmagan biror muhim 
    xo‘jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) tasavvur qilish qiyin. 
    Ayni payda hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotni to‘plash, saqlash va taqdim 
    etishning zamonaviy usullari yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) 
    maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday 
    qilib xalq xo‘jaligini axborotlashtirish kelajakka qadam qo‘yish demakdir.[4.5] 
    Kompyuterlarda keng qo‘llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko‘rib chiqamiz. 


    58 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish