O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet41/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Kodlar va kodlash



Kodlash- axborotni ma’lum qonun bo‘yicha tuzilgan belgilar kombinatsiyasiga o‘zgartirish jarayoni. Kodlash ma’lumotlarni xalaqitlardan himoyalash yoki ularni shifrlash uchun qo‘llaniladi.
Kod – qonun yoki qoida, u bilan kodlash amalga oshiriladi. Kodli kombinatsiyalar alfavitni tashkil etuvchi belgilardan tuziladi. Kodli kombinatsiyalar harflar, raqamlar yoki boshqa shartli belgilar bilan yozilishi mumkin. Texnikada sonli kodlar keng qo‘llaniladi, ular hisoblash tizimlari asosida tuzilgan. Koddagi belgilar yoki raqamlar soni, m bilan belgilanadi va hisoblash tizimi asosi deb nomlanadi. Ikkilik hisoblash tizimida ikkita raqamdan «0» va «1» foydalaniladi, tizim asosi m=2, o‘nlik tizimda m=10 (0 dan 9 bo‘lgan raqamlar) va sh.o‘.
Kodlashda har bir axborotga kodni sonli belgilarining ma’lum kombinatsiyasi beriladi, signalning har bir belgisiga o‘zini ishorasi to‘g‘ri keladi. 17- jadvalda ikkilik kod bilan axborotni uzatishda signalning turli ishoralaridan foydalanish misoli keltirilgan. 1- misol, turli darajalarda va 2- misol turli davomiylikda.106
17- jadval

Axborot


Kodli
kombinatsiya


Amalga oshirish misollari


misol 1

misol 2

0

0 0 0 0



1

0 0 0 1



2

0 0 1 0





3

0 0 1 1




106 Peter G. Martin and Gregory Hale. Automation Made Easy. International Society of Automation. USA, 2009. 218 p.
Ikkilik kod eng ko‘p qo‘llanishga erishgan, chunki axborotni, ikki holatli qurilmalar ishini ta’riflovchi, ikkilik tabiatiga mos, (“ha-yo‘q”, “ulangan- uzilgan”,”tutashgan-tutashmagan” va sh.o‘.). Mumkin bo‘lgan axborotlarning soni N, ikkilik kodlardan foydalanganda N=2n ifoda orqali aniqlanadi, bunda, n-signalni uzatishdagi ikkilik son razryadlarining maksimal soni.
Kodning keragidan ortiqlikni mavjudligi bo‘yicha ortiqchali va ortiqchasizlarga bo‘linadi. Ortiqchali kodlarda nafaqat zaruriy kodli kombinatsiyalar uzatiladi, balki, qandaydir hollarda buzilishlar yoki xalaqitlar bo‘lganda to‘g‘ri kodni tiklash imkonini beradigan qo‘shimcha ma’lumotlar ham uzatiladi. Ortiqchali kodlarga, masalan, kombinatsiyani qaytaruvchi kodlar kiradi. Ortiqchali kodlar xalaqitlarga chidamli hisoblanadi. Kodlarda, uzatiladigan belgilarning hech bo‘lmaganda bittasida buzib ko‘rsatish sodir bo‘lsa, yangi kombinatsiya paydo bo‘ladi va u boshqa axborotga aylanadi, ular ortiqchasizlarga ta’luqli bo‘ladi. Ular xalaqitlarga chidamli emas hisoblanadi, lekin axborotlarni uzatishda buzilish yoki xalaqitlarning ta’siri sezilarli bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.107

    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.