O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet37/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Vaqt beruvchi qurilma

Vaqt beruvchi qurilma, real vaqt tartibida ishlovchi avtomatika va telemexanika qurilmalarida vaqt oralig‘larini o‘lchash va tuzish, vaqtli yoki fazali surishlar va sh.o‘. qo‘llaniladi. Vaqt beruvchi qurilmalar turlariga vaqtli oralig‘larni tuzuvchilar, taymerlar va vaqt relelari kiradi.


a)
b)

v) g)
d)
      1. rasm. Vaqtli oralig‘larni tuzish sxemasi


Vaqtli oralig‘larni tuzish prinsiplari, millisoniyalardan bir necha soniyalargacha bo‘lgan diapazonda, kondensatorlarni zaryadlanish va razryadlanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tish jarayonlariga asoslangan. Vaqtli oralig‘larni tuzish uchun qurilma blok-sxemasi 92,a-rasmda keltirilgan, bunda, RC- zaryaldovchi yoki razryadlovchi RC-zanjirlar, vaqt oralig‘ini tuzuvchi, O- ostonali qurilma, kondensatordagi kuchlanishni zaryadlash yoki razryadlashning ma’lum darajasiga yetganida ishga tushadi, K- kalitli element, qurilmalarni kommutatsiyalovchi, vaqtli oralig‘ni tuzuvchi orqali boshqariluvchi.


Kondensator zaryadlanayotganda vaqt oralig‘ini tuzish jarayonini ko‘rib chiqamiz, bu qurilmani sxemasi 92,b- rasmda keltirilgan. Dastlabki holatda o‘chirgich V uzilgan, S kondensatordagi kuchlanish Uc nolga teng. V ulanish paytida kondensator S zaryadlanishni boshlaydi, undagi kuchlanish Uc eksponensial qonun bo‘yicha o‘zgaradi, 92,v-rasmda ko‘rsatilgan kabi,



        • c
          t

quyidagi ifodaga muvofiq u ( t )Еп(1  е ) bunda, En ta’minot manbaining




EYUK, τ = RC-zaryadlash vaqti doimiyligi. Kuchlanish Uc ostonali qurilmaning O ishlab ketish darajasiga yetganda, uning chiqishida kalitli elementni K boshqaruvchi kuchlanish Uchiq paydo bo‘ladi. V ning ulanish paytidan boshlab, ostonaviy qurilmaning o‘tish paytigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i ishlab ketish vaqti ts deb nomlanadi. Kondensator S sig‘imini yoki R rezistorning qarshiligini almashtirib, ishlab ketish vaqtining qiymatini berish mumkin.90
Kondensatorni razryadlanishida vaqtli oralig‘ning tuzilish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Bu qurilmaning sxemasi 92,g-rasmda keltirilgan. Dastlabki holatda o‘chirgich V o‘ng tomon holatida turibdi, kondensator S zaryadlanmoqda. O‘chirgich V chap holatga o‘tkazganimizda kondensator S razryadlana boshlaydi, undagi kuchlanish Us eksponensial qonun bo‘yicha kamayadi, 92,d-rasmda
ko‘rsatilgani kabi, quyidagi ifodaga muvofiq.
1

u ( t )Еп* е

c , bunda, En-ta’minot

manbaining EYUK, τ = RC-zaryadlash vaqti doimiyligi. Kuchlanish Uc ostonali qurilmaning P ishlab ketish darajasiga yetganida, uning chiqish kuchlanishi Uchiq , kalitli element K tomonidan boshqariluvchi, nolga teng bo‘ladi. Kondensator S sig‘imini yoki R rezistorning qarshiligini almashtirib, ishlab ketish vaqtining qiymatini berish mumkin.


Taymerlar, katta saqlanishlarni olish uchun hisoblash sxemalaridan foydalangan holda qo‘llaniladi (100 soniya va undan oshiq), chunki vaqt ushlagich RC zanjirlardan foydalanganda juda katta sig‘imli kondensatorlar talab etiladi. Taymerning blok-sxemasi 93-rasmda keltirilgan, bunda, IG-impulslar generatori.

      1. rasm. Taymerning blok-sxemasi91


Taymer quyidagicha ishlaydi. Uni ishga tushirganda GI, ma’lum davomiylik va tirqishlikdagi to‘g‘ri burchakli impulslarni ishlab chiqara boshlaydi. Hisoblagich impulslar sonini hisoblaydi va ularni qiymati ishga tushirish va tashlab yuborish qiymatiga etganda hisoblash to‘xtatiladi. Deshifratorga vaqtni saqlagan holda ma’lum releni ulaydigan, vaqt hisobi bilan aniqlanadigan, ikkilik kod beriladi. hisoblash sxemalari bilan ishlaydigan taymerlar bir kristalli


mikrosxemalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ishlab ketish vaqtini berish uchun, ular ko‘p razryadli boshqarish shinalari bilan ta’minlanadilar, ularga, ma’lum vaqtni saqlashga moslashtirilgan, kodli kombinatsiyalar beriladi. Bunday taymerlar mikroprsessorli tizimlarda qo‘llaniladi.


Vaqt relesi, ostonaviy elementni tashkil etadi. Bu rele boshqaruvchi signalni ulash yoki uzishda saqlangan ishlab ketish vaqti qiymatiga yetganda ishlaydi. Bunday relelarda saqlanish vaqti RC zanjirlari, mexanik pasaytirgichlar yoki taymerlar bilan berilishi mumkin.


Download 470,25 Kb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.