|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 35/80 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 470,25 Kb. | | #159234 |
Bog'liq I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org
Impulsli generatorlar, bittalik yoki ketma-ket impulslarni ishlab chiqarish uchun elektron qurilma. Odatda, impulsli generatorlar topshiriq beruvchi tebranishlar manbai va impulslarni tuzuvchi, zarur bo‘lgan forma, davomiylik va amplitudaga ega bo‘lgan, impulsni tuzuvchilardan tashkil etadi. Topshiriq beruvchi manba sifatida relaksatsion yoki sinusoidal tebranishlarni ishlab chiquvchi generatorlar xizmat qilishi mumkin. Impulsli generatorlarni bipolyar yoki maydon tranzistorlari asosida tuzilgan operatsion kuchaytirgichlar va raqamli mikrosxemalardan tuzish mumkin.
Multivibrator, to‘g‘ri burchakli impulslarni ishlab chiqaruvchi avtogenerator deb nomlanadi. Ushbu impulslarning davomiyligi va ishlab chiqarilish chastotasi vaqtni ajratib beruvchi RC-zanjirlarning parametrlari bilan aniqlanadi.
88-rasm. Simmetrik multivibratorning namunaviy sxemasi86 Multivibrator ikkita vaqtincha barqaror holatga ega. Simmetrik
multivibratorning namunaviy sxemasi ikkita tranzistorli kalitdan tashkil topadi. Sxemada ikkita teskari aloqa sirtmog‘i bilan kirish va chiqishlari o‘zaro qamrab olingan: bittasi rezistorli-sig‘imli zanjir R1C1, boshqasi, o‘xshash zanjir R2C2 bilan tashkil topgan (88, a-rasm).
86 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
Multivibrator ishini, tranzistorlar inersion emas va bir onda o‘tadilar, deb faraz qilgan holda ko‘rib chiqamiz. Ikkala tranzistorlarning kollektor va bazalaridagi kuchlanishning soddalashtirilgan vaqtli diagrammasi 88, b-rasmda keltirilgan.
t =0 bo‘lgan vaqtda multivibrator quyidagi holatda, VT1 tranzistor ochiq va to‘yingan, tranzistor VT2 yopiq. Bunda, sxema quyidagi holatga ega- VT1 tranzistorning kollektorida kuchlanish Uk>>0; VT2 tranzistorning kollektoridagi kuchlanish Uk>>E; S1 kondensator manfiy zaryadlangan va VT2 ning bazasidagi kuchlanish emmiterga nisbatan minus. Kondensator S2 ham zaryadlangan, lekin VT1 tranzistorning bazasidagi kuchlanish musbat va emmiter-baza o‘tishdagi qarshilikni baza tokiga ko‘paytmasiga teng. Bunday holatda multivibrator barqaror hisoblanmaydi, ya’ni, kondensator S1 quyidagi zanjir bo‘yicha zaryadsizlanadi: manba +E, rezistor R2, kondensator S1, ochiq VT1 tranzistorning kollektor-emitter zanjiri. Qachonki VT2 tranzistorning bazasidagi kuchlanish noldan katta bo‘lsa, VT2 tranzistorning ochilishi boshlanadi. Bu tranzistor ochiladi, undan kollektor toki oqa boshlaydi, bu esa Uk2 kuchlanishni pasayishiga olib keladi. Ushbu kuchlanishni S2 kondensator orqali manfiy sakrashi, VT1 tranzistorning bazasiga uzatiladi. VT1 tranzistori yopiladi va uning kollektor kuchlanishi Uk1 oshadi. Ukl kuchlanishni S2 kondensator orqali musbat sakrashi, VT2 tranzistorning bazasiga uzatiladi va bu tranzistorni yana ham ko‘proq ochadi. Sxemada ko‘chkili jarayon boshlanadi. Bu jarayon multivibratorni boshqa kvazibarqaror holatga o‘tkazish bilan tugaydi. Bunda, VT2 tranzistor ochiq va to‘yingan, tranzistor VT1 yopiq. Ammo, VT1 tranzistoridagi kuchlanish, S1 kondensatorini o‘ziga xos zaryadlanish vaqti bilan Rk1 rezistor va VT2 emmiter-baza o‘tish qarshiligi orqali (tz1= (Rk1+reb1)C1 ) eksponensial xarakterda sakrab o‘sadi. Bu jarayon ham uncha katta bo‘lmagan xarakterli musbat kuchlanishli impulsni VT2 bazasida chaqiradi. Kondensator S1 amalda U kuchlanish ta’minotigacha zaryadlanadi. Interval t1...t2 da kondensator S2 razryadlanadi va t2 vaqt paytida multivibratorni yangi o‘tishi sodir bo‘ladi. Multivibratorda doimo R1 > Rk2 (mos ravishda R2 > Rk1) bo‘lsa, unda
kondensator S1 razryadlanish vaqtining doimiyligi tr1=R2C1 va S2tr2=R1C2, S1 kondensatorning zaryadlanish vaqtining doimiyligidan katta va S2 tz1 = Rk1C1, tz2 = Rk2C2. Tranzistorlar kollektorlaridagi kuchlanish impulslarining davomiyligi, mos ravishda kondensatorlarning qayta zaryadlanish vaqtiga muvofiq. Simmetrik multivibratorlar uchun, C1=C2=S, R1=R2=R i Rk1=Rk2=Rk, bo‘lganda, impulslarning davomiyligi quyidagicha ifodalanadi: ti=RCln2=0,7RC
Odatda, multivibratorlar bir qutbli to‘g‘ri burchakli impulslarni olish uchun (masalan, taymerlar uchuni) yoki boshqa turdagi impulsli elektron qurilmalarda topshiriq beruvchi generator sifatida qo‘llaniladi.
Talab etilgan davomiylikdagi ishga tushirish impulsi bilan sinxronlashtirilgan, bitta to‘g‘ri burchakli impulsni olish uchun, birtebratgich yoki kutuvchi multivibrator sxemalari ishlatiladi. Birtebratgich bitta barqaror holatga ega. Bunga, o‘zgaruvchan tok bo‘yicha bitta kollektor-baza aloqasini, o‘zgarmas tok bo‘yicha aloqaga almashtirish bilan amalga oshirish bilan etishish mumkin. Kutuvchi multivibrator sxemasi va kuchlanishlar diagrammasi mos ravishda 89, a va 89, b- rasmda keltirilgan.
VT1 tranzistor Rb1 bazaviy rezistor orqali tok bilan to‘yinganda, holat barqaror hisoblanadi. Tranzistor VT2 manfiy surilish kuchlanish -Usm orqali yopiq, kondensator C2 ta’minot kuchlanishigacha zaryadlangan. Bunday holat har qancha vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin.
Birtebratgichning kirishiga qisqa ishga tushirish impulslari ta’sir ko‘rsatganda, uning chiqishida bittalik to‘g‘ri to‘rt burchakli qayd etilgan davomiylik bilan impulslar tuziladi. Musbat qutbli ishga tushiruvchi impuls VT2 tranzistorni ochadi, manfiy kuchlanish US2 VT1 tranzistorning bazasiga beriladi va VT1 yopiladi. VT1 ning kollektorida kuchlanishni oshishi tranzistor VT2 to‘yinish tartibiga o‘tkazadi.
Ushbu holat barqaror hisoblanmaydi, va VT1 tranzistorning bazasida manfiy kuchlanish bo‘lgunga qadar ushlanib turadi, ya’ni, kondensator S2 rezistor Rb2 orqali razryadlanmagunga qadar.
89-rasm. Kutuvchi multivibrator sxemasi87
Tranzistor VT1 ning bazasida uncha katta bo‘lmagan musbat kuchlanish hosil bo‘lganda u ochiladi va to‘yinishga o‘tadi, tranzistor VT2 yopiladi. VT1 tranzistorning kollektorida impuls davomiyligining tuzilishi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
t1 t0
0,7 Rb1C2
(13)
Chiqish signalining fronti davomiyligi VT1 tranzistorni yopilishidagi S1 kondensatorning zaryadlanish tezligi bilan aniqlanadi va quyidagiga teng bo‘ladi
|
| |