Hisoblagichlar va summatorlar




Download 470,25 Kb.
bet32/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Hisoblagichlar va summatorlar



Hisoblagichlar,(schetchiklar) ketma-ketli raqamli qurilma bo‘lib, hisoblash operatsiyalarini bajarish va hisoblangan impulslarning kodli sonini xotirasida saqlashga mo‘ljallangan. Turli hisoblash sxemalari mavjud bo‘lib, vazifasi, triggerlarni qo‘llash turi, ular orasidagi aloqani tashkillashtirish, holatini almashtirish tartibi bilan ajratiladi.
Holatini o‘zgarish tartibi bo‘yicha hisoblagichlar tabiiy va ixtiyoriy hisoblash tartibli bo‘ladi. Birinchisida, hisoblagichning har qaysi keyingi holati kodining qiymati, avvalgi kodning qiymatidan birga farq qiladi. Ixtiyoriy hisoblash tartibli hisoblagichlarda qo‘shni holatlarning kodlar qiymatlari birdan ko‘proqga farq qilishi mumkin. Hisoblagichlar shuningdek oddiy va reversivliga (yo‘nalishini o‘zgartiradigan) ajratiladi. Oddiy hisoblagichlar qo‘shuvchi va ayiruvchilarga bo‘linadi. Qo‘shuvchi hisoblagichlarda, avvalgi holat kodiga nisbatan, keyingi holatning kodi ko‘proq qiymatga, ayiruvchilarda esa, kamroq qiymatga ega bo‘ladi. Reversivli hisoblagichlar qo‘shish tartibida va shuningdek ayirish tartibida ham ishlashi mumkin.76
Hisoblash moduli yoki qayta hisoblash koeffitsiyenti Khis, bu, u orqali hisoblanishi mumkin bo‘lgan oxirgi darajadagi sonni xarakterlaydigan, hisoblagichni asosiy parametri hisoblanadi. Kirish impulslarini Khis kelib bo‘lgandan so‘ng, hisoblagich dastlabki holatga qaytadi. Bunday hisoblagichlar, shuningdek Khis soniga teng bo‘luvchilar deb nomlanadi. hisoblagichlar,


76 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009, 100-106 p.
hisoblash moduli bo‘yicha Khis=2m teng bo‘lgan ikkilik, va Khis¹2m teng bo‘lgan
noikkiliklarga ajratiladi, bunda, m-butun musbat son.
Hisoblagichlarning tezkorligi ikkita kattaliklar bilan aniqlanadi: ruxsat etish qobiliyati tr, ya’ni, ikkita kirish impulslarini berish orasidagi vaqtning mumkin bo‘lgan minimal intervali, bunda sanash uzluksiz bo’lishi kerak bo‘ladi, va hisoblagich kodini o‘rnatish vaqti to’rn, ya’ni kirish signalini kelish paytining vaqt intervali va hisoblagichni yangi barqaror holatiga o‘tishni tugatish payti bilan. Bunday hollarda quyidagi shart tr>to’rn bajarilishi kerak.
Ikkilik hisoblagichlar uchun, qayta hisoblash koeffitsiyentiga bog‘liq holda triggerlar soni quyidagi ifoda orqali aniqlanadi mikki.=log2Khis.
Noikkilik hisoblagichlar uchun, triggerlar sonini quyidagi shart bo‘yicha tanlanadi mnoikk.=[log2Khis], bunda, [log2Khis]- qayta hisoblash koeffitsiyentining berilgan ikkilik logarifmi, eng yaqin (katta) butun songagacha yaxlitlangan.
Ikkilik hisoblagichlar, odatda T-triggerlar (hisoblovchi triggerlar) asosida tuziladi, ular Khis =2 xisoblash koeffitsiyenti bilan impulslarni hisoblashni amalga oshiradilar. Bir nechta hisoblash triggerlarni ma’lum bir usul bilan birlashtirib, ko‘p razryadli hisoblagich sxemasini olish mumkin. Agar, bazaviy sifatida to‘g‘ri hisoblovchi kirishli T-triggerlardan foydalanilsa, unda uch razryadli qo‘shuvchi ikkilik hisoblagichni tuzish uchun, ularni 75-rasmda ko‘rsatilgandek birlashtirish zarur bo‘ladi.
  1. rasm. Qo‘shuvchi ikkilik hisoblagichlar77


Barcha triggerlarni ishlashi hisoblash impulsining oldingi frontidan kelib chiqadi. Shuning uchun, qo‘shish operatsiyasini amalga oshirish uchun, triggerlarga ma’lumotni oldingi triggerlarning inversli chiqishlaridan berish kerak bo‘ladi. Hisoblagich ishlashining vaqtli diagrammasi 76-rasmda keltirilgan.



  1. rasm. Hisoblagichni vaqt diagrammasi78





Download 470,25 Kb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Download 470,25 Kb.