O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet30/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Triggerlar

Raqamli qurilma ketma-ketli deb nomlanadi, agar uning chiqish signali Y ayni vaqtda faqat kirish signali X qiymatiga bog‘liq bo‘lmasdan, o‘tgan vaqtda paytida berilgan signallarga ham bog‘liq bo‘lsa. Ketma-ketli raqamli qurilmalarda kirish signallari kelishining oldingi tarixi, maxsus xotira elementlari yordamida qayd qilinadi, ya’ni u xotiraga ega. Xotira elementi kirish va chiqish signallaridan tashqari holati bilan xarakterlanadi. Bu holatlar diskretli vaqt paytida, uning kirishidagi signallar ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Eng sodda xotira elementi mantiqiy 1 yoki 0 holatlardan birini qabul qilishi mumkin. Bu holat yangi holatga o‘zgartirilmagunga qadar saqlanib qolishi mumkin.


Trigger, eng sodda ketma-ketli raqamli qurilma hisoblanadi. Trigger, ikkita barqaror holatga ega bo‘lgan qurilma. Agar, qurilma tashqi ta’sirlar bo‘lmaganda, uzoq vaqt o‘z holatini o‘zgartirmasa barqaror holat deb nomlanadi. Umumiy holda trigger ikkita chiqishga ega: to‘g‘ri va inversli. Trigger holatini to‘g‘ri chiqishdagi potensial qiymati bilan aniqlash qabul qilingan. Agar, to‘g‘ri chiqishdagi potensial mantiqiy 1 teng bo‘lsa, unda trigger birlik holatda (bunda, inversli chiqishdagi potensial mantiqiy 0 teng). Aks holda trigger nollik holatda bo‘ladi. Potensialli triggerlarni tasniflash asosida, ularda kirish va chiqishlar orasida o‘zgarmas tok bo‘yicha aloqa mavjud, ikkita asosiy alomat (ishora, belgi) bo‘lishi mumkin: funksional va triggerga ma’lumotni yozish usuli.69

Funksional tasniflash hammasidan ko‘ra umumiy hisoblanadi va mantiqiy tenglamalar bo‘yicha triggerlarning tasnifini ifodalaydi. Bunda, triggerning kirish
69 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
va chiqishlarining ishlash vaqtigacha tn va unday so‘nggi tn+1 holatini xarakterlaydi. Funksional tasniflanishi bo‘yicha triggerlar RS-, D-, T- va JK turlariga ajratiladi.70
Ma’lumotlarni yozish usuli bo‘yicha tasniflash triggerning vaqt diagrammasi bo‘yicha ishlashini xarakterlaydi, ya’ni triggerga ma’lumotni yozish jarayonini aniqlaydi. Ushbu tasniflash bo‘yicha triggerlar asinxronli va taktlanuvchi yoki sinxronlilarga bo‘linadi. Asinxron triggerlarning farqlovchi xususiyatlari, ularga ma’lumotlarni yozish statistik usul bilan amalga oshirilishi hisoblanadi, ya’ni informatsion signal uning kirishiga bevosita kelishi bilan yoziladi. Taktlanuvchi (sinxron) triggerlarga ma’lumotni yozish, informatsion va taktli kirishga ega bo‘lganda, faqat taktlovchi yoki ruxsat etuvchi impuls kelganda amalga oshiriladi.
Triggerlarni ishlash qonuni o‘tishlar jadvali yordamida tasvirlanadi, bunda, triggerning kirish va chiqishlarining ishlash vaqtigacha tn va unday so‘nggi tn+1 holati beriladi, shunday hollarda chiqishning holatlari quyidagicha belgilanishi mumkin:
0-trigger Q=0 holatda turibdi; 1- trigger Q=1 holatda turibdi;
Q-triggerning holati kirishdagi ma’lumot o‘zgarganda, o‘zgarmaydi;


Q -triggerning holati kirishdagi ma’lumot o‘zgarganda, qarama-qarshisiga o‘zgaradi;
      1. triggerning noaniq holati, kirishdagi informatsion signalni ishlash


jarayonida, trigger chiqishidagi mantiqiy darajalar bir xil ( QQ  0 yokiQQ 1),

informatsion signalni ishlash jarayoni tugagandan so‘ng, trigger Q=1 yoki Q=0 ehtimollikga teng holatda bo‘lib qolishi mumkin. Turli turdagi triggerlarni ishlashini ko‘rib chiqamiz.
70 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009, 91-96 p.


Download 470,25 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.