|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 38/80 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 470,25 Kb. | | #159234 |
Bog'liq I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org
Operatsion kuchaytirgich nima (OK)?
OK invertirlanuvchi va invertlanmaydigan kirishlari nima bilan farqlanadi ?
Differensial OK va kuchlanishni qaytargichlari haqida gapirib bering
OK differensiyalovchi va integallovchi tartiblarini gapirib bering
Komparator nima?
Nol-indikator nima?
Mantiqiy elementlarning bazaviy turlarini ayting
Shifratorlar va ularning vazifalari
Deshifratorlar va ularning vazifasi
Multipleksorlar va demultipleksorlar-vazifalari va turlari
Trigger nima va uning vazifasi
Asosiy triggerlarnining turlari va ularning xususiyatlarini aytib bering
Hisoblagichlar, ularning vazifasi va asosiy turlari
Summatorlar va yarim summatorlar, ularning vazifasi
Registrlar, ularning turlari va ishlash tartiblari
Xotira qurilmalarining asosiy turlarini ayting
Impulsli generatorlarning asosiy turlari va ulardan foydalanish usullarini ayting
Vaqt ulagich qurilmalarining asosiy vazifasi
Kondensatorlarni zaryadlash va razryadlash yordamida vaqt oralig‘ini tuzish prinsiplari haqida aytib bering
Taymerlar va ularning vazifasi
BOB. AXBOROTNI KODLASH, UZATISH VA O‘ZGARTIRISH PRINSIPLARI Asosiy tushunchalar va aniqliklar
Barcha avtomatik qurilmalarda bir qism yoki tugunlardan boshqasiga axborotlarni va ularda bo‘layotgan jarayon va hodisalarni uzatish amalga oshiriladi, ya’ni ma’lumotlarni.
Ma’lumot bu qabul qiluvchiga oldindan ma’lum bo‘lmagan, axborotlar ichidagi xabarlarni tashkil qiladi. Ma’lumot, elektr ta’minoti qurilmalarini boshqarish tizimiga yuboriladigan, o‘zining xarakteri bo‘yicha, tezkor (operativ) (tizim ishlashini boshqarish va nazorat qilish) va statestiklarga bo‘linadi (ishlov berish, jamlash, tahlil qilish va tizim ishlashi haqida hisobotlarni tuzish). Ma’lumotlar vazifasi bo‘yicha boshqara oladigan (boshqarish va ishlashini tartibga soladigan), signalli (nazorat ob’ektlarining holati va ahvoli) va o‘lchaydiganlarga (nazorat qilinadigan parametr kattaliklari haqida) bo‘linadi.
Axborot -bu manbadan qabul qiluvchiga uzatish kerak bo‘lgan bironta hodisa yoki voqea haqidagi ma’lumot. Axborotlar aloqa kanallari orqali signallar yordamida uzatiladi.92
Signal – jismoniy jarayon, uning ma’lum parametrlari ma’lum axborotga mos bo‘ladi. Signal doimo qandaydir faktga, hodisa yoki voqeaga asoslanib sodir bo‘ladi, lekin ularga nisbatan mustaqil tabiatga ega. Axborot va signal orasida bir xil ma’noli muvofiqlik mavjud. Signallar, ularni sodir etgan ma’lumotlardan mustaqil bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni uzatish jarayonida signallar bir necha
92 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009, 125-127 p.
marotaba bir formadan ikkinchi formaga o‘zgartirilishi mumkin. Masalan, radiouzatishda tovush bosimli signal elektr tokiga va elektrmagnit nurlanishga o‘zgartiriladi, radioqabul qilish antennasi orqali qabul qilingan elektrmagnit to‘lqinli signal, dinamikda tovush signaliga o‘zgartiriladi.
Aloqa kanali, texnik vositalarning majmuasini tashkil etadi. Ular yordamida turli axborotlarni mustaqil ravishda uzatish imkoni ta’minlanadi. Signallarni uzatish jarayonida xalaqitlar sodir bo‘lishi mumkin, uzatilayotgan signalga ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday xalaqit etuvchi ta’sirlar. Aloqa kanalining o‘zida sodir bo‘luvchi apparatdagi xalaqitlar va kanal bilan bog‘liq bo‘lmagan tashqi xalaqitlar ajratiladi, masalan, radiouzatish vaqtida momaqaldiroq xalaqiti. Xalaqitlar axborotni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun, xalaqitlarni mavjudligiga qaramay, qabul qilingan axborot uzatilgan axborotga aniq mos bo‘lganda, kanal bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish masalasi bajarilgan hisoblanadi.
Ma’lumotlarning o‘lchov birligi sifatida, ikkita holatga ega bo‘lgan ob’ektlar haqidagi ma’lumot qabul qilinadi. Signal, ushbu ob’ekt haqidagi voqeani tasvirlovchi, shuningdek ikki holatga ega va ma’lumotlar o‘lchov birligini uzatadi, bu o‘lchov birligi bit deb nomlanadi. Shunday qilib, agar signal bir bit ma’lumotni olib borsa, unda uning yordamida faqat ikkita «da-net» “ha-yo‘q”, “ulangan- o‘chirilgan”, “1-0” va sh.o‘. turdagi axborotlar uzatilishi mumkin.
Agar, qurilmalar soni va ularning har birini holati aniq bo‘lsa, barcha mumkin bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotni olish uchun, uzatilishi zarur bo‘lgan axborotlar soni qizishni kasb etadi. Uchta V1, V2 va V3 o‘chirgichlar mavjud, ularning har biri ikkita mumkin bo‘lgan holatga-“ulangan” yoki “1” holati va “uzilgan” yoki “0” holat ega bo‘lishi mumkin. 16-jadvalda o‘chirgichlarning barcha mumkin bo‘lgan holatlari keltirilgan, bunda, “barcha o‘chirgichlar uzilgan” holatdan “barcha o‘chirgichlar ulangan” holatgacha. Shuni qayd etish kerakki, axborotlar soni N=8, ob’ektlar soni (o‘chirgichlar) n=3 va holatlar soni m=2 orasida bog‘lanish bor 8 23 yoki umumiy ko‘rinishda N mn .
16-jadval
Axborot
raqami
|
O‘chirgichlarning holati
|
V1
|
V2
|
V3
|
1
|
«0»
|
«0»
|
«0»
|
2
|
«0»
|
«0»
|
«1»
|
3
|
«0»
|
«1»
|
«0»
|
4
|
«0»
|
«1»
|
«1»
|
5
|
«1»
|
«0»
|
«0»
|
6
|
«1»
|
«0»
|
«1»
|
7
|
«1»
|
«1»
|
«0»
|
8
|
«1»
|
«1»
|
«1»
|
Bu ifoda, uzatilgan signalda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni eng ko‘p sonini aniqlaydi. Ma’lumotlar sonining haqiqiy qiymati kam bo‘lishi mumkin, chunki oldindan aniq yoki ma’nosi bo‘lmagan axborotlarni (keragidan ortiq ma’lumot) uzatishning zarurati yo‘q. Bir qator hollarda, masalan, ishonchlikni oshirish uchun, keragidan ortiq ma’lumotlarni uzatiladi, masalan, ma’nosi bir xil bo‘lgan signallarni qaytariladi. Keragidan ortiq ma’lumotlar signal yoki komandani to‘g‘ri uzatilishiga kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Signal va axborotlar uzluksiz va diskret bo‘ladi.
rasm. Axborot uzatishni vaqtga bog’liklik grafigi
Analogli yoki uzluksiz signal, bu kattaligi vaqtning uzluksiz funksiyasi bo‘lganlari hisoblanadi. Analogli signal axborot uzatishni vaqt to‘lqinlari amplitudasini, chastotasini yoki fazasini uzluksiz o‘zgartirish yo‘li bilan ta’minlaydi. 94-rasmda ba’zi analogli signallarni vaqt bo‘yicha o‘zgartirish jadvali keltirilgan.
Temir yo‘l elektr ta’minoti tizimlarida kontakt tarmog‘i uchastkalarida tok yoki kuchlanishni masofadan o‘lchash namunaviy analogli signallari hisoblanadi.
Diskret yoki raqamli, oxirgi qiymatga ega bo‘lgan signallar shunday deb nomlanadi. 95-rasmda abstrakt diskret signalni vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi keltirilgan.
rasm. Diskret signalni vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi93 Teleboshqarish va telesignallashtirish qurilmalarida qo‘llaniladigan pozitsion
komandalar “ulash-o‘chirish”, “yopish-ochish” diskret hisoblanadi.
Bir qancha xatolarga yo‘l qo‘yish bilan analogli signalni diskretga o‘zgartirish mumkin, va teskarisi-diskret signalni analogliga o‘zgartirish.
|
| |