ABT ni tahlil qilish uchun dekompozitsiyalash usulidan foydalaniladi. Buning uchun, avtomatik boshqarish tizimi elementar komponentlaga bo‘linadi-dinamik zvenolarga. Dinamik zveno deb, ma’lum differensial tenglama bilan ta’riflanadigan konstruktiv va har qanday jismoniy ko‘rinishdagi qurilmaga
aytiladi. Dinamik zvenolarning tasnifi, differensial tenglamaning ko‘rinishi va tartibi yoki zveno bilan amalga oshiradigan uzatish funksiyasining turi bilan bajariladi. Bir xil tenglamalar bilan har qanday turdagi qurilmalar ta’riflangani uchun (elektrik, elektromexanik, gidravlik, issiqlik va sh.o‘),
turli ABT larni loyihalashda, bir xil matematik apparatdan foydalanishga imkon beradi.
117
Dinamik zvenoni ba’zi bir blok ko‘rinishida tasvirlash mumkin (114-rasm), unga,
X(t) boshqarish ta’sirlari va
Z(t) tashqi g‘alayonlar ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sirlarga zvenoning reaksiyasi
Y(t) kabi aniqlanadi.
114-rasm. Dinamik zvenoni blok ko‘rinishida tasviri
Namunaviy yoki elementar dinamik zveno deb, ikkinchi darajadan yuqori bo‘lmagan oddiy differensial tenglama bilan ta’riflanuvchi zvenolarga aytiladi. Namunaviy dinamik zvenolarga quyidagilar kiradi:
birinchi darajadagi zveno-proporsional, birinchi tartibli aperiodik, differensiyalovchi, integrallovchi, birinchi tartibli jadallashtiruvchi, toza kech qoluvchi zvenolar.
ikkinchi tartibli zveno-ikkinchi tartibli aperiodik, tebranuvchi, konservativ, ikkinchi tartibli jadallashtiruvchi.
Birinchi tartibdagi namunaviy dinamik zvenolarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Proporsional zveno y(t)=kx(t) tenglama bilan ta’riflanadi, uning uzatish funksiyasi W(p)=k ko‘rinishga ega. Namunaviy zvenoning h(t) o‘tish xarakteristikasi deb, birlik boshqaruvchi signal ta’siridan keyingi tezlanish egrisiga aytiladi. Boshqaruvchi signallarning grafigi x(t) va proporsional zvenoning o‘tish
117 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers
is an imprint of Ilsevier USA, 2009 157-162 p.
xarakteristikasi
h(t) =k*1(t) 115,a- rasmda keltirilgan. Proporsional zveno g‘alayon ta’sirlariga darhol (inersiyasiz) javob beradi.
115-rasm. Boshqaruvchi signallarning grafigi118
Proporsional zvenolarga reduktor, dastakli uzatma,
rezistor, elektron kuchaytirgichlar misol bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi tartibdagi aperiodik zveno quyidagi tenglama bilan ta’riflanadi
T(dy/dt)+y(t)=kx(t), uning uzatish funksiyasi quyidagi ifoda bilan hisoblanadi
W(p)=k/(Tp+1), bunda, T- boshqaruvchi
x(t) signalning pog‘onali ta’sirida zvenoni inersionligini xarakterlovchi vaqt doimiyligi. Birinchi tartibdagi aperiodik zvenoning boshqarish signali
x(t) va o‘tish
xarakteristikasining
h(t)=
k(1
e T
)* 1
( t )
grafigi 115,b- rasmda keltirilgan. Aperiodik zvenoga misol
jarayoni, dvigatel yoki katta inersiya paytiga ega bo‘lgan har qanday aylanuvchi mexanizm hisoblanadi.