«Algoritm» va «dastur» terminlar ma’nosini tushuntirib bering?
Apparatli va dasturiy boshqarish usullarini farqini aytib bering?
Mikroprotsessor nima?
Mikroprotsessorli boshqarish tizimining asosiy kompanentlarini ayting?
VII - BOB. MIKROPROTSESSOR TIZIMINING ISHLASHI
Dasturni bajarish jarayonida mikroprotsessor tugunlarining o‘zaro
harakatlanishi
Mikroprotsessorning tugunlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarning xususiyatlarini tushinish uchun ba’zi terminlar bilan tanishib chiqamiz.
Operand-so‘z (ikkilik son), uning ustida u yoki bu matematik yoki mantiqiy amallar bajarilishi mumkin. Masalan, agar u dasturni bajarish uchun qo‘llaniladigan bo‘lsa, ikki sonni 20 va 30 qo‘shish tartibi natijasi, operand hisoblanadi.
Operatsiya- operand orqali bajariladigan matematik yoki mantiqiy harakatlar. Operatsiyalarga qo‘shish, ayirish, ma’lum xotira yacheykasiga o‘tkazish va sh.o‘. kiradi. Ikki sonni qo‘shish ishini bajaradigan tartibdagi qo‘shish amali-bu operatsiya.
Operatsiya kodi-operatsiyaning har bir turiga beriladigan ikkilik yoki o‘n oltilik son. Operatsiyaning mumkin bo‘lgan soni protsessorning razryadligiga bog‘liq, masalan, 4-razryadli protsessor 24=16 operatsiyani, 8-razryadli 28=256 operatsiyani va sh.o‘. bajarishi mumkin.
Adres-xotira yacheykasi (registrlar to‘plami), u yerda ikkilik son ko‘rinishida operatsiya kodi yoki operand saqlanishi mumkin.134
Port-MP tashqi qurilmalar bilan ulanish uchun qurilma, masalan, ma’lumotlarni kirish-chiqish portlari. Odatda, maxsus mikrosxemalarda bajariladi, ularda, kirish qarshiliklarini, kirish-chiqishlarni ochish-yopish va sh.o‘.larning kuchlanish darajalarini muvofiqlashtiruvchi elementlar mavjud.
Komanda-operand orqali bajariladigan elementar operatsiyalar jamlamasi. Har bir elementar operatsiyalar komandaning fazasi deb nomlanadi. Odatda, MP komandalari bittadan besh-oltitagacha fazani o‘z ichiga olishi mumkin. Masalan, ikki sonni qo‘shish komandasi, 20+30, quyidagi elementar operatsiyalarni (fazalarni) bajarilishini ko‘zda tutadi: 20 va 30 ni xotira yacheykasiga yozish-yozish
operatsiyasi, yacheykadagi ma’lumotlarni qo‘shish-qo‘shish (jamlash) operatsiyasi, natijani keyingi yacheykaga kiritish-yozish operatsiyasi.
Mikroprotsessor tugunlariga impuls ko‘rinishidagi elektr signallar ta’sir ko‘rsatadi, bu signallar impulslarni sinxronlashtiruvchi generatorlardan (ISG yoki boshqacha nomlanadi-taktli impulslar generatori-TIG) va boshqarish qurilmalaridan beriladi (MP struktura sxemasida “sinxronlashtirish va boshqarish”elementi, 127 - rasmda keltirilgan).135
18- jadval
OZU
Adresi
|
Mikroprotsessor tomonidan bo’lib
o’tayotgan jarayonlar
|
Kommentarii
|
A0
|
Holatiga qarab akkumulyatorni o’rnatish
A0
|
1 operatsiya
|
A1
|
Adres A2 bo’yicha A soniga qushish
|
2 operatsiya
|
A2
|
20
|
Operand
|
A3
|
Adres A4 soniga A qushimcha qushish
|
3 operatsiya
|
A4
|
30
|
Operand
|
A5
|
Adres A6 bo’yicha A yig’ilganlarni
yozish
|
4 operatsiya
|
Komandani berish vaqtida ISG taktlarining soni, bunga protsessorning xotira qurilmalariga (komanda, adres va ma’lumotlar registri bilan) va kirish-chiqish portlariga murojati ham kiradi, mashina davri deb nomlanadi. MP komandalarining bajarilishi bir yoki bir necha mashina davrida amalga oshiriladi.
Dasturni bajarish jarayonida MP tugunlarining o‘zaro bog‘lanishlarini aniqlash uchun, uning bajarilish algoritmini tuzamiz. Ikki son 20 va 30ni qo‘shish xolatini ko‘rib chiqamiz. MP tomonidan bajariladigan ish tartibini ketma-ketligi 18-jadvalda ko‘rsatilgan, operatorlarning bajarish tartibi-yuqoridan pastki qatorga.
|