• VI - BOB. MIKROPROTSESSOR VA MIKROPROTSESSORLI TIZIMLAR HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 470,25 Kb.
    bet51/80
    Sana20.02.2024
    Hajmi470,25 Kb.
    #159234
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
    Bog'liq
    I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

    Nazorat savollari

    1. Modellarni tuzish nima?


    2. Jismoniy va matematik modellar nima bilan yaratiladi?


    3. ABT ni statistik va dinamik ishlash tartiblari haqida aytib bering?


    4. ABT ning inersionlik ko‘rsatkichini aniqlash uchun, qanday sinov signallaridan foydalaniladi?


    5. ABT boshqarish jarayoni tenglamasi o‘z ichiga nimalarni oladi?


    6. ABT ning zvenosi yoki elementar o‘tish funksiyasi nima?


    7. ABT ning namunaviy dinamik zvenosi o‘z ichiga nimani oladi?


    8. Birinchi tartibdagi namunaviy dinamik zvenolarni aytib bering?


    9. Ikkinchi tartibdagi namunaviy dinamik zvenolarni aytib bering?


    10. Zvenolarni ketma-ket ulanganda ABT ning uzatish funksiyasi qanday aniqlanadi?


    11. Zvenolarni parellel ulanganda ABT ning uzatish funksiyasi qanday aniqlanadi?


    12. Teskari aloqa bo‘lganda ABT ning uzatish funksiyasi qanday aniqlanadi?


    13. ABT ning barqarorligi nimaligini tushuntirib bering?


    1. ABT ning xarakteristik tenglamasi o‘z ichiga nimani oladi?


    2. Raus-Gurvits barqarorligining algebraik mezonini tushuntirib bering?


    3. Naykviyst-Mixaylov barqarorligining chastotalik mezonini tushuntirib bering?


    4. ABT ning rostlash sifati qaysi parametrlar bilan aniqlanadi?


    5. ABT ning aniq rostlanishi qaysi parametrlar bilan aniqlanadi?


    6. ABT ning sifatini kvadrat integral baholash nimalarni o‘z ichiga oladi?




    VI - BOB. MIKROPROTSESSOR VA MIKROPROTSESSORLI TIZIMLAR HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR

      1. Mikroprotsessor texnikasining rivojlanish tarixi

    Avtomatika va telemexanika apparaturasi datchik va komandali qurilmalardan ma’lumotlar kiritishni, ushbu ma’lumotga berilgan ketma-ketlikda mantiqan ishlov berishni va ijrochi mexanizmlarga uzatiladigan (rele o‘chirgichlar va boshqalarga) boshqarish ta’sirlarini ishlab chiqarishni amalga oshiradi.


    Har bir konkret qurilma orqali yechiladigan masalalar, uning ishlash algoritmi bilan aniqlanadi, boshqarish maqsadi bilan aniqlanadigan zaruriy natijaga olib keladigan operatsiyalarni ohirgi soni bilan ishlarni tartibga solingan ketma-ketlikda aniqlanadi.126
    Boshqarish algoritmi bilan aniqlanadigan qurilmalarning ishlash ketma-ketligi ikki apparatli va dasturiy usul bilan berilishi mumkin.
    Boshqarishni apparatli usul bilan amalga oshirishda uning ko‘rinishi va operatsiyalarning ketma-ketligi sxema va apparatli vositalar orasidagi aloqa strukturasi, qurilma tarkibiga kiruvchi elektron yoki elektrmexanik komponentlar, yordamida beriladi

    Boshqarishni daturiy usuli bilan amalga oshirishda uning ko‘rinishi va operatsiyalarning ketma-ketligi dastur yordamida beriladi. Ushbu dastur oldindan


    126 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009. 173-175 p.
    xotira qurilmalariga va boshqaruvchi qurilmaning barcha ishni boshqaruvchi komponentlariga yozib qo‘yiladi. Tarixiy birinchi bo‘lib apparatli boshqarish qurilmalari paydo bo‘lgan. Hozirgi vaqtda dasturlanuvchi boshqarish qurilmalariga o‘tilmoqda.
    Elektr ta’minoti qurilmalarini avtomatlashtirishning birinchi bosqichida kontaktli barabanli yoki kulachokli mexanizmlar bilan kontrollerli turdagi o‘tkazgichlar asosida qurilmalarni apparatli avtomatlashtirish qo‘llangan. Komandokontrollerlarning (o‘tkazgichlar shunday nomlangan) ishlash algoritmi ularning konstruksiyasiga kiritilgan edi. Shuning uchun, algoritmda bo‘ladigan har qanday o‘zgartirish qurilmani qayta ishlashni talab etardi.
    40-50 yillarda avtomatik qurilmalarning asosiy element bazasi elektrmagnit rele va qadamli qidiruvchilar bo‘lib qoldi. Bu, avtomatik qurilmalarni funksional imkoniyatlarini yechish imkonini berdi. Ammo qurilmalarning ishlash algoritmini o‘zgartirish chegaralangan bo‘lib, buning uchun, qo‘shimcha kontakt guruhlari yoki qo‘shimcha relelardan foydalanish talab etilardi.
    50-60 yillarda elektrlashtirilgan temir yo‘llarda avtomatika va telemexanikning elektron qurilmalarini joriy etish boshlandi. Boshlanishda bu oddiy elektrmagnit relelarning elektron analogi edi, kechroq, tarkibida elektron relelar, mantiqiy elementlar yig‘masi va kombinatsion sxemalar, xotira elementi va teskari aloqa bo‘lgan, namunaviy elektron modullar paydo bo‘ldi. Elektron tizimlar avtomatik boshqaruvning murakkab algoritmlarini amalga oshirish imkonini yaratgan, lekin ular, ko‘p sonli kompanentlari bo‘lgani uchun, murakkab sxemalar va nisbatan katta bo‘lmagan ishonchlikga ega bo‘lgan.
    Dasturlangan avtomatik qurilmalarni amalga oshirish, mikrochiplar, katta va o‘ta katta integral sxemalar paydo bo‘lishi bilan, mumkin bo‘ldi. Ularning yuqori ishonchliligi sababli ko‘p elementlik (bunday mikrosxemalar millionlar tranzistorlarni o‘z ichiga olishi mumkin) apparaturaning o‘lchamlariga, ishonchligiga va narxiga sezilarli darajada ta’sir etmaydigan faktor bo‘lib qoldi. Aloxida bloklarning funksiyalarini unifikatsiya va standartizatsiya qilmoq
    mumkin, umuman olganda qurilmaning strukturasi qanday parametrni yoki jarayonni avtomatlashtirishiga bog‘liq bo‘lmay qoldi va bu ham unifikatsiyalandi. Bunday unifikatsiyalanish natijasida 60-yillarda mikrokontrollerlar-mexanik komandokontrollerlarning elektron analogi paydo bo‘ldi. Ular, dasturlar yordamida boshqariladigan ko‘p sonli kommutatsiyalovchi guruhlarni o‘z ichiga oladi. Mikrokontrollerlar dasturiy boshqariladigan avtomatik qurilmalarni birinchilari hisoblanadi. Mikrokontrollerlarni takomillashtirish 1971-yilda, birinchi to‘rt razryadli mikroprotsessorni- Intel 4004 (123, a-rasm) tuzilishiga olib keldi. Shundan so‘ng, mikroprotsessorlarning rivojlanishi, ularning razryadligini, ichki xotira xajmini, takt chastotasini va hisoblash yadrolar sonini oshirishga yo‘naltirildi. 123,b-rasmda zamonaviy Intel Core i7 3820 mikroprotsessorining tashqi ko‘rinishi keltirilgan. Ushbu MP to‘rtta jismoniy va sakkizta vertual protsessor yadrosi bilan jixozlangan, uning nominal takt chastotasi 3,6 GGs, shuningdek 10 megabayt ichki xotirani tashkil etadi.
    Zamonaviy MP o‘ta katta mikrosxemani o‘z ichiga oladi. U arifmetik- mantiqiy qurilma funksiyasini bajaradi, ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni, barcha struktur kompanentlar ishini boshqaradi va koordinatsiyalaydi, tashqi zanjir va qurilmalarga boshqaruv ta’sirlarini ishlab chiqaradi va uzatadi.






    123-rasm. Zamonaviy mikroprotsessorlar127



    127 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009.
    Berilgan funksiyalarni bajarish uchun, MP bir qator qo‘shimcha tizim va qurilmalar zarur bo‘ladi-maxsus kiritish-chiqarish qurilmalari (masalan, raqamli- analogli va analogli-raqamli o‘zgartgichlar, monitorlar, indikatorlar), xotira qurilmalari, uzish qurilmalari, taymerlar va sh.o‘.,ular mikroprotsessor bilan birgalikda mikroprotsessor tizimni tashkil etadi.


      1. Download 470,25 Kb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




    Download 470,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 470,25 Kb.