Mikroprotsessorli tizimlarning strukturasi




Download 470,25 Kb.
bet52/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Mikroprotsessorli tizimlarning strukturasi



Mikroprotsessor tizimi dasturiy va apparatli vositalar kompleksini o‘z ichiga oladi. Ular, bir-biri bilan uzluksiz bog‘langan va muvofiqlashtirilgan boshqarish funksiyasini bajaradi. 124-rasmda uchta shinali soddalashtirilgan namunaviy MP tizimi keltirilgan. Tizim tarkibiga mikroprotsessor MP kiradi, uning asosiy vazifasi-raqamlar bilan berilgan ma’lumotlar ustida barcha turdagi operatsiyalarni bajarish va tizimning boshqa bloklarini boshqarish.
124-rasm. Uchta shinali soddalashtirilgan namunaviy MP tizimi keltirilgan128
Impulslarni sinxronlash generatori ISG, protsessorning ishlash tezligini yuklaydi va MP tizimning barcha bloklari ishlashini vaqt bo‘yicha sinxronlashni ta’minlaydi.
Doimiy xotira qurilmasi DXQ, MP tizimi ishlash algoritmini amalga oshiruvchi dasturni o‘z ichiga oladi, shuningdek, massivlar, fayllar va sh.o‘. ko‘rinishdagi ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ham foydalaniladi. DXQdagi ma’lumotlar tizimni ta’minotdan o‘chirilganda ham yo‘qolmaydi.
Tezkor xotira qurilmasi TXQ, ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlashga xizmat qiladi, masalan-oraliq hisoblash natijalari, adreslar, komandalarni va sh.o‘. saqlash uchun. TXQ saqlanadigan ma’lumotlar, ta’minot o‘chirilganda yo‘qoladi.
Kiritish-chiqarish qurilmalari KCHQ, kirish va chiqish portlaridan tashkil topib, tashqi qurilmalar bilan bog‘lanish uchun xizmat qiladi.
MP tizimining barcha tugunlari o‘zaro tizim shinalari yordamida ulanib, ularning har biri bir guruh simlarni o‘z ichiga oladi, ular orqali elektr signallarni uzatilishi amalga oshiriladi.
Adres shinasi adreslarni uzatishga hizmat qiladi, ular yordamida MP tizimning tashqi qurilmalariga murojaat qiladi. Ma’lumotlar shinasi, MP dan boshqa qurilmalarga, va u qurilmalardan MP ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan. Boshqarish shinasi, boshqaruvchi signallarni uzatish uchun xizmat qiladi. Boshqaruvchi signallarga xotiraga yozish va xotiradan o‘qish, kirish qurilmasidan ma’lumotlarni o‘qish va chiqish qurilmasiga ma’lumotlarni yozish signallari, tashqi qurilmalarni boshqaruvchi signallar (printer, indekator va sh.o‘.) kiradi.
Umumiy imkoniyatlari bo‘yicha, MP tizimi elektr signallar bilan monipulyatsiya qiladi, ikkilik sonlarni imitatsiyalaydi va ular bilan operatsiyalarni bajaradi: ma’lumotlar bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar, MP o‘zidagi adres va operatsiyalar bilan; ma’lumotlarni DXQ va TXQ ga yozish, DXQ va TXQ dan ma’lumotlarni o‘qish; KCHQ ma’lumotlarni o‘qish va yozish.129
Ikkilik so‘zning uzunligi bo‘yicha (yoki soni), MP operatsiya o‘tkaza oladigan 4, 8, 16 va 32 razryadli protsessorlarga ajratiladi. Masalan, 4-razryadli
MP 24=16 sonlar, 8-razryadli 28=256 sonlar bilan operatsiyalar o‘tkaza oladi va
h.k.z. Protsessorning razryadliligi qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p operatsiyalarni bajarishi va murakkabroq masalalarni yechishi mumkin.
125-rasm. 8-razryadli Intel 8080 MP tashqi ko‘rinishi keltirilgan130

Odatda, MP integral mikrosxemaning tanasiga chiqishlarini ikki qator joylashtirib o‘rnatiladi. DIP- korpus deb nomlanuvchi (dual-in-line package) 40 chiqishilari bilan. Intel 8080 MP tashqi ko‘rinishi keltirilgan.

MP kamroq va ko‘proq razryadlar soni bilan 28, 42, 50, 64 va undan ko‘p chiqishlarga ega bo‘lishi mumkin. Chiqishlar birinchi chiqishdan boshlab, soat millariga teskari yo‘nalishda qora nuqta bilan belgilangandan nomer qo‘yib chiqiladi, mikrosxemaga tepadan qaraganda. 126-rasmda MP chiqishlarining rasshifrovka qilinishi keltirilgan (chiqishlarni lotin xarflari va raqamlari bilan belgilash qabul qilingan), ular odatda ingliz terminlarining, chiqishlar vazifasini xarakterlovchi, qisqartmalarini o‘z ichiga oladi. A0-A15-liniya adreslari, adreslar shinasini tashkil etadi. O‘n oltita liniya 216 adresni yodda saqlab qolish imkonini beradi, ularda ma’lumotlar va komandalar (operatorlar) joylashgan;
GND-umumiy ta’minot shinasining chiqishi (zaminlash, korpus);
+5V, -5V, +12V –ta’minot blokiga ulash uchun chiqishlar;
D0-D7 – ma’lumotlar liniyasi, ma’lumotlar shinasini tashkil etadi. Sakkizta liniya 28=256 so‘z va sonlar bilan manipulyasiya qilish imkonini beradi;
126-rasm. MP chiqishlarining rasshifrovka qilinishi keltirilgan131
F1, F2 -tashqi impulslar generatoridan tashqi tarktli impulslarni kiritish; SYNC-tashqi qurilmalarga sinxronlashtiruvchi impulslarni chiqarish; DBIN- ma’lumotlarni chiqarish;

WAIT-dastur yoki nim dastur ishini boshlash yoki tugatish komandasini kutish;


WR-ma’lumotlarni yozish;
HLDA-ma’lumotlarni yoki komanda operatorlarini ushlab qolinganini tasdiqlash;
INTE-uzulishlarga ruxsat (taqiq);
READY- ma’lumotlarni kiritishga tayyorligi; HOLD - ma’lumotlarni ushlab qolish;
INT - uzilishni talab qilish;
RESET- MP registorlari va OZUni tozalash, qayta ishga tushirish.
12-19 va 21-24 chiqishlarga olib keluvchi liniyalar, boshqarish shinasini tashkil qiladi.

    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikroprotsessorli tizimlarning strukturasi

Download 470,25 Kb.