• Xotira qurilmalari
  • Tashqi qurilmalarni adreslar shinasiga ulash




    Download 470,25 Kb.
    bet56/80
    Sana20.02.2024
    Hajmi470,25 Kb.
    #159234
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
    Bog'liq
    I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

    Tashqi qurilmalarni adreslar shinasiga ulash

    MP tizimlarida adreslar shinasi va ASh adreslar shinasiga bir nechta tashqi PZU va UVV lar ulanishi mumkin. Kerakli qurilmalarni tanlash maxsus mikrosxemalarda bajarilgan deshifrator yordamida amalga oshiriladi. 131-rasmda


    131-rasm. Deshifratorlarni kaskadli ulash sxemasi139
    139 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009
    ko‘rsatilgan sxema yordamida sakkizta tashqi qurilmadan V1-V7 bittasini tanlash mumkin, buning uchun, deshifrator DS ning kirishiga ikkilik sonlardan 1000 dan 1111 gacha bo‘lgan kod beriladi. DXQ yoki kirish-chiqish portlari sonini, ko‘rilayotgan sxemaga bitta yoki bir nechta deshifratorlarni qo‘shib va ularni adres liniyalariga ulash tartibini o‘zgartirib, ko‘paytirish mumkin.
    Qo‘shimcha portlarning eng ko‘p sonini, deshifratorlarni kaskadli ulash sxemasini qo‘llab (shunday usul bilan ulangan har bir deshifrator, 28=512 portni ulash imkonini yaratadi), olish mumkin.
      1. Xotira qurilmalari

    Xotira qurilmasi (XQ) maxsus mikrosxemada bajarilgan. Mikrosxema triggerlar asosidagi, bir qanday massivga jamlangan, yarim o‘tkazgichli elementar yacheykalardan tashkil topgan. Har bir elementar yacheyka ikkilik razryadli (bit) ma’lumotni (0 yoki 1) saqlash qobiliyatiga ega.140


    Mikrosxemaning chiqishlar soni (liniyalar) saqlab qolinadigan so‘zning razryadligiga bog‘liq. Masalan, 8-razryadli protsessor 8-razryadli so‘zlar bilan operatsiyalar o‘tkazishi mumkin va minimum 8 adresli liniyani o‘z ichiga olishi kerak, bu esa 28=256 komandani bajarish imkonini ta’minlaydi. Sakkiz kirishga ega bo‘lgan xotira, shuncha razryadli so‘zlarni saqlab qolish qobiliyatiga ega. Bunday tashqari, mikrosxema boshqarish signali kirishlarini (kristalni tanlash, o‘qish va yozishni tanlash) ma’lumotlarni qabul qilish va yozish, ta’minot kuchlanishini kiritishlarini o‘z ichiga olishi kerak.
    Xotirani tashkil etishning ikkita asosiy usuli qo‘llaniladi-razryadlar bilan tanlash va so‘z bilan tanlash. Razryadlar bilan tanlashda har bir element (razryad) alohida adresga ega, so‘z bilan tanlashda-kristalda ma’lum qayd etilgan m razryadli son ajratiladi, unda, bironta m-razryadli so‘z yozilishi mumkin.

    140 Peter G. Martin and Gregory Hale. Automation Made Easy. International Society of Automation. USA, 2009 191-193 p.
    Ma’lumotlarni razryadlar bilan tanlashda xotirani tashkil etish strukturasini ko‘rib chiqamiz. agar MP 8-razryadli ma’lumotlar shinasiga ega bo‘lsa, unda har bir adresda bitta 8-razryadli so‘z saqlanishi kerak. Ushbu maqsad uchun sakkizta mikrosxema kerak bo‘ladi, ularning adresni uzatish liniyalari parallel ulangan bo‘ladi, 132, a-rasmda ko‘rsatilgani kabi, ya’ni ma’lumot barcha mikrosxemalarga

    a)

    b)

    132-rasm. Mikrosxemaning struktur sxemasi


    a)

    b)

    133-rasm. Maxsus mikrosxemalar141


    141 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009
    bir vaqtda keladi. 8-razryadli so‘zning alohida kirish-chiqish razryadlarining qiymatlari (D0-D7) har bir mikrosxemadan bittadan tanlab olinadi. Bunda, 256x1 raqami belgilanadi, bu esa, har bir mikrosxema bitta 8-razryadli so‘zni saqlab qolishini anglatadi va u 0 dan 255 gacha qiymatni olishi mumkin (o‘nlik hisoblash tizimida). Bunday mikrosxemaning struktur sxemasi 132,b-rasmda keltirilgan, bunda, o‘qish-yozish qo‘shimcha elektrodi ma’lumotni uzatilish yo‘nalishini boshqarish imkonini beradi. Elektrodda signal mantiqiy 1 bo‘lganda-xotira elementiga yozishga ruxsat etadi, mantiqiy 0 bo‘lganda-xotira elementidan o‘qishga ruxsat etadi.
    Ma’lumotni so‘z bilan tanlash bilan xotirani tashkil etishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun, ma’lumotlarni so‘z bilan tanlash maxsus mikrosxemalaridan foydalaniladi. Ular 133,a-rasmda ko‘rsatilgan strukturaga ega. Har bir mikrosxema A0-A7 bo‘lgan sakkizta adresli liniyaga va ma’lumotlar uchun sakkizta chiqishga ega: 0-3-ma’lumotlar kirishi, D0-D3-ma’lumotlar chiqishi. Mikrosxemadagi yozuv 256x4, to‘rtta 8-razryadli so‘zni saqlab qolishi mumkinligini anglatadi.
    O‘qish-yozish elektrodi ma’lumotlarni kiritish yo‘nalishini boshqarish imkonini beradi (1-yozish, 0-o‘qish). Chunki, to‘rtta kirish-chiqish chiqishlari ZU1 va ZU2 faqat 4-razryadli so‘zlar bilan operatsiyalar o‘tkazish imkonini beradi, unda 8-razryad bilan 256 so‘zli xotira hajmini olish uchun, mikrosxemalarning adresli liniyalari parallel ulanadi, chiqish-kirish liniyalari esa ketma-ket ulanadi, 133,b - rasmda ko‘rsatilgani kabi. Bunda, 0-3 va D0-D3 chiqishlari to‘rtta kichik razryadli so‘zlarni kiritish-chiqarish, 4-7 va D4-D7-chiqishlar esa, to‘rtta katta razryadli 8- razryadli so‘zlarni kiritish-chiqarish imkonini beradi. Shunday qilib, so‘z bilan kiritish-chiqarish xotirasi soddaroq qurilmaga ega va tezroq ishlaydi, shuning uchun u zamonaviy MP tizimlarini tarqalishda ustunlikga ega.

      1. Download 470,25 Kb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




    Download 470,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi qurilmalarni adreslar shinasiga ulash

    Download 470,25 Kb.