Reaktiv quvvatli statistik kompensatorlar ishlash tartibini mikroprotsessorli boshqarish




Download 470,25 Kb.
bet64/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Reaktiv quvvatli statistik kompensatorlar ishlash tartibini mikroprotsessorli boshqarish

Reaktorlar quvvatini va kondensatorli qurilmalarni tiristorli boshqariluvchi kalitlar yordamida uzluksiz boshqarish imkoniyati, statistik boshqariluvchi reaktiv quvvat kompensatorlarini ishlab chiqishga sabab bo‘ldi. Ushbu qurilmalar aylanuvchi sinxron kompensatorlarga nisbatan ishonchli, tez ishlovchi va arzon


hisoblanadi. 141-rasmda statistik boshqariluvchi reaktiv quvvat kompensatorning namunaviy sxemasi (SBRQK) keltirilgan.
141-rasm. Statistik boshqariluvchi reaktiv quvvat kompensatorning namunaviy
sxemasi153
SBRQK o‘z ichiga rostlanuvchi reaktor (RR), uning reaktiv quvvati rostlanuvchi tiristorli kalit yordamida (RTK) o‘zgartiriladi va yuqori kuchlanishli o‘chirgich VV1 yordamida ulanadigan va uziladigan rostlanmaydigan kondensatorli Sv qurilmani oladi. SBRQK 10-35 kV ishchi kuchlanishga ega va tarmoqdagi T transformatorga VK2 o‘chirgichi orqali ulanadi. RTK rostlovchi ta’sirlar fazoimpulsli signallar ko‘rinishida MP boshqaruv qurilmasi (BQ) yordamida amalga oshiriladi va elektr uzatish liniyasida U kuchlanishni og‘ishiga bog‘liq xolda, uning birinchi va ikkinchi xosilalari va aktiv R, reaktiv Q quvvatlar va iste’mol toki haqidagi signal bo‘yicha tuziladi. Ushbu parametrlarning datchiklari bo‘lib kuchlanish transformatori TV va tok transformatori TA xizmat qiladi, ular yuqori kuchlanishli o‘chirgich VV3 so‘ng ulanadilar. 142-rasmda MP boshqarish qurilmasining (BQ) SBRQK blok-sxemasi keltirilgan. BQ uch qismdan tashkil topadi: o‘lchash-o‘zgartirish qismi (O’O’Q), hisoblovchi qism (HQ) va ijrochi qism (IQ). O’O’Q ning ishlashini ko‘rib chiqamiz. Signal TA va TVdan kuchlanish (KAO’) va tok (TAO’) analogli o‘lchovchi o‘zgartgichga keladi, unda kuchlanishi 5 V bo‘lgan signalga o‘zgartiriladi. Normallashtirilgan kuchlanish ko‘rinishidagi
signallar analogli kommutator orqali (AK) analogli-raqamli o‘zgargichga (ARO’) uzatiladi.

142-rasm. MP boshqarish qurilmasining (BQ) blok-sxemasi154

Kuchlanishda garmoniklar bo‘lgani uchun, MP boshqarish impulsli tuzuvchi, analogli-diskretli o‘zgargichga (ADO’) uzatishdan avval, past chastotalar filtri (PChO’) o‘rnatilgan.

Zaxiralash uchun, kuchlanishni o‘rtacha qiymatini to‘g‘rilovchi o‘lchovchi o‘zgartgichlar (TO’O’) qo‘llaniladi. ADO’ TIT tiristorlarni ishga tushirish burchagini hisoblaydi va uni ikkilik kodga o‘zgartiradi. HQ ga tok va kuchlanishni diskret signallar zanjirlaridan (DSZ) berish mumkin, masalan, raqamli chiqishli TA va TVdan, diskret signallar relesi orqali (RDS).


HQ ikkita komplekt mikro EXM ga ega (asosiy va zaxiraviy).
Har bir mikroEXM ikkita MP MP1, MP2 va uzish taymerlarni T1, T2 o‘z ichiga oladi. MP1 davr ichida T1 uzilishlar bilan to‘rt marotaba o‘rtacha kvadrat kuchlanishni hisoblaydi, MP2 esa davr ichida T2 uzilishlar bilan o‘n ikki marotaba FBS fazoimpulsli boshqaruv signallari parametrlarini hisoblashni boshqaradi. MK nazorat modullari va MRS multipleksorlaridan raqamli signallar ijrochi qismga (IQ) keladi.
Ijrochi qismda signallar kuchaytiriladi va boshqarish impulsli tokini tuzuvchining (ITT) tiristorlariga taqsimlanadi. Diskretli chiqish signallarining (DChS) gerkonli relelar komplekti, GRKni butunlay o‘chirish imkonini beruvchi, VV2 o‘chirgich va Sv kondensatorli qurilmaning VV1 o‘chirgichini boshqarish uchun xizmat qiladi. Raqamli-analogli o‘zgartgichga (RAO’) ossillograf OSS ulanadi, u nim stansiya shinalaridagi kuchlanishning signal formasini kuzatish, shuningdek DChSning butun ishini diagnostika qilish imkoniyatini beradi.


    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reaktiv quvvatli statistik kompensatorlar ishlash tartibini mikroprotsessorli boshqarish

Download 470,25 Kb.