Integrallangan mikroprotsessorli ximoyalash va boshqarish haqida




Download 470,25 Kb.
bet66/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Integrallangan mikroprotsessorli ximoyalash va boshqarish haqida



ma’lumotlar
Raqamli hisoblash texnikasining ma’lumotlariga ishlov berishda, MP bilan amalga oshirilganda, texnik vositalar va usullarni qo‘llash integrallangan avtomatik tizimlarni tuzilishiga olib keldi. Ular normal va avariyaga qarshi boshqarish, releli himoyalash va o‘zini diagnostika qilish funksiyalarini bajaradi. MP integrallangan avtomatik komplekslar, avtomatikaning ajratilgan qurilmalariga nisbatan katta ahamiyatga ega bo‘lgan afzalliklarga ega. Ulardan asosiylari quyidagilar:
  • Ko‘p funksiyalilik.


  • Kichik o‘lchamlar va og‘irlik.


  • Masofadan turib sozlashni va ishlash dasturini o‘zgartirish imkoni.


  • Avtomatik testlash va o‘zini diagnostika qilish, zaxiralanish hisobiga yuqori ishonchlilik.


  • Elektotexnik jixozlarni avariyaga qarshi o‘chirish va ulashlarni tezlatish.


  • Operatorga (dispetcherga) boshqariladigan elektrenergetik ob’ektlarni holati va ularni avariyaga qarshi boshqaruvchi ta’sirlarga tayyorligi haqida axborot berishi.


  • Avariya holatlarini rivojlanishi, avariyaga qarshi boshqarishning integrallangan komplekslarini harakatlanishi va effektiv ishlashi haqida ma’lumotlarni qayd qilish va saqlash.


  • Elektrenergetika tizimlarini avtomatlashgan boshqarishning yuqori darajasidagi tarkibiga kirish imkoni (boshqaruvning ierarxik strukturasi).


  • Texnik holatini va avariyaga qarshi avtomatikani sozlashni davriy ravishda sinchkovlik bilan tekshirish zarurati yo‘qligi.


Hozirgi vaqtda himoyalash va boshqarishning integrallangan MP tizimlarining bir nechta turlari mavjud. Ular generatorlar, transformatorlar, LEP va kompensatsiyalovchi qurilmalar, o‘chirgichlarni buzilishdan zaxiralash, zaxirani avtomatik ulash (ZAU), barcha turdagi va karralikdagi qayta avtomatik ulash (KAU), chastotali avtomatik ishlovchini yukdan bo‘shatish (ChAIB), havo va kabel liniyalaridagi nosoz joylarni aniqlash, qisqa tutashuv bo‘lgan joygacha masofani aniqlash, oxirgi avavriyaviy xolatlarni o‘nta va undan ortiqlari haqidagi ma’lumotni qayd qilish va saqlash, asosiy turdagi elektrjixozlarni to‘xtatish va ishga tushirish, bajarilayotgan avariyaga qarshi o‘chirish va ulashlarni barcha turdagi funksiyalarni ta’minlaydi.


Ximoyalash va boshqarishning MP qurilmalari aloxida blok va raqamli relelarni o‘z ichiga oladi, ular funksional va dasturiy tuzilishi bo‘yicha
unifikatsiyalashtirilgan (bir xil qilingan). Ularning asosida, amalda, har qanday murakkablikdagi boshqarishning avtomatik tizimini tuzish mumkin.


Download 470,25 Kb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Integrallangan mikroprotsessorli ximoyalash va boshqarish haqida

Download 470,25 Kb.