|
Avtoblokirovka uchun zaxira manba
|
bet | 74/80 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 470,25 Kb. | | #159234 |
Bog'liq I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.orgAvtoblokirovka uchun zaxira manba – Запасное питание для автоблокировки – Spare power for auto-lock – avtoblokirovka yuqori kuchlanishli liniyasi uzilib qolganda foydalaniladigan qo‘shimcha elektr ta’minoti manbai bo‘lib, o‘zgaruvchan tok elektrlashgan temir yo‘l uchastkalarida “Ikkita sim-rels(ISR)” liniyasidan foydalaniladi.
Avtomatik boshqarish- Автоматическое управление – Automatic control – bevosita insonning ishtirokisiz berilgan ishlash algoritmi bo‘yicha texnik ob’ektlarni boshqarish (jarayonni, asboblarni, mashinalarni, tizimlarni).
Avtomatik qayta ulash – Автоматический перевключатель – Automatic switch – elektr ta’minoti qurilmalarini ulardagi qisqa tutashish va o‘ta yuklanishlar natijasida releli himoya qurilmalari tomonidan manbadan ajratilganda ularni tezkor ravishda manbaga qayta ulash jarayoni.
Avtotransformator punkti – Пункт автотрансформатора – Autotransformer point – 2x25 kV tortish elektr ta’minoti tizimida qo‘llaniladigan va tortuvchi nimstansiyadan tortish tarmog‘iga uzatilayotgan elektr energiyasi kuchlanishini 50 – 55 kV dan 25 – 29 kV gacha pasaytirib beruvchi elektrotexnik
uskuna bo‘lib, u tortish tarmog‘i bo‘ylab tortuvchi nimstansiyalardan va bir- biridan har 10 – 20 km masofada o‘rnatiladi.
Blok-uchastka – Блок-участок – Block-plot – temir yo‘i liniyasidagi stansiyalararo peregonning bir qismi bo‘lib, undagi yondosh ajratish punktlari orasi avtomatik blokirovka yoki avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan jihozlanadi, har bir blok-uchastka uzunligi yondosh svetoforlar orasidagi masofaga teng.
Bo‘ylama kompensatsiya - Продольная компенсация – Longitudinal compensation – bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjirida induktiv qarshilikni kamaytirish maqsadida unga kondensator batareyalari ketma-ket ulangan sxema.
Boshqarish – Управление – Control – ob’ekt va atrof muhit haqidagi ma’lumotlar asosida tanlab olingan va ob’ektni boshqarish maqsadiga muvofiq, ma’lum bir tartibda ushlab turishga yo‘naltirilgan, ta’sir ko‘rsatish majmuasi.
|
| |