|
Tortish nim stansiyalarining axborot-boshqaruv tizimlari
|
bet | 70/80 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 470,25 Kb. | | #159234 |
Bog'liq I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org
Tortish nim stansiyalarni boshqarishda MP qo‘llash quyidagi ustunliklarga
Boshqarishning barcha funksiyalarini ishonchliligini oshirish, tizimni
avtomatik o‘zini diagnostika qilish tizimi va dastlabki ma’lumotlardan to‘la foydalanish hisobiga, boshqarishda maqbul qarorlarni qabul qilishga imkon beradi
Boshqarishning yangi masalalarini yechish imkoni paydo bo‘lishi, jumladan, tizimli va texnologik avtomatikani tadbiq etib,
Avtomatika qurilmalari funksiyalarini amalga oshirish.164
Ammo dasturiy ta’minotni narxini balandligi, namunalashtirishning murakkabligi va tizimning sxema va strukturasini o‘zgartirishda moslashtirish ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu qiyinchiliklardan ierarxik struktura bilan ko‘p mashinali markazlashtirilmagan kompleksda, informatsion boshqaruv kompleksi deb nomlanuvchi (IBK), qutilib qolish mumkin. IBK, nim stansiyalarni boshqarishning yuqori va past darajasidagi struktura tizimida nazarda tutilgan kompleks masalalarni bajaradi. Ular, yagona informatsion baza asosida bajariladigan masalalarning va texnik vositalarning markazlashtirilmagan strukturasiga ega MP IBK “Nim stansiya” tortish nim stansiyalar jixozlarini tezkor nazorat qilish va tartiblarini boshqarish, energodispetcherlik punktini zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash va uning komandalarini bajarish uchun mo‘ljallangan.
149-rasmda MP IBK nim stansiya struktur sxemasi keltirilgan.
149-rasm. MP IBK nim stansiya struktur sxemasi165
IBK ikki darajali strukturaga ega va funksional avtonom tizimlardan tashkil topgan:
-birinchi darajadagi lokal tizim
-ikkinchi darajadagi boshqarishning markaziy tizimi
-aloqa tizimi, ko‘rinishi va xujjatlashtirish
Markazlashtirilmagan lokal tizimlar tortish nim stansiyalarning ob’ektlari turi bo‘yicha guruhlarga ajratilgan. Bu guruhlar, elektrenergiyani qabul qilish, o‘zgartirish va temir yo‘l va mintaqa iste’molchilariga taqsimlash uchun birlashtirilgan. Bu tizimlar ob’ektlar va tizimlararo aloqa magistrallari bilan tez ishlovchi aloqa kanallariga ega. Magistrallar, umumiy nim stansiya darajasida informatsion-boshqaruv funksiyalari, lokal tizimlarni ishlashini diagnostika qilish va koordinatsiyalash, ularni alohida funksiyalarini zaxiralash uchun mo‘ljallangan.
Tizim tarkibiga markaziy protsessor, displey D klaviaturasi bilan, raqam bosuvchi (chop etiuvchi) RB qurilmasi, tashqi xotira qurilmasi TXQ,
energodispetcherlik punkti EDP bilan aloqa uchun modemlar kiradi. Nim stansiya xodimlari bilan aloqa, tasvirlash va ma’lumotlarni hujjatlashtirish nisbatan katta vaqtni talab etgani sababli bu funksiyalar tizimlar aro “tez” magistral aloqasini yuklamaslik uchun, maxsus “sekin” aloqa tizimiga to‘plangan. Magistrallarda dasturiy beriluvchi ma’lumotlarni uzatish tartibi, ma’lumot turlarining ustunligi bilan aniqlanadi.
|
| |