ETBAT ni texnik ta’minoti




Download 470,25 Kb.
bet68/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

ETBAT ni texnik ta’minoti

ETBAT texnik ta’minot tizimi o‘z ichiga yig‘ish jarayonini amalga oshirishni ta’minlovchi texnik vositalar kompleksi, tuzish, uzatish, ishlov berish, saqlash va ma’lumotni qayta ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:


  • hisoblash texnik vositalari, dastur va ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari, biriktirish qurilmalari, xotira qurilmalari, ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari va sh.o‘.


  • Ob’ektlar bilan aloqa qurilmalari (o‘zgartgichlar va signal kommutatorlari, telemehanika qurilmalari va sh.o‘.)


  • Tezkor xodimlar bilan aloqa qurilmalari (signal kaliti, yoritiluvchi tablo, bosuvchi qurilma, displeylar, dispetcherlik shchitlari, boshqarish pultlari va sh.o‘.).


Texnik vositalar kompleksidan foydalanishni tashkil etishda, shuningdek, boshqarish ob’ektlarining xolati va texnologik jarayonlarning nazorat qilinuvchi tartiblari haqidagi ma’lumotni tuzish va qabul qilishni ta’minlovchi qurilmalar ham qo‘llaniladi. Birinchisiga datchiklar, rele qaytargichlar, ikkinchisiga ko‘rinishni, formani, signal darajasini o‘zgartgichlari va turli kommutator-taqsimlagichlar kiradi. Texnik ta’minotga shuningdek, avtomatikaning lokal (shu joyga xos)


qurilmalar (avtomatik qayta ulash-AQU, zaxirani avtomatik ulash-ZAU, chastotani avtomatik bo‘shatish-CHAB va sh.o‘.) va ushbu tizimning ijrochi organlari kiradi.
ETBAT texnik vositalari kompleksini ishlab chiqishda uning ishonchli ishlashini ta’minlash masalalariga aloxida ahamiyat qaratiladi. Masalan, agar hisoblash texnikasi real vaqt tartibida tezkor boshqarish masalasini yechish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u xolda uni tanlashda ikki protsessorli tizimlarga ustunlikni berish kerak yoki ikkita va undan ko‘proq bir protsessorli hisoblash mashinalaridan foydalanish, ularning har biri bir-birini zaxiralaydi, kerak bo‘ladi. Hisoblash tizimi turini, tezkor xotira qurilmasi xajmini, tashqi xotira qurilmalarini va chetki jixozlarning tarkibini tanlash, tizim funksiyasini kengaytirish bilan keyingi modernizatsiyalash imkonini hisobga olgan xolda amalga oshiriladi.0
ETBAT da ob’ekt bilan aloqa qilish qurilmasi, texnologik jarayonni avtomatik boshqarish uchun zarur ma’lumotlarni yoki signallashtirish vositalarini ishlashini namoyon qilish uchun, datchiklardan ma’lumotlarni kompyuterga avtomatik kiritishga xizmat qiladi. Ob’ekt bilan aloqa qilish qurilmalari kirish va chiqish qurilmalariga, signallarga ishlov berish bo‘yicha-diskret va analogli kirish chiqish qurilmalariga bo‘linadi.160

146-rasm. Analogli ma’lumotlarni kiritish uchun qurilma strukturasi keltirilgan



160 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
Analogli ma’lumotni kiritish qurilmasi, bitta yoki bir nechta datchiklardan analogli ma’lumotlarni kiritishni ta’minlaydi. 146-rasmda analogli ma’lumotlarni kiritish uchun qurilma strukturasi keltirilgan.
147-rasm. Diskret ma’lumotlarni kiritish qurilmasining blok-sxemasi161 Signallar analogli datchiklardan D1-Dn (odatda, o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas

kuchlanish ko‘rinishida) aloqa liniyasi LS1-LSn orqali xalaqitlardan ximoyalovchi filtrlarga F1- Fn keladi. Filtrlar signalni kuchsizlantirgani sababli, signalni SK1- SKn kuchaytirgichlardan foydalanib kuchaytiriladi. Datchik (kanal) tanlashni markaziy protsessor MP amalga oshiradi, adreslar shinasidan ASH adres kodi kirish-chiqish portiga KCHP yuboriladi. U erda KT kanalini tanlash va uni analogli-raqamli o‘zgartgichga boshqariladigan raqamli kommutator-MP multipleksorni qo‘llab ulanadi. Tanlash va eslab qolish bloki IQB tanlangan signalni ARO’ da to‘la o‘zgartirishga kerak bo‘lgan vaqtga eslab (saqlab) qoladi. Chiqishdagi raqamli signal CHRS ARO’ dan KCHP ga o‘tadi, bu erda ushbu signal ma’lumotlar shinasidagi SHM va boshqaruv shinasidagi SHB signallari bilan


muvofiqlashtiriladi. KCHP IQB va ARO’ dan KB ga ma’lumotlarni kiritishni boshqarishni amalga oshiradi.
Analogli ma’lumotni kiritish qurilmasi kirish qurilmalariga teskari harakatlarni bajaradi: analogli-raqamli o‘zgartgichlarda raqamli kodli signallarni qayta analogli signallarga o‘zgartiradi, so‘ng bu signallar boshqaruv ijrochi mexanizmlarda qo‘llaniladi.
Diskret ma’lumotlarni kiritish qurilmalari kompyuterga ikki pozitsion signallarni (ulangan-uzilgan), kommutatsion apparatlarning xolatlari haqidagi parallel kodlarni yoki impulsli signallarni kiritishga mo‘ljallangan, masalan-raqamli hisoblagichlardan. 147-rasmda diskret ma’lumotlarni kiritish qurilmasining blok- sxemasi keltirilgan.
Datchikning KD kontakti ulanganda ta’minot kuchlanishi KM qurilma zanjirida kuchlanish DT darajasini tekislash uchun tok xosil qiladi. Bu tok AL aloqa liniyasidan filtr F va ostonalik element OE orqali IST impulsli signal tuzuvchiga keladi. IST dan kelayotgan impulsli signal MQ mantiqiy qurilmadagi uzish triggeri yordamida uzilishga talab tuziladi va boshqarish SHB va adreslar SHA shinalariga uzatiladi. Ruxsat mavjud bo‘lsa, boshqaruv signali kiruvchi signalni KCHP kirish- chiqish portining bufer registriga va keyin MSH ma’lumotlar shinasiga yuboradi. Bir vaqtda so‘roq qilinadigan datchiklar soni SP razryadlar soniga teng. Datchiklar soni ko‘p bo‘lsa, boshqariladigan kirish-chiqish kontrollerlari tomonidan boshqariladigan multipleksor o‘rnatiladi.
Diskret ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari ikki pozitsiyali elementlarni boshqaradi (o‘chirgichlar, ajratgichlar, rele, kodli boshqarish (raqamli) qurilmalar va sh.o‘.).

    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Download 470,25 Kb.