• X-BOB. ELEKTR TA’MINOTINI BOSHQARISHNING AVTOMATIK
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 470,25 Kb.
    bet67/80
    Sana20.02.2024
    Hajmi470,25 Kb.
    #159234
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
    Bog'liq
    I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

    Nazorat savollari

    1. Avtomatik boshqarishning qanday turlari normal tartibdagi avtomatikaga mansub?


    2. Avtomatik boshqarishning qanday turlari avariyaga qarshi tartibdagi avtomatikaga mansub?


    3. Kuchli transformatorlarning qanday tartiblari rostlanadi?


    4. Qanday yo‘l bilan generator tomonidan ishlab chiqarilayotgan reaktiv quvvatni kattaligi rostlanadi, reaktiv quvvatni statistik kompensatsiyalovchining ishidagi avtomatik boshqarish tizimida?


    5. Elektr uzatish liniyalari avtomatikasi va releli ximoyalashning MP terminallari qanday funksiyalarni bajaradi?


    6. Integrallangan MP boshqarish va ximoyalash tizimlarining xususiyatlari haqida aytib bering?.



    X-BOB. ELEKTR TA’MINOTINI BOSHQARISHNING AVTOMATIK

    TIZIMLARI (ETBAT)

      1. ETBAT ni tuzish prinsiplari

    Elektr ta’minoti avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini tuzishda (ETBAT) elektr ta’minoti parametrlarini stabillashtirish va asosiy operatsiyalarni avtomatlashtirishda, asosiy diqqat boshqarishni maqbullashga, ya’ni ayni vaqtda eng yaxshi boshqarish variantini tanlashga qaratilgan. Maqbul boshqarish masalasini yechish bilan bir qatorda, turli texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan, ishlab chiqarish korxona bo‘limlarini rejalarini ishlab chiqarish, ma’lumotlarni yig‘ish bilan bog‘liq bo‘lgan uzatish va ishlov berish muammolari echiladi.


    Texnologik jarayonlarni bevosita boshqarish va ma’muriy-tashkiliy masalalarni yechishni birlashtiradigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi integrallangan deb nomlanadi. Ushbu belgilar bo‘yicha ETBAT integrallangan texnologik-tashkiliy tizim hisoblanadi.157
    ETBAT - mustaqil boshqarish maqsadiga va barcha tizimning umumiy maqsadiga ega bo‘lgan ierarxik tizim, uning tarkibiga kiruvchi nim tizimlarning avtonomligi bilan xarakterlanadi. Boshqarish tizimining maqbul strukturasini aniqlash, uni ishlab chiqishdagi muhim masalalardan biri. Zamonaviy element bazasida boshqarish tizimini bajarishni uchta asosiy yo‘l bo‘lishi mumkin: apparatli, dasturiy va apparatli-dasturiy.
    Apparatli yo‘lida, kichik integrallangan darajali, mustaxkam mantiqiy qurilmali integral mikrosxemalardan foydalanish nazarda tutilgan. Apparatli boshqarish tizimi yuqori tezlik va ishonchlikga ega (zaxirali tizimlarda va kam sonli mikrosxemalarda), lekin yechiladigan masalalarni turi va strukturasini o‘zgartirishda, uni qayta sozlash juda murakkab.
    Dasturiy yo‘lidan tizim strukturasini o‘zgartirishda va modernizatsiyalashda, boshqarish masalalarini tez-tez almashtirish zarurati bo‘lganda foydalaniladi. Uning kamchiliklari vaziyatdan ta’sirlanishda kichik tezlik, maxsus dasturiy ta’minotni zarurligi.
    Apparatli-dasturiy yo‘l ko‘p tizimlar uchun maqbul hisoblanadi, chunki kamchiliklarni kamaytirish, apparatli va dasturiy boshqarish tizimlarini umumlashtirish imkonini beradi.
    ETBAT ni informatsion, matematik va tashkiliy ta’minoti.
    ETBAT nim tizimlarining informatsion, matematik va tashkiliy ta’minoti uning oldiga qo‘yilgan masalalarni ma’muriy va texnologik darajada yechish imkonini beradi.

    157 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test.
    Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009. 223-225 p.
    ETBAT, butun tizimni ishlash faoliyatini ta’minlovchi, chegaralangan funksiyalar yig‘masini bajaruvchi nim tizimlardan tashkil topgan.
    Informatsion nim tizim, ETBAT ning barcha struktur bo‘limlarini qulay formadagi va talab etilgan muddatlarda zarur ma’lumot bilan ta’minlaydi. U ma’lumotni saqlash va ishlov berish, yig‘ish, qidirish va kompleks usullarni o‘z ichiga oladi. Informatsion nim tizim egiluvchanlikga, informatsion oqimlarni qayta tuzilish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
    144-rasm. ETBAT ni informatsion ta’minlash strukturasi keltirilgan158 Ma’lumotlar, tashkiliy masalalarni yechish uchun zarur va tezkor texnologik

    boshqarish uchun ma’lumotlarga ajratiladi.


    Texnologik ma’lumotlar beruvchi manbalar analogli va diskret datchiklar, tugmalar, boshqarish kalitlari va sh.o‘. hisoblanadi. Tashkiliy ma’lumotlar manbalari hujjatlar, ma’lumotlar bazasi,tizim parametrlari haqidagi hisobga olingan va arxiv axborotlari hisoblanadi. 144-rasmda ETBAT ni informatsion ta’minlash
    strukturasi keltirilgan. Keltirilgan strukturadan ko‘rinib turibdiki, kirish ma’lumotlari bevosita energo ob’ektlardan qattiq va egiluvchan disklar orqali keladi, yoki normativ materiallar va xujjatlar tizimiga kiritiladi. ETBAT ning ichki ma’lumotlarini normativ ma’lumot, texnik-iqtisodiy massivlari, shuningdek, tezkor boshqarish masalalarini yechish uchun ma’lumotlar, tashkil etadi. Chiqish ma’lumoti, teleboshqarish tizimidan keluvchi, boshqaruvchi komandalar ko‘rinishida, ob’ektlarga va/yoki displey/bosmaga chiqariladi.
    Matematik nim tizim algoritm va dasturlardan tashkil topadi, ular yordamida ma’lumotlarga avtomatik tarzda ishlov beriladi. Algoritmik ta’minot, alohida funksiyalarni amalga oshiruvchi to‘plamlarni va tizimning ishlashi uchun umumiy algoritmni o‘z ichiga oladi.
    145-rasm. Dasturiy ta’minot strukturasi keltirilgan159

    Dasturiy ta’minot, yuqori darajadagi mashina tilida amalga oshiriladigan algoritmlar to‘plamini ifodalaydi. 145-rasmda dasturiy ta’minot strukturasi keltirilgan.


    Tashkiliy nim tizim, tizimni buzulishlarsiz ishlashi va yuqori unumdorlikni ta’minlovchi usul va metodlar to‘plamini ifodalaydi. Unumdorlik va ishonchlilikni oshirish uchun, boshqarish masalasini vaqt bo‘yicha taqsimlash nazarda tutiladi.
    Bunda, tizimda baravariga bir nechta protsessor ishlaydi, ular ko‘p mashinali va MP taqsimlangan hisoblash tizimi yoki tarmog‘ini tashkil etadi. Ma’lumotlarga markazlashmagan ishlov berish tizimni unumdorligini oshirishga imkon beradi va tizimning ishonchliligini ta’minlovchi effektiv vosita hisoblanadi. Bitta zvenoning buzilishi, odatda, butun tizimni buzilishiga olib kelmaydi, vaholanki umuman olganda uning ishidagi effektivlikni pasaytiradi. Talab etilgan ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun, qo‘shimcha zaxiralash, texnik va dasturiy vositalarni avtomatik diagnostikalash, xalaqitlardan himoyalangan kodlar, ma’lumotlarning ortiqchaligi, axborotlarni takrorlash va sh.o‘. ning turli metodlari qo‘llaniladi.


      1. Download 470,25 Kb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




    Download 470,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 470,25 Kb.