Dispetcherlik boshqarish tizimi va axborot yig‘ish (SCADA-tizimi)




Download 470,25 Kb.
bet69/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Dispetcherlik boshqarish tizimi va axborot yig‘ish (SCADA-tizimi)

Dispetcherlik boshqarish va ma’lumotlarni yig‘ish (Supervisory Control and Data Acquisition – SCADA)162 murakkab dinamik tizimlarni avtomatik


boshqarishda asosiy va istiqboli porloq usuli hisoblanadi. Aynan shu dispetcherlik boshqarish prinsiplarida sanoatda, energetikada va transportda yirik avtomatlashtirilgan tizimlar quriladi.
Informatsion tehnologiyalarni rivojlanishi va avtomatlashtirish darajasini oshirilishi insonni boshqarish tizimi bilan (operator, dispetcher) o‘zaro harakatlarida muammolarni kuchaytirdi. Murakkab tizimlarda buzilishlar va avariyalarni tekshirish, sabablarning 80% inson faktori, va faqatgina 20% texnik harakterga egaligini ko‘rsatadi. Ya’ni, avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlash ishonchliligi va xavfsizligini oshirish uchun, birinchi navbatda odam-operatorga foydalanishda qulayliklarni yaratishga mo’ljal qilingan apparatli va dasturli vositalarni ishlab chiqarish zarur bo‘ladi. Dispetcherlik boshqarish tizimlariga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
  • Texnologik va funksional ishonchlilik (hech qanday birlik buzulish boshqarish ob’ektiga soxta komandani yubormasligi kerak).


  • Boshqarishda xavfsizlik (xavfsiz boshqarish) (operatorning hech qanday birlik xatosi boshqarish ob’ektiga soxta komandani yubormasligi kerak).


  • Ishlov berish va ma’lumotlarni taqdim etishning aniqligi (boshqarish bo‘yicha barcha operatsiyalar intuitiv ravishda tushunarli va operatorga qulay bo‘lishi kerak).


  • Tizimning sodda yechimi.


Ushbu talablarga eng ko‘p darajada SCADA –tizimi mos keladi. Ularda, har qanday noto‘g‘i harakat boshqarishni yo‘qotish yoki halokatga elitadigan natijalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan maxsus ish jarayonlari ishlab chiqilgan. SCADA tizimida operator tizimni boshqarishda umumiy javobgarlikga ega, bunda, normal sharoitlarda, maqbul unumdorlikga yetish uchun, parametrlarni qayta sozlashni juda kam hollarda talab etadi. Operatorning faol ishtiroki aytib bo‘lmaydigan paytda sodir bo‘ladi, odatda, tanqidiy holatlar bo‘lganda (buzulishlar, avavriyalar va sh.o‘). Operatorning tanqidiy holatlardagi harakati vaqt bilan chegaralanadi, shundan so‘ng, tizim butunlay avtomatik tartibga o‘tishi mumkin.


SCADA tizimlari ob’ektlarni boshqarish uchun, real vaqt tartibida ma’lumotlarni yig‘ish asosida va ularni operatorning (dispetcherning) monitorida tasvirlashga mo‘ljallangan. 148-rasmda SCADA tizimning umumiy strukturasi keltirilgan. U ikkita asosiy nim tizimlardan tashkil topadi- masala bilan o‘zaro bog‘lanish nim tizimi va dispetcher bilan o‘zaro bog‘lanish nim tizimi.
148-rasm. SCADA tizimning umumiy strukturasi163

Masala bilan o‘zaro bog‘lanish nim tizimi aslida boshqarish ob’ekti va uzoqlashgan terminaldan tashkil topadi, ular real vaqt tartibida boshqarish masalalariga ishlov berishni amalga oshiradilar. U jarayonning jismoniy parametrlari datchiklaridan, normallashtiruvchi datchiklardan, elektron kommutatorlar va maxsus hisoblash komplekslaridan birlamchi ma’lumotlarga ishlov berish uchun tashkil topishi mumkin.



Aloqa kanallari nim tizimlar orasida ma’lumotlar almashuvini ta’minlaydi. Bu simli aloqa liniyalari, optik-tolali kabellar, analogli yoki raqamli radiokanallar bo‘lishi mumkin.
Dispetcher bilan o‘zaro bog‘lanish nim tizimi bosh terminal va dispetcherdan tashkil topadi. Bosh terminal ma’lumotlarga ishlov beradi va yuqori darajadagi boshqarish komandalarini ishlab chiqarishni amalga oshiradi. O‘z ichiga birlik kompyuterni, maxsus dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida ishlovchi tarmoq yoki katta hisoblash tizimini oladi. Dispetcher –ma’lum holatlarda boshqarish tizimiga aralasha olishga huquqi bo‘lgan operator yoki bir nechta operatorlar.
Dispetcherlik boshqarish tizimini (SCADA- tizimi) qo‘llanishning asosiy sohalari quyidagilar hisoblanadi: elektr energiyani ishlab chiqarishda, elektr energiyani taqsimlash va uzatishni boshqarish tizimlarida, barcha turdagi transportlarni boshqarishda, telekommunikatsiyalarni boshqarishda, jumladan, temir yo‘lda elektr ta’minotini boshqarish tizimlarida.

ega:


Download 470,25 Kb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dispetcherlik boshqarish tizimi va axborot yig‘ish (SCADA-tizimi)

Download 470,25 Kb.