|
Elektr ta’minoti qurilmalarini telemexanik boshqarish
|
bet | 77/80 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 470,25 Kb. | | #159234 |
Bog'liq I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.orgElektr ta’minoti qurilmalarini telemexanik boshqarish – Телемеханическое управление электроснабжающих оборудований – Telemechanical control of power supply equipment – tortuvchi nimstansiyalar, seksiyalash postlari, parallel ulash punktlari va kontakt tarmog‘ining boshqa ob’ektlari, signalizatsiya va markaziy blokirovka yuqori kuchlanishli liniyalari hamda bo‘ylama elektr ta’minoti liniyalari qurilmalari ish
faoliyatini masofadan boshqarish.
Elektrmagnit mufta - Электромагнитная муфта – Electromagnetic coupling – elektrmagnit IM bo‘lib, ikkita aylanuvchi vallarni yoki unda bemalol o‘tirgan, valni detal bilan birlashtirish yoki ajratish uchun mo‘ljallangan.
Hisoblagichlar (schetchiklar) - Вычислители (счётчики) – Calculators (counters) – ketma-ketli raqamli qurilma bo‘lib, hisoblash operatsiyalarini bajarish va hisoblangan impulslarning kodli sonini xotirasida saqlashga mo‘ljallangan.
Impulsli generatorlar - Импульсные генераторы – Pulse generators
– bittalik yoki ketma-ket impulslarni ishlab chiqarish uchun elektron qurilma.
Kod – Код – Code – qonun yoki qoida, u bilan kodlash amalga oshiriladi. Kodli kombinatsiyalar alfavitni tashkil etuvchi belgilardan tuziladi. Kodli kombinatsiyalar harflar, raqamlar yoki boshqa shartli belgilar bilan yozilishi mumkin.
Kodlash - Кодирование – Coding –axborotni ma’lum qonun bo‘yicha tuzilgan belgilar kombinatsiyasiga o‘zgartirish jarayoni. Kodlash ma’lumotlarni xalaqitlardan himoyalash yoki ularni shifrlash uchun qo‘llaniladi.
Komparatorlar - Компараторы – Comparators – kirish signali kuchlanishini birmuncha tayanch kuchlanish bilan solishtirish yoki ikkita kirish kuchlanishlarini solishtirish uchun xizmat qiladi.
Kontaktli termometr - Контактный термометр – Contact thermometer – bu, berilgan xaroratga etganda ma’lum elektr zanjirni kommutatsiyalovchi kontaktlar ulangan termometr.
|
| |