|
Raqamli-analogli o‘zgartgich (RAO’)
|
bet | 79/80 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 470,25 Kb. | | #159234 |
Bog'liq I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.orgRaqamli-analogli o‘zgartgich (RAO’) – Аналого-цифровой пробразователь (АЦП) – Analog-digital switch (ADS) – mikroelektron qurilma bo‘lib, ma’lum jismoniy kattalikning ekvivalent qiymatini avtomatik ravishda sonli kodlarga o‘zgartirishga mo‘ljallangan.
Registrlar - Регистры – Registers – ketma-ketli raqamli qurilmalar bo‘lib, ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va uzatish funksiyalarini bajaradi.
Rostlash - Выравнивать – Align – ayrim hollarda bo‘ladigan boshqarish hisoblanadi. Rostlash boshqarish ob’ektini qandaydir jimoniy parametrini zarur bo‘lgan algoritm bo‘yicha o‘zgartirish yoki ushlab turishga yo‘naltirilgan.
Rostlash ob’ekti – Объект выравнивания – Alignment object– bu, talab etilgan ishlash tartibini maxsus tashkil etilgan tashqi boshqarish ta’sirlar ostida ushlab turuvchi qurilma.
Shifratorlar – Шифраторы – Encoders – birorta m-kirishlardagi yagona signalni n-razryadli ikkilik kodga o‘zgartiradi. U ma’lumotni kiritish qurilmalarida eng ko‘p qo‘llanilib, o‘nlik sonlarni ikkilik hisoblash tizimiga o‘zgartiradi.
Summatorlar - Сумматоры – Adders – kombinatsion raqamli qurilmalar sinfi bo‘lib, ikkita ikkilik n- razryadli sonlarni arifmetik qo‘shish operatsiyasini bajaradi.
Tenzorezistorlar (tenzometrik datchiklar) - Тензорезистры (Тензорезисторные датчики) – Strain gages (Strain gage sensors) –
Termometrik datchiklar (termorezistorlar) - Термометрические датчики (терморезистры) – Thermometric sensors (thermoresistances) – bu, qarshiligi haroratga kuchli bog‘liq bo‘lgan rezistorlar.
Trigger – Триггер – Trigger – eng sodda ketma-ketli raqamli qurilma hisoblanadi
Unifikatsiyalangan signallar – Унифицированные сигналы – Unified signals – har qanday tabiatli signallar xisoblanadi, ular yordamida Davlat asboblar tizimidagi (DAT) avtomatlashtirish vositalari va asboblari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar amalga oshiriladi.
|
| |