Elektr energiyani kommersiyaga oid hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi (EEKHAT)




Download 470,25 Kb.
bet72/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Elektr energiyani kommersiyaga oid hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi (EEKHAT)

Avtomatlashgan hisobga olishda yig‘ish, uzatish, ishlov berish va o‘lchash ma’lumotlarini tasvirlash (ko‘rsatish) avtomatik ravishda amalga oshiriladi, ushba operatsiyalarni algoritm va dasturlarini bajarishga topshiriq berishni, shuningdek, ularni bajarish uchun zarur qiymatlari va boshqa ko‘rsatkichlarini, operator tomonidan beriladi.


Avtomatlashtirilgan hisobga olish va nazorat qilish, talab etilgan to‘lalik va ma’lumotlarni haqiqiyligiga, hisobot hujjatlari formasining bir hilligiga, ishlov berilayotgan ma’lumotni tezkorligiga, elektrenergiyani hisobga oluvchi hodimlar sonini kamaytirishni ta’minlash imkonini beradi.167
Elektrenergiyani hisobga olish ikki turga bo‘linadi: texnik va kommersiyaga
oid.
Komersiyaga oid, elektrenergiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar va elektnenergiyani iste’molchilari orasidagi moliyaviy hisoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, iste’molchiga o‘rnatilgan limitlar, normalar va iste’mol tartiblarini nazorat qilish uchun. Moliyaviy hisobga olish hisoblagichlari odatda, nim stansiyalarga kirishida, yuqori kuchlanish tomonida, shuningdek, tortuvchi va notortuvchi iste’molchilarni ta’minlovchi, nim stansiyadan chiqib ketuvchi liniyalarda o‘rnatiladi.
Texnik hisobga olish, korxona ichida elektrenergiyani sexlar bo‘yicha, uchastkalarda, agregatlarda va sh.o‘. nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Texnik hisobga olish hisoblagichlari uchastkaga, sexga, agregatga keluvchi ta’minot liniyalarida va sh.o‘. o‘rnatiladi.
Elektrenergiyani kommersiyaga oid hisobini avtomatlashgan tizimi (EEKHAT) temir yo‘l transporti korxonalarida bir qator muhim masalalarni yechishga imkon beradi:
  • Yarim soatli quvvatni hisobga olganda ko‘p tarifli hisobga olishni ta’minlash


  • Har qaysi hisobot davriga grafik va jadvalli ma’lumotlarni taqdim etish


  • Nim stansiyalardan avtomatik ravishda yoki talabnomalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni uzatish


  • Elektrenergiya sarfi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tuzish


  • Har qaysi hisobot davriga ekranga ma’lumotlarni chiqarish va hujjatlashtirish


  • Tizimga masofadan xizmat ko‘rsatishda dispetcher komandalarini bajarish


  • Ta’minotda tanaffuslar bo‘lganda ma’lumotlarni saqlab turish


  • Ruhsat etilmagan kirishlarda ma’lumotlarni himoyalash


  • Nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish bilan tizimni o‘zi diagnostika qilish 151-rasmda rossiyada ishlab chiqarilgan “Alfa” raqamli hisoblagich bazasida EEKHAT ning struktur sxemasi keltirilgan.168



168 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test.
Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009. 238-240 p.
Tortish nim stansiyasidagi elektron hisoblagichlardan olingan ma’lumotlar, teleboshqarish va telesignallashtirish aloqa kanali (TB/TS), aloqa uzeli va ketma- ket RS-485 interfeysi orqali energodispetcher punktiga uzatiladi. Aloqa kanali band etuvchi chastota yo‘laklari, “Lisna” telemexanika kanalining birinchi chastotasiga mos keladi. Markaziy boshqarish kompyuteri (serveri) aloqa uzelidan ma’lumotni oladi, unga ishlov beradi, saqlaydi, displeyga chiqaradi va zarur bo‘lganda faksdan avtomatik telefon stansiyasi (ATS) orqali kerak bo‘lgan adres bo‘yicha uzatiladi.
151 - rasm. EEKHAT ning struktur sxemasi169 Elektrenergiyani raqamli hisoblagichining strukturasini ko‘rib chiqamiz.

ALFA, ko‘p funksiyali MP elektr energiya hisoblagichi, aktiv va reaktiv energiyani hisobga olish uchun, shuningdek dispetcherlik punktida o‘lchanadigan va hisoblanadigan parametrlarni uzatishga mo‘ljallangan. 152-rasmda hisoblagichning struktur sxemasi keltirilgan. Kuchlanish va tok haqida ma’lumotni kuchlanishni bo‘luvchi va tok transformatoridan olinadi, shundan so‘ng, SBIS o‘lchash mikrosxemasiga beriladi, u erda kuchlanish va tok signallarini quvvat signaliga o‘zgartiradi va ko‘paytiradi.


169 Peter G. Martin and Gregory Hale. Automation Made Easy. International Society of Automation. USA, 2009 .

152-rasm. Hisoblagichning struktur sxemasi


Hisoblangan parametrlar MP ishlov beriladi va elektron rele blokiga, displeyga, PZU va OZUga beriladi. SBIS ning taktli generatorlari va mikrokontrollerlarning ishlashi 6, 3308 i 32, 768 MGs chastotalarda kvarslar bilan stabillashtiriladi. Hisoblagichning ta’minoti 12 V o‘zgarmas tok chiqishli impulsli ta’minot manbaidan amalga oshiriladi. Elektr ta’minotidagi tanaffuslarda zaxiraviy manbalarga -katta sig‘imli kondensator va litiyli batareyaga o‘tkazish hosil bo‘ladi, ular bilan ma’lumotlarni 2-3 yil ichida saqlash mumkin.
Displey uchta tartibdan birida ishlashi mumkin-normal, alternativ va testli. Hisoblagich normal tartibda hamma vaqt ishlaydi, alternativ va testli tartibga o‘tish, ALT yoki TEST tugmalarni qisqa vaqtga bosish bilan o‘tiladi. Normal tartib ma’lumotlarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi, tijorot hisoblarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan. Alternativ tartib yordamchi ma’lumotlarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Testli tartib, hisoblagich tugunlarining ishlash qobiliyatini tekshirish uchun zarur.
Qo‘llashni bir-hillashtirish (unifikatsiyalash) maqsadida, qo‘yiladigan talablarga nisbatan hisoblagichlar bir nechta modifikatsiyaga ega bo‘lishi mumkin: uch simlik va to‘rt simlik liniyalar uchun, bir tarifli va ko‘p tarifli, o‘lchash
transformatori orqali to‘g‘ri o‘chirish va ulash uchun, 0,2 va 0,5 aniqlik sinfi bilan. Modifikatsiyasi bo‘yicha qo‘shimcha funksional platalarni qo‘shish imkoni mavjud.

Download 470,25 Kb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr energiyani kommersiyaga oid hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi (EEKHAT)

Download 470,25 Kb.