|
Differensial kuchaytirgich
|
bet | 76/80 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 470,25 Kb. | | #159234 |
Bog'liq I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.orgDifferensial kuchaytirgich – Дифференциальный усилитель – Differential amplifier – signalni kuchaytirishga mo‘ljallangan, past darajadagi o‘ziga tegishli shovqinlarga, chiqish qarshiligi yuqori va odatda differensial chiqishga ega.
Drossel-transformator – Трансформатор дроссель – Transformer Throttle – tortish tokini o‘zaro izolatsion tutashma bilan elektr jihatdan ajratilgan bir rels zanjiridan boshqasiga o‘tkazish uchun xizmat qiladigan transformator.
Ekranlovchi sim – Экранирющие провод - The vein of screening – kontakt tarmog‘i va unga yondosh bo‘lgan liniya bo‘ylab joylashtirilgan va ikkala uchi yerlangan qo‘shimcha o‘tkazgich sim bo‘lib, u yondosh liniya uchun ma’lum darajada elektromagnit ekran vazifasini o‘taydi.
Elektr energiyasi rekuperatsiyasi (lotincha “requperatio” – qaytib olish, qaytarish) – Рекуперация электро энергии (с латынского “requperatio” – вернуть, обратить) – Recuperation of electricity (from the Latin "requperatio" - return, draw) – biror bir jarayonda sarf bo‘layotgan elektr energiyasining bir qismini unda yana qayta foydalanish uchun manbaga qaytarish
hodisasi bo‘lib, uning asosida elektr mashinaning yuzaga kelgan shart-sharoitga qarab ham motor, ham generator rejimlarida ishlashi yotadi.
Elektr harakat tarkibi – Состав электро движения – Composition of electro motion – tortuvchi elektr motorlar bilan jihozlangan va kontakt tarmog‘i yoki avtonom manba(akkumulyator batariyalari)dan ta’minlanadigan elektrovozlar, elektropoezdlar va elektroseksiyalar.
Elektr ta’minoti distansiyasi – Дистанция электроснабжения – Power supply distance – temir yo‘lning ma’muriy-xo‘jalik bo‘linmasi bo‘lib, o‘zining tarmog‘i va nimstansiyalari yordamida barcha temir yo‘l iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minotini amalga oshiradi.
Elektr ta’minoti hududi - Територия электроснабжения –Territory of electricity supply – elektr ta’minoti distansiyasining bo‘linmasi bo‘lib, elektr nimstansiyalari pasaytiruvchi transformatorlaridan boshlab to elektr tarmoqlarining elektr energiyasi is’temolchilari(texnik xizmat ko‘rsatish punklari, yo‘naltirgich(strelka) postlari, depolar, signalizatsiya va markaziy blokirovka hamda aloqa qurilmalari va boshqalar) kirishigacha bo‘lgan uchastkasiga texnik xizmat ko‘rsatadi.
|
| |