• Mikroprotsessorlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida foydalanish xususiyatlari
  • Kirish-chiqish portlari (peshtoqlari)




    Download 470,25 Kb.
    bet57/80
    Sana20.02.2024
    Hajmi470,25 Kb.
    #159234
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
    Bog'liq
    I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

    Kirish-chiqish portlari (peshtoqlari)

    Kirish-chiqish portlari MP tashqi qurilmalar bilan aloqasini ta’minlaydilar. Kichkina (bitta kristalli) mikrokontrollerlarda ular mikrokontrollerni tashkiliy qismi hisoblanadi, MP tizimlarida ular maxsus mikrosxemalar yordamida tuziladi.


    Oddiy tizimlarda kirish-chiqish portlari sifatida, D-triggerlarda bajarilgan, buferli registrlar qo‘llaniladi. Ular, boshqarish elektrodidagi signal qiymati bo‘yicha kirish, chiqish va ma’lumotni saqlash tartiblarida ishlashi mumkin: 1-ma’lumotlarni kiritish, 0-ma’lumotlarni chiqarish, yuqori impedans tartibi-ma’lumotni saqlash. Bufer registrlari kodli kombinatsiyalarni parallel uzatish-qabul qilish tartibida ishlaydi, 8-razryadli so‘zlarning bitlari kirishlarda bir vaqtda paydo bo‘ladi. Bu ishlash tezligini oshiradi, lekin sakkiz tolali kabelning simlari bo‘yicha uzatishni talab etadi. Ikki tolali simdan yoki radiokanal bo‘yicha ma’lumotni uzatish uchun, parallel kodlar ketma-ket kodlarga o‘zgartiriladi, 8-razryadli so‘zlar bitlar bilan uzatiladi. Bir vaqtda so‘zning boshlanish-tugatish belgilarini aniqlovchi (bitlar hisoblagichi), uzatishning boshlanishi-tugatilishi, juftlik-toqlik belgilari, strobirlovchi impulslar, qabul qilish tomonda ma’lumotlarni yozish tartibini ishga tushiruvchilar ishlaydi. Qabul qilish tomonda ketma-ket kodli kombinatsiyalar qaytadan parallelga o‘zgartiriladi.
    Murakkab MP tizimlarda uzoqlashgan ob’ektlar bilan aloqa qilish uchun, ko‘p funksionalli dasturlangan aloqa adapteridan (FDA) foydalaniladi, u maxsus mikrosxemani o‘z ichiga oladi. Adapter uzunligi 5,7 va 8 bit bo‘lgan so‘zlarni uzatish yoki qabul qilishga imkon beradi, ularni juftlik-toqlik, uzatishni boshlanishi-tugatilishi nazorat bitlari bilan to‘ldiradi. MP tashqi qurilmalar bilan biriktirish uchun, adapterlar qabul qilish va uzatish tomonlarda ulanadi.

      1. Mikroprotsessorlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida foydalanish xususiyatlari

    Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida MP turli maqsadlarda qo‘llaniladi: texnologik jarayonlar haqida ma’lumotlarni yig‘ish, avtomatik kalkulyator sifatida, supervizorli boshqarish uchun, bevosita boshqarish uchun.142



    142 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009. 195-197 p.
    Texnologik jarayonlar haqida ma’lumotlarni yig‘ishda protsessor ma’lumotlarni datchiklardan oladi va unga ishlov beradi-protokollaydi (134-rasm).
    134-rasm. Texnologik jarayonlar

    Olingan natijalarni tabloga chiqarib beradi, monitor ekranida yoki chop etilgan ko‘rinishda. Ob’ektni ishlashiga ular bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin, operatorlarga boshqaruvdagi yechimlarni to‘g‘ri qabul qilishda yordam beradi, masalan, energodispetcherga nim stansiyalardagi elektr energiya sarfi o‘zgarishidagi keyingi ma’lumotni uzatish uchun.


    Avtomatik kalkulyator tartibida protsessor nazoratdagi ob’ekt parametrlarini tartibini hisoblaydi va ularni operatorning displey-tablosiga boshqarish jarayoni bo‘yicha maslahat berish ko‘rinishida chiqaradi (135-rasm).
    135-rasm. Operatorning displey-tablosiga boshqarish jarayoni143
    Aynan shu tartibda MP elektrpoezd mashinistiga bortdagi yordamchi sifatida qo‘llaniladi. Mashinist peregondagi harakatlanish haqida berilgan ma’lumotni,

    143 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009.
    amalga oshirilishi zarur bo‘lgan iqtisodiy tezlik, tezlikni chegaralash, tormozlash yo‘li va sh.o‘. haqida ma’lumotlar oladi. Supervizorli boshqarish uchun, MP markaziy hisoblash qurilmalari nazorati ostida ishlovchi avtomatlashtirilgan tizimlarda qo‘llaniladi (136- rasm).
    Supervizorli boshqarishga misol-elektrstansiyalarni generatsiya qilinuvchi aktiv va reaktiv quvvatlarini rostlash. Markaziy hisoblash kompleksi tomonidan beriluvchi elektrenergiyaning ist’emol darajasi va energotizimning tugunli nuqtalaridagi berilgan kuchlanishlar bo‘yicha rostlash.
    136-rasm. Avtomatlashtirilgan tizimlar
    Bevosita boshqarishda (137 - rasm) mikroprotsessor ob’ekt ishini butunlay avtonom boshqaradi, boshqarish berilgan algoritmiga amal qilgan xolda (dastur orqali) va ma’lumotlarni bevosita tartib datchiklaridan olib bajariladi.
    137-rasm. Bevosita boshqarish

    MP nazoratlanuvchi ob’ektlar bilan bog‘lanishi uchun, quyidagi mumkin bo‘lgan tartiblarni biri qo‘llaniladi: sinxron, asinxron, xotiraga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish (SAX), uzilish tartibi.


    Sinxron usulda,MP nazoratdagi ob’ektni qayd etilgan vaqt oralig‘ida navbatma-navbat so‘roq qiladi. Bunda, protsessor bevosita ma’lumotlar shinasini boshqaradi, uzatish yo‘nalishini va ma’lumotlar almashish davomiyligini aniqlaydi. Asinxron usulda, MP ma’lumotlarga ishlov berishni faqat, qaysidir ob’ekt ma’lumotlarni uzatishga tayyorligi haqidagi signalni boshqarish shinasidan olgandan so‘ng boshlaydi. Shu signal bo‘yicha protsessor boshqarish liniyasi bo‘yicha ushbu qurilmani chaqirish komandasini uzatadi. Qurilma boshqarish liniyasi bo‘yicha qabul qilishni tasdiqlaydi va ma’lumotlarni qabul qilishga
    kirishadi.
    Xotiraga bevosita kirishda tashqi qurilma shinalarni boshqarishni ushlab oladi (signal HOLD-ushlab olish, javob HLDA-ushlab olishni tasdiqlash). Bunda, ma’lumotlar tashqi qurilmadan xotiraga yoziladi. Xotira bilan ma’lumotlar almashinuvi tugagandan so‘ng, tashqi qurilma ushlab olish signalini uzadi va MP uzilgan dasturni bajarishga qaytadi.
    Uzilishli ishlash tartibida tashqi qurilma uzilishga talab yuboradi (S-uzilishga talab, INTE-signalning qiymati bo‘yicha ruxsat-uzulishga ta’qiq). Protsessor joriy dasturni bajarishni to‘xtatadi, stekda to‘xtatilgandagi xolatni saqlab qoladi, va boshqaruvni uzuvchi dasturga uzatadi. Tugagandan so‘ng, MP uzilgan dasturni bajarishga qaytadi.

    Download 470,25 Kb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




    Download 470,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish-chiqish portlari (peshtoqlari)

    Download 470,25 Kb.