• VIII - BOB. MIKROPROTSESSORLARNI DASTURLASH HAQIDA
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 470,25 Kb.
    bet58/80
    Sana20.02.2024
    Hajmi470,25 Kb.
    #159234
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
    Bog'liq
    I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

    Nazorat savollari

    1. «operand», «operatsiya», «operatsiya kodi» terminlarning ma’nosini tushuntiring?


    2. «adres», «port», «komanda» terminlarning ma’nosini tushuntiring?


    3. Stekni vazifasi va qo‘llanish usullari?


    4. MP tizimning tashqi qurilmalarining asosiy turlarini ayting va ularning funksional vazifasini tushuntiring?


    5. OZUning strukturasi va ishlash prinsipini tushuntiring?


    6. Kiritish va chiqarish portlarini vazifasi?


    7. MP ABQ da ishlatilish usullari?




    VIII - BOB. MIKROPROTSESSORLARNI DASTURLASH HAQIDA



    TUSHUNCHA


      1. Ikkilik va o‘n oltilik hisoblash tizimlari, mikroprotsessor arifmetikasi Raqamli hisoblash mashinalari ikkilik, ikkita raqamdan 0 va 1 tashkil topgan, hisoblash tizimida ishlaydi. Bu ikkilik sonlar bitlar deb nomlanadi (inglizchadan binary digit).144 Elektron tizimlarda jismoniy 0 bit past kuchlanish daraja ko‘rinishida (LOW), 1 bit esa yuqori kuchlanish ko‘rinishida (HIGH) keltirilgan. Har qanday ikkilik son, 0 va 1 tashkil topgan, aslida turli ma’lumotlar shinasi, adresi yoki komandalari liniyasidagi yuqori va past kuchlanishlarning kombinatsiyasini (birlashishini) tashkil etadi. Sakkizta bit baytni tashkil etadi, 8-

    razryadlik MP har qanday son yoki komanda bayt bilan ifodalanadi.


    Sakkiz razryadli MP ma’lumotlarni yoki kodlarni yozishda 00000000 dan 11111111 gacha bo‘lgan ikkilik sonlardan foydalaniladi, bu, o‘nlik tizimda 0 dan 255 gacha bo‘lgan sonlarni ifodalaydi. Masalan, o‘nlik son 1 tanlangan yozish formatida ikkilik tizimda yozilishi 00000001, son 2- 00000010, son 3- 00000011 va sh.o‘.
    Komanda kodlarini ikkilik formada yozilishini eslab qolish murakkab va klaviaturadan kiritish noqulay. Shuning uchun, ma’lumotlarni kiritishda va MP dasturlashda o‘n oltilik hisoblash tizimidan yoki N-kod (lotinchadan hexadecimal) foydalaniladi. Asosi 16 bo‘lgan bu hisoblash tizimi 0 dan 9 va A, B, C, D, E, F gacha bo‘lgan 16 ta simvolni qo‘llaydi. 19- jadvalda 0 dan 15 gacha bo‘lgan sonlarning ikkilik va o‘n oltilik ekvivalentlari keltirilgan. 19-jadvaldan

    144 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009. 199-202 p.
    ko‘rinib turibdiki, har qaysi o‘n oltilik simvol, ikkilik sonning 4 bitini bitta birlashuvi bilan ifodalanishi mumkin.
    19-jadval

    O’nlik son


    O’n oltilik son


    Ikkilik son (bit bo’yicha)


    0

    0

    0

    0

    0

    0

    1

    1

    0

    0

    0

    1

    2

    2

    0

    0

    1

    0

    3

    3

    0

    0

    1

    1

    4

    4

    0

    1

    0

    0

    5

    5

    0

    1

    0

    1

    6

    6

    0

    1

    1

    0

    7

    7

    0

    1

    1

    1

    8

    8

    1

    0

    0

    0

    9

    9

    1

    0

    0

    1

    10

    A

    1

    0

    1

    0

    11

    B

    1

    0

    1

    1

    12

    C

    1

    1

    0

    0

    13

    D

    1

    1

    0

    1

    14

    E

    1

    1

    1

    0

    15

    F

    1

    1

    1

    1

    Bunday xolat ikkilik sonni o‘n oltilikga va aksi 16 likni ikkilikga oson o‘zgartirish imkonini beradi.

    Masalan, ikkilik sonni 1011110110 16 likga o‘zgartiramiz. Buning uchun, uni to‘rt bitli guruhga bo‘lamiz, tetrada deb nomlanadi, kichik bitidan boshlab (ya’ni, o‘ngdan chapga qarab), to‘la bo‘lmagan tetradalarni chap tomondan 0 bilan to‘ldiramiz. 0010 1111 0110 ko‘rinishdagi ikkilik son olamiz. Har bir tetradani
    uning 16 lik kodning ekvivalenti bilan almashtirib, 2F6 ko‘rinishdagi qidirilayotgan 16 lik sonni topamiz.
    A8 16 lik sonni ikkilikga o‘zgartiramiz. Buning uchun, har bir 16 lik sondagi raqamni uning ikkilik kodiga almashtiramiz va qidirilayotgan ikkilik sonni 1010 1000 olamiz.
    Jarayonlarni avtomatik boshqarish dasturlarini ishlab chiqishda arifmetik qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish operatsiyalarini amalga oshirish zarurati sodir bo‘ladi. Oddiy MP barcha bu operatsiyalar faqat dasturiy, zamonaviylarda- o‘rnatilgan nim dasturlar orqali bajariladi. Ikki asosiy operatsiyalarni qo‘shish va ayirishni bajarilish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
    Ikkilik sonlarni qo‘shish o‘nlik sonlarni qo‘shish kabi usunli qo‘shish usulida bajariladi, lekin bitlar yig‘indisi 2 teng bo‘lsa, unda yig‘indi sifatida 0 yoziladi va birni katta razryadga o‘tkaziladi, pastki misolda ko‘rsatilgani kabi.145
    Ikkita 8-razryadli sonlarni qo‘shishda to‘lib ketish sodir bo‘lishi mumkin, agar olingan yig‘indi 9-razryadli bo‘lib chiqsa. To‘lib ketish mavjudligini maxsus belgilar registrida o‘tkazish triggeri qayd qiladi. Bu registr ikkita qiymatga ega bo‘lishi mumkin, 0-agar o‘tkazish bo‘lmasa, 1-agar o‘tkazish bo‘lsa.



    a)

    b)

    138-rasm. Registrning namunaviy strukturasi keltirilgan



    145 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009.
    O‘tkazish signalini mavjudligi har qanday uzunlikga ega bo‘lgan moshina so‘ziga ishlov berishni, har bir baytga ketma-ket ishlov berish bilan, bajarishga imkon beradi.
    Arifmetik operatsiyalarni bajarishda, ayrim hollarda, manfiy belgiga ega bo‘lgan sonlarni qo‘llash zarurati bo‘lib qoladi. Bunday hollarda baytning katta razryadi (sakkizinchi) belgini kodlash uchun qo‘llaniladi. 138- A,B-rasmlarda belgili sonni yozish uchun registrning namunaviy strukturasi keltirilgan.
    Rasmdan ko‘rinib turibdiki, belgili bitning qiymati 0 bo‘lganda son musbat, belgili bitning qiymati 1 bo‘lganda-manfiy hisoblanadi.
    MP bevosita ayirish operatsiyasini o‘tkazish qobiliyatiga ega emas, u ushbu operatsiyani ayriladigan sonni, qo‘shimcha kodda berilgan, jamlash (summalash) operatsiyasi bilan almashtiradi. Qo‘shimcha kod, bu ikkilik son bo‘lib, uning ustida ikkita operatsiya o‘tkazilgan-inversiyalash va inkrementirovkalash.

    Download 470,25 Kb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




    Download 470,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 470,25 Kb.