O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet36/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

t f  2,3Rb2 RX 1C1 /(Rb2 RX 1 )
(14)

Sxemani dastlabki holatga tiklash uchun, S2 kondensatorni zaryadlash jarayoni bilan aniqlanadigan vaqti kerak bo‘ladi. Bloking-generator – bu avtogenerator, impulsning t davomiyligiga T davriylikning katta nisbati bilan, qisqa vaqtli impulslarni generatsiya qilishga mo‘ljallangan, ya’ni katta tirqishlik (skvajnostyu) impulslarni q = T/t olish. Bloking-generatorning bipolyar tranzistorida tuzilgan sxemasi va vaqtli diagrammasi mos ravishda 90,a va 90,b- rasmlarda keltirilgan.



a)

b)

90-rasm. Bipolyar tranzistor sxemasi va vaqt diagrammasi88
Sxema ta’minoti ulanganda aloqa cho‘lg‘ami orqali uncha katta bo‘lmagan kollektor tokini o‘sishi bazaviy tokni paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib keladi. Bu jarayon ko‘chki sifat bo‘ladi va tranzistorni to‘yinish holatiga o‘tkazadi. Lekin, shu tok bilan kondensator S zaryadlanadi va buning natijasida baza-emmitter kuchlanishi kamayadi. Kondensatorning zaryadlanish kuchlanishi aloqa cho‘lg‘ami kuchlanishiga tenglashganda bazaviy tok va mos ravishda kollektor toki keskin nolgacha tushib ketadi. Chiqish cho‘lg‘amida deyarli to‘g‘ri burchakli kuchlanish impulsi tuziladi. Chunki, shu paytdan boshlab teskari aloqa kuchlanishi deyarli nolga teng, kondensator S ning manfiy qutbli kuchlanishi baza-emitter o‘tishiga beriladi va tranzistor uzilish holatiga o‘tadi. Shundan keyin kondensator S, R orqali ekponensial bo‘yicha ta’minot manbaidan razryadlanish jarayoni boshlanadi. Ochilish kuchlanishiga etganda, tranzistorning toki ko‘chki sifat o‘sadi va yangi impuls tuzilishi boshlanadi, ya’ni, jarayon davriyga aylanadi. Kondensator S ning xarakterli zaryadlanish vaqti tz=Sreb, razryadlanish vaqti esa tr=SR teng. Odatda, R>>reb tanlansa, unda, T>>t bo‘ladi. Bloking-generatorlar ko‘p hollarda boshqa turdagi generatorlarning ishlashi uchun signal manbai sifatida qo‘llaniladi, masalan, arra sifat kuchlanish generatori.
Chiziqli o‘zgaruvchan kuchlanishni tuzishga mo‘ljallangan qurilmalarni LIN generatorlari deb nomlanadi. LIN larni keng tarqalgan turlari arra sifat kuchlanish generatorlari hisoblanadi. Arrani egilish formasiga nisbatan ular to‘g‘ri, teskari va uch burchakli bo‘ladilar.
Eng sodda holatda arra sifat kuchlanish generatorlarining asosi integratsiyalanuvchi RC-zanjirlar hisoblanadi. Bunday generator VT tranzistorli kalit asosida amalga oshirilishi mumkin (91, a-rasm.)

a)

b)

    1. rasm. Tranzistorli kalit sxemasi va kuchlanishlar diagrammasi89


LIN ning kirish va chiqish kuchlanishlari diagrammalari 91,a,b-rasmlarda keltirilgan. VT ning dastlabki holati to‘yinish tartibida, kuchlanish Uchiq nolga teng. t1 paytda yopuvchi kuchlanish impulsini berish vaqtida, tranzistor uzilish tartibiga kiradi va kondensator S, Rk orqali UP ta’minot manbaidan zaryadlanadi. t2 paytida, tranzistor qaytadan to‘yinish tartibiga kiradi va kondensator kollektor-emitter o‘tishining kichik qarshiligi orqali razryadlanadi. Agar, T = t2 - t1 vaqt oralig‘ida RkC ancha kichik bo‘lganda, sig‘imdagi kuchlanish chiziqli qonun bo‘yicha o‘zgaradi. Tranzistorning kuyishini oldini olish uchun (masalan, kirish impulsi davomiyligini oshirishda) uning kollektoriga VD diodli chegaralagich ulangan. Sig‘imdagi kuchlanish darajasiga Uo etganda, diod VD ochiladi va kuchlanish Uchiq, Uo darajasida ushlab turiladi.


Arra sifat kuchlanish generatorlari elektron-nurli assilograflar, televizorlar va sh.o‘. larning yoyish zanjirlarida qo‘llaniladi.

    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.