|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 26/80 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 470,25 Kb. | | #159234 |
Bog'liq I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org
Raqamli hisoblash mashinalarida, avtomatika va ma’lumotlarga ishlov berishda, mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan qurilmalaridan foydalaniladi. Mantiqiy algebrada muhokamaning haqiqiyligi yoki u yoki bu natijalar haqidagi fikrlashda mantiqiy operatsiyalarni “1” simvoli, soxtalik-“0” bilan belgilanadi.
Shunday qilib, mantiqiy algebradagi o‘zgaruvchilar faqat ikkita qiymatni qabul qiladilar: bir (1) va nol (0). Ularni ikkilik o‘zgaruvchilar deb nomlanadi.
Eng sodda mantiqiy qurilmalar, kirish signallari bilan bitta aniq mantiqiy operatsiyani bajaruvchi, funksionallikga nisbatan mantiqiy element deb nomlanadi. Potensialli mantiqiy elementlar eng ko‘p tarqalgan. Ularda mantiqiy 1 va mantiqiy 0 turli darajadagi kuchlanishlar ko‘rinishida ifodalanadi. Zamonaviy potensialli mantiqiy elementlar, integral mikrosxema texnologiyasi bo‘yicha tayyorlanadi.
Mantiqiy elementlar tizimi, ular bazasida har qanday murakkablikdagi mantiqiy sxemani tuzish mumkin, funksional to‘la deb nomlanadi. Asosiy va sodda mantiqiy elementlar, funksional to‘la tizimni tashkil etuvchi, quyidagi operatsiyalarni bajaruvchilar hisoblanadi:
I – mantiqiy ko‘paytirish (kon’yunksiya)- AND; ILI- mantiqiy qo‘shish (diz’yunksiya)- OR; NE-mantiqiy inkor (inversiya)- NOT.
I elementi 61,a-rasmda ko‘rsatilgandek (mamlakatga oid standart) yoki 61,b - rasmdagi (chet el sxemalarida) kabi belgilanadi.64
|
| |