O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet22/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Kontaktli termometr-bu, berilgan xaroratga etganda ma’lum elektr zanjirni kommutatsiyalovchi kontaktlar ulangan termometr. Termorostlovchi yoki indikator sifatida qo‘llaniladi (masalan, transformatorlardagi moyli yoki suyuq dielektriklarni yuqori chegara xaroratini signallashtiruvchi). Kontaktli termometrlarning bir qancha konstruksiyalari mavjud.
45, a-rasmda kontaktli-rtutli termometrning tuzilishi keltirilgan.
Bu termometr ikkita elektrodga ega-harakatlanmaydigan 1, rtutli kapillyarga 3 kavsharlangan, va harakatlanuvchi 2, ingichka volfram simdan tayyorlangan. Uni berilgan xaroratga magnitli-aylanuvchi qurilma 4 yordamida o‘rnatish mumkin. Harakatlanuvchi elektrod termometr ichidagi gaykaga maxkamlangan. Bu gayka, magnit aylantiradigan ving bo‘yicha harakatlanish qobiliyatiga ega. Berilgan xaroratga etganda rtutli ustuncha elektrodlar oralig‘ini tutashtiradi, elektr zanjir sodir bo‘ladi va avtomatika sxemasiga kerakli operatsiyani bajaruvchi elektr signal yuboriladi.
Bimetalli kontaktli termometr (45,b-rasm) ikkita o‘zaro payvandlangan, turli issiqlikda kengayish koeffitsientli, metall plastinkalar 1 va 2 tashkil topgan. Plastinalar qizdirilganda bir tekis uzaymaydilar va ularni qiyshayishi (deformatsiyasi) issiqlikda kengayish koeffitsientli kichik bo‘lgan metall tomonga bo‘ladi. Bunda, rostlagich yoki ijrochi mexanizm bilan bog‘langan boshqaruvchi kontakt 3 ulanadi yoki uziladi.
Dilatometrik kontaktli termometr (45,v-rasm) issiqlikda kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan metalldan ishlangan sterjen 1 va issiqlikda kengayish koeffitsienti katta bo‘lgan metalldan ishlangan trubkaga 2 ega.
Sterjen trubka ichida joylashtirilgan va bir uchi unga maxkamlangan. Xarorat o‘zgarganda trubka o‘zining uzunligini o‘zgartiradi va uning uchi sterjenning oxiriga nisbatan harakatlanadi. Bu esa, strelkali ko‘rsatkichni 3 harakatlanishini va boshqaruvchi kontakt 4 kommutatsiyasini chaqiradi. Manometrik kontaktli termometrlar (45,g-rasm) suyuqlik yoki gaz bilan to‘ldirilgan va issiqlik qabul qiluvchi 1, ulanuvchi kapillyarli trubka 2 va o‘lchovchi element 3, xarorat
o‘zgarganda deformatsiyalanuvchi membrana, silfon yoki prujinali trubka ko‘rinishida tayyorlangan, germetik (zichlangan) tizimdan tashkil topadi. Manometrik datchiklarni to‘ldiruvchilar 4 sifatida rtut, efir yoki azotdan foydalaniladi. Strelkali ko‘rsatkich 5, o‘lchovchi element bilan bog‘langan, xarorat o‘zgarganda elektr kontaktlarga 6 ta’sir ko‘rsatadi.

a)

b)

v)

g)

45-rasm. Kontaktli termometrlar51
Elektrdvigatellarni tormozlash yoki aylanish chastotasi tartibini avtomatik boshqarish uchun, tezlikni nazoratlovchi elektrmexanik relelardan foydalaniladi (46-rasm). Relening rotori, dvigatelni vali bilan bog‘langan, tezligi rostlanuvchi doimiy magnit 1 tashkil topadi. Doimiy magnit alyumin silindr 5 ichiga joylashtirilgan va olmaxon katagi ko‘rinishidagi cho‘lg‘amga ega. Silindr o‘qi atrofida katta bo‘lmagan burchakga aylanishi va tayanch 3 yordamida 4 kontaktlarni o‘tkazishi mumkin.

46-rasm. Elektrmexanik rele52

Dvigatel harakatlanmaganda tayanch o‘rta xolatda bo‘ladi. Dvigatel va magnit 1 aylanganda silindrga 5 aylanish momenti ta’sir qila boshlaydi, uning ta’siri ostida u aylanadi va tayanch 3 yordamida 4 kontaktlarni o‘tishini ta’minlaydi.
Aylanish pasayganda silindr o‘rta xolatga qaytadi va 4 kontaktlar bastlabki xolatga o‘tadi. Rele kontaktlari o‘tadigan aylanish chastotasining miqdori, moslashtirish vintlari 2 xolatilari bilan aniqlanadi.
Kontaktli turdagi diskretli daraja datchiklari suyuq yoki sochiluvchi jismlar darajasini rostlash va nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Elektr ta’minotining avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida transformator va turbin moylarining, generatorlarini sovutish tizimidagi distirlangan yoki texnik suvning, issiqlik elektrstansiyalaridagi yoqilg‘i tayyorlash va suv tayyorlash sexlarida darajani nazorat qilishda qo‘llaniladi. Konstruksiyasi bo‘yicha daraja datchiklari elektrodli, membranali va po‘kaklilarga bo‘linadi.
Elektrodli daraja datchigi (47-rasm) elektr o‘tkazuvchi suyuqliklarni darajasini nazorat qilishda qo‘llaniladi. Masalan-texnik suv, elektolit va sh.o‘. U
bitta qisqa 1 va ikkita uzun 2,3 elektrodlarga ega, ular qisqichlar qutisida maxkamlangan.
47-rasm. Elektrodli daraja datchigi53
Qisqa elektrod suyuqlikning yuqori darajadagi kontakti, uzuni esa-pastgi darajadagi kontakti xisoblanadi. Suyuqlik 4 qisqa elektrodga uringanda, bu nasosni ta’minotdan o‘chirishga olib keladi, suyuqlikning darajasi uzun elektroddan pasayganda, oraliq relega uning ulanishiga komanda beradi (nasosni boshqarish oraliq relening K kontakti 5 yordamida bajariladi).
Po‘kakli daraja datchigi (48-rasm) isitiladigan xonalarda muzlamaydigan va agressiv bo‘lmagan suyuqliklarni darajasini rostlash va nazorat qilishda qo‘llaniladi. Rezervuarga, blok 3 va vazmin yuk 5 orqali egiluvchan kanatga osilgan xolda po‘kak 1 tushiriladi. Daraja o‘zgarganda havoza 2 buriladi, suyuqlikni xaydovchi nasos dvigatelini boshqaruvchi kontakt 4 ulaydi yoki uzadi.
Membranali daraja datchigi sochiluvchi materiallar darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi (masalan-issiqlik elektrstansiyalarida sharsimon tegirmon bunkerlaridagi ta’minot ko‘mirini).
48-rasm. Po‘kakli daraja datchigi54

Ularda membrana kontaktlarga ta’sir ko‘rsatib, to‘ldirishni yoki bo‘shatishni boshqaruvchi qurilmalar zanjirini ulaydi yoki uzadi.

Kontaktli datchiklar o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokda ishlashi mumkin. O‘lchash chegaralariga bog‘liqligi bo‘yicha datchiklar bir chegarali va ko‘p chegarali bo‘lishlari mumkin. Kontaktli datchiklarning kamchiliklari-uzluksiz nazoratni amalga oshirishni murakkabligi va kontakt tizimining xizmat muddatini chegaralanganligi. Ammo, elektr ta’minoti ABT tizimlarida ushbu datchiklarni oddiy bo‘lgani sababli keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ABT ning barcha kompanentlarini diskret analoglari mavjud-diskret rostlagichlar, diskret ijrochi mexanizmlar, diskret rostlovchi organlar va sh.o‘.
Shunday ekan, ko‘pchilik birlamchi datchiklar (kontaktli turlaridan boshqalari) analogli tabiatga (uzluksiz) ega. Shuning uchun, ulardan olingan signallarga ishlov berish jarayonida analogli signallarni diskret signalga o‘zgartirish zarurati paydo bo‘ladi. Uzluksiz signalni diskretga o‘zgartirish (uziq- uziq) ma’lum diskretli modulyasiya usulida diskretizatsiyalash deb nomlanadi.
Diskret modulyasiya, uzluksiz signalni x(t) diskret moment vaqtida t =nT uning bir onli qiymatini ma’lum bir ko‘rinishda qayd (yodda saqlab qolishni) qilishni o‘z ichiga oladi. Diskretizatsiyalash operatsiyasini impulsli yoki releli elemenlar va analogli-raqamli o‘zgartgichlar (ARO’) amalga oshiradi. Uzluksiz signalni x(t) diskret signalga x[nT] o‘zgartirishni kvanlash deb nomlanadi.
49-rasmda ABT diskret elementlari uchun tavsiflash sxemasi keltirilgan.

49-rasm. ABT diskret elementlari uchun tavsiflash sxemasi55

Signallarni vaqt bo‘yicha kvantlash tizimi impulsli tizim xisoblanadi. Bunday tizimlarni ta’riflash uchun, diskret panjarali funksiyalardan foydalanishga asoslangan matematik modellardan foydalaniladi.

Signallarni darajasi bo‘yicha kvantlash tizimi releli tizimlar xisoblanadi. Chunki signalni o‘zgartirishni releli xarakteristikalari, chiziqsiz xarakteristikaning ayrim holi xisoblanadi. Shuning uchun ular chiziqsiz tizimlarning ayrim xollari sifatida ko‘rib chiqiladi.


Vaqt va daraja bo‘yicha kombinatsiyalangan kvantlashning diskret tizimi
raqamli tizimlar xisoblanadi. Kvantlashning daraja soni katta bo‘lganda, raqamli

55 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
tizimlar uchun xarakterli, tizim xususiyati, birinchi navbatda, signalni vaqt bo‘yicha kvantlash aniqlanadi. Shuning uchun, foydalanilgan matematik model bo‘yicha ularni ta’riflashda va tadqiqot usulida raqamli tizimlar impulsli tizimlarga yaqin.


Download 470,25 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.