Avtomatik qurilmalarning diskret elementlari




Download 470,25 Kb.
bet21/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Avtomatik qurilmalarning diskret elementlari

Avtomatik boshqarish tizimlarida (ABT) muomiladagi signallar, uzluksiz (analogli) va diskretli bo‘ladi. Shunga mos ravishda barcha ABT lar uzluksiz harakatdagi tizimlar va diskret harakatdagi tizimlarga ajratiladi.


Uzluksiz harakatdagi tizimlarda (analogli tizimlarda) faqat uzluksiz signallar mavjud bo‘lib, vaqtning uzluksiz funksiyasi xisoblanadi.
Diskret harakatdagi ABT larda hech bo‘lmaganda bitta miqdor diskret signalni tashkil etishi kerak. Diskret signal vaqt ichida diskret, sakrab o‘zgaradi. Eng sodda, ikki pozitsiyali, diskret elementni-kontaktli (43,a-rasm) yoki kontaktsiz (tranzistorli) (43,b-rasm) kalit, faqat ikkita xolatga ega bo‘la oladigan: (“uzilgan”
yoki kuchlanish Uchiq signali yo‘q, va “ulangan” yoki ma’lum darajadagi Uchiq
kuchlanish signali bor) misol bo‘la oladi.


a)

b)

v)

43-rasm. Kontaktli o‘tkazgich49


Ko‘p pozitsiyali diskret element bir nechta qayd qilingan barqaror xolatga ega bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida ko‘p kontaktli o‘tkazgich (43,v rasm) qadamli qidiruvchi yoki uning kontaktsiz analogini keltirishimiz mumkin.
ABT ning keng tarqalgan diskret elementlari turlarini ko‘rib chiqamiz- kontaktli datchiklar. Kontaktli datchiklar-bu diskret rezistorli datchiklarning eng sodda turi. Ular, birlamchi elementning harakatini, elektr zanjirda sakrab o‘zgaradigan qarshilikga o‘zgartiradi. Kontaktli datchiklar yordamida kuchlanishni, harakatni, xaroratni ob’ekt o‘lchamlarini, ularning formasini va sh.o‘. o‘lchanadi va nazorat qilinadi. Kontaktli datchiklarga, asosan suyuqliklarning chegaraviy darajasini o‘lchashda foydalaniladiganlar, oxirgi va yo‘l o‘chirgichlari, kontaktli termometrlar va elektrodli datchiklar kiradi.
Oxirgi o‘chirgichlar mexanizmni yoki uning harakatlanuvchi qismini maksimal (oxirigacha) harakatlangandagi signallashtirilish uchun qo‘llaniladi. Ko‘p xolatlarda oxirgi o‘chirgichlar mexanizmni yoki uning harakatlanuvchi qismini harakati to‘xtatilishi kerak bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Bunda, harakatlanish elektr ta’minoti zanjirini kontaktlar guruxi tomonidan uzish yo‘li
bilan bajariladi. 44,a-rasmda oxirgi o‘chirgichning ishlash sxemasi, 44, b-rasmda- (KU-701) turdagi oxirgi o‘chirgichning tashqi ko‘rinishi keltirilgan. Bunda, 1- o‘chirgich korpusi, 2-o‘zi qaytaradigan mexanizm va kontakt guruxi bilan bog‘langan rolikli dastak.

a)

b)

44-rasm. Oxirgi o‘chirgichning ishlash sxemasi50


Oxirgi o‘chirgichlar avtomatlashtirilgan elektr uzatmalarda, yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarda, shuningdek kuchli shchitlar va eshik oralig‘larida ta’minot blokirovkasini o‘chirish, eshiklarni ochilish momentida yoritish va sh.o‘. uchun o‘rnatiladi.

Yo‘l o‘chirgichlari boshqarish elektr zanjirlarini, nazoratlanuvchi ob’ekt yo‘lidagi ma’lum nuqtalarda, boshqaruvchi tayanchlar ta’siri ostida kommutatsiyalash uchun qo‘llaniladi. Yo‘l o‘chirgichlari, mexanizmning yoki uning harakatlanuvchi qismini harakati to‘xtatilishi kerak bo‘lgan joylarda, yoki operatorga mexanizm o‘rnatilgan (topshiriqdagi) xolatga etib borganligi haqida axborot berish zarur bo‘lganda, o‘rnatiladi. Tuzilishi bo‘yicha ular oxirgi o‘chirgichlarga o‘xshaydi. Yo‘l o‘chirgichlari ko‘tarish-transport mexanizmlari uzatmalarida o‘rnatiladi. Oxirgi va yo‘l o‘chirgichlarini katta sinfi mavjud, ularning ishlash prinsipi induktivlikni, sig‘imni yoki elektrmagnit nurlanishni o‘chirgichning sezgir elementi oldidan o‘tishida, sakrab o‘zgarishiga asoslangan.

Download 470,25 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatik qurilmalarning diskret elementlari

Download 470,25 Kb.