O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet20/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Membranali IM, prujinali va prujinasiz bo‘ladi. Prujinasiz membranali qurilmalar (39,b-rasm) silindrning ishchi ichi A dan, unga Pi bosim ostida boshqaruvchi havo beriladi, va elastik rezinali membrana 3 dan, shtok bilan qattiq markaz orqali birlashtirilgan, tashkil topadi. Shtokning ilgarilanma-qaytarma harakati, membrana osti bo‘shliq B ga, membranani siqilish va siljishi xisobiga, siqilgan havo bosimi P0 yuborish bilan amalga oshiriladi. Membranali IM lar, rostlanuvchi organlarni boshqarish uchun qo‘llaniladi. Bunda, shtokning harakatlanishi 100 mm gacha va ishchi bo‘shliqdagi bosim 400 kPa gacha bo‘lgan imkonga ega bo‘lishi kerak.
Silfonli IM lar, (39,v-rasm) rivojlanuvchi kuchi kam bo‘lgani uchun, kamdan- kam qo‘llaniladi. Ular, ishchi silindr 2 ga joylashtirilgan va boshqaruvchi havo

46 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
bosimi P xisobiga zichlangan gofrirovka qilingan kamera 3 bilan harakatlanadigan, prujinali shtok 1dan tashkil topadi. Ulardan 6 mm gacha harakatlanadigan rostlanuvchi organlarda foydalaniladi.
Parrakli IM larda (39,g-rasm) to‘g‘ri burchakli parrak 1 kamera 2 ichida boshqaruvchi havo bosimi Pi xisobiga harakatlanadi. Bu havo bosimi navbatma- navbat u yoki bu kamera bo‘shlig‘iga yuboriladi. Bunday qurilmalardan burilish burchagi 600 yoki 900 bo‘lgan ijrochi organlarda foydalaniladi.
Elektrik IM lar, bunday IM larda rostlanuvchi organni harakatlanishi elektr energiya xisobiga amalga oshiriladi. Elektrik IM larning uchta asosiy turlari bo‘ladi: elektrdvigateldan uzatmali (umumiy sanoat avtomatika sxemalarida eng ko‘p tarqalgan); elektrmagnitdan uzatmali (solenoidlar); elektrmagnitli muftalar.
Elektrdvigatelli IM larda dvigatellarning barcha turlari qo‘llaniladi-asinxron, sinxron va o‘zgarmas tokdagi dvigatellar. Dvigatelni yugurib chiqishini kamaytirish va rostlash sifatini yaxshilash uchun, elektr tormozlash va elektrmagnit tormozlashdan foydalaniladi, ular dvigateldan kuchlanish ta’minoti o‘chirilgandan so‘ng ishga tushiriladi.
Konstruksiyasi bo‘yicha elektrdvigatelli IM lar, odatda, chiqish valida aylanma harakatli va kamroq, chiqish shtoki oldinga siljiydiganlari bajariladi. Umumiy sanoat avtomatika tizimlarida bir aylanamali elektrik IM lar ko‘proq qo‘llaniladi, ularda chiqish valini aylanishi 1200 dan 1700 gachani tashkil etadi. Ko‘p aylanmali elektrik IM lar yordamida, odatda, quyidagi rostlanuvchi organlar o‘z xolatini o‘zgartiradi: qulfli ventillar, surma klapanlar, yuqori kuchlanishli o‘chirgich uzatmasining prujinasi ishga tushiriladi.
Elektrdvigatelli IM blok-sxemasi 40-rasmda keltirilgan. U quyidagicha ishlaydi. Dvigatel D reduktor R orqali rostlovchi organ RO ni harakatlantiradi. Elektrik IM kirishiga beriluvchi signal Us odatda, dvigatelni boshqarish uchun quvvati etmaydi, shuning uchun, oldindan kuchaytirgich K yordamida kuchaytiriladi. Oxirgi o‘chirgichlar OO’ rostlovchi organ RO harakatini chegaralashga xizmat qiladi.
Operator rostlovchi RO organni masofadan boshqarish qurilmasi MB yordamida, asbob P orqali uning xolatini nazorat qilib, MB qurilmasida nosozlik bo‘lganda-qo‘l bilan boshqaruvchi QB shturvali yordamida, o‘rnatishi mumkin.
40-rasm. Elektr dvigatelli IM blok-sxemasi47
TAT xolati bo‘yicha teskari aloqa datchiklari, patensiometr ko‘rinishida bajarilgan, induktiv datchiklar yoki chiziqli induksion potensometrlar, va TAH tezligi bo‘yicha teskari aloqa datchiklari, o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokdagi taxogenerator ko‘rinishida bajarilgan, elektrik IM lardan talab etilgan xarakteristikalarni olish uchun, qo‘shimcha signallarni kiritishga xizmat qiladi.

Elektrmagnitli yoki solenoidli IM lar, elektrmagnit langari bilan mexanik bog‘langan rostlanuvchi yoki qulflovchi organlarni harakatlantirishga mo‘ljallangan. O‘z nomidan kelib chiqib, IM g‘altakli magnit o‘tkazgichni tashkil etadi. Magnit o‘tkazgichning bir qismi g‘altakga nisbatan harakatlanadigan va bir qismi harakatlanmaydigan qilib bajariladi. Harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan qismlar orasida havo oralig‘i mavjud, bu erda g‘altakga beriluvchi elektr energiyani, magnit o‘tkazgichning harakatlanuvchi qismini va u bilan mexanik bog‘langan ijrochi organni harakatlantiradigan mexanik energiyaga o‘zgartirish sodir bo‘ladi. Elektrmagnitli IM lar ikkita chetki xolatga ega: g‘altakga kuchlanish

47 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
berilganda (langar tortilgan, havo oralig‘i minimal); g‘alkatdan kuchlanish o‘chirilganda (langar qaytarish prujinalari orqali olib tashlangan, havo oralig‘i maksimal). Elektrmagnit uzatmalarning ikki xolatli xarakteristikasi ularni klapanlarni va issiqlik elektr stansiyalarida surma klapanlarni boshqarishda, yuqori kuchlanishli o‘chirgich uzatmalari, ajratgichlar va sh.o‘. uchun qo‘llash imkoniyatini beradi. 41-rasmda PE-11 elektmagnit uzatmasining mexanizmi keltirilgan. Ular VMP-1, VMG-133 turdagi yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarda qo‘llaniladi. Bunda, 1; 13-o‘chirgichlar va o‘chiruvchi g‘altaklarning o‘zaklari; 2- ulovchi g‘altak; 3-shtok; 4-lo‘kidon; 5-blok-kontaktlar; 6-rolik; 7-serga; 8-uzatma vali; 9-uch burchakli dastak; 10-prujina; 11-lo‘kidon; 12-qo‘l bilan boshqarish dastagi; 14-izolyasiyalovchi planka; 15-yordamchi kontaktlarining chiqishi; 16- o‘chiruvchi g‘altak.
Ulovchi g‘altakga 2 kuchlanish berilganda o‘zak 1 unga tortiladi va shtok 3 itaradi, u dastaklar tizimi orqali valni aylantirib o‘chirgich 8 ulaydi, bir vaqtda lo‘kidon 4 suradi. O‘chiruvchi g‘altak 16 kuchlanish berilganda uning o‘zagi 13 shtokni yuqoriga turtadi, lo‘kidon 4 qulfini echishga olib keluvchi dastaklar tizimiga taqaladi. Prujina ta’siri ostida shtok 3 dastaklar tizimi 8 valni buradi, bu esa o‘chirgichni o‘chirishga olib keladi. Barcha operatsiyalarda, uzatma, ximoyalash apparaturasi va avtomatikasi bilan bog‘liq bo‘lgan, bloklovchi kontaktlar 5 va 15 ishga tushadi.
Elektrmagnit mufta, elektrmagnit IM bo‘lib, ikkita aylanuvchi vallarni yoki unda bemalol o‘tirgan, valni detal bilan birlashtirish yoki ajratish uchun mo‘ljallangan. Elektrmagnit muftalarni aylanish harakatlarini to‘xtatmasdan kinematik zanjirlarni birlashtirish yoki ajratish uchun qo‘llaniladi, masalan ishga tushirish jarayonlarini avtomatlashtirishda, reverslashda (teskarisiga aylantirishda) va elektrdvigatellarni tormozlashda. Elektrmagnit muftalar quruq ishqalanishli (friksionli), yopishqoq ishqalanishli (kukunli) va sirpanish muftalariga ajratiladi.
Quruq ishqalanishli elektrmagnit muftalar quvvatni bitta valdan ikkinchi
41-rasm. Elektmagnit uzatmasining mexanizmi

valga ishqalanish diski 3 orqali uzatishni amalga oshiradi (42, a-rasm). Disklar, val o‘qining shlitslari va tortuvchi yarim mufta bo‘yicha harakatlanish imkoniga ega. Cho‘lg‘amga 1 tok berilganda langar 2 diskni siqadi, ular orasida ishqalanish kuchi sodir bo‘ladi.



a)

b)


v)

42-rasm. Elektrmagnit muftalar48


Yopishqoq ishqalanuvchi muftalar (42, b-rasm) tortuvchi 1 va tortiluvchi 2 yarim muftalar orasida doimiy tirqishga Δ ega. Tirqishda cho‘lg‘am 3 yordamida magnit oqimi F sodir bo‘ladi. Bu oqim to‘ldiruvchi 4 ta’sir ko‘rsatadi (ferritli temir talk yoki grafit bilan) va elementar magnit zanjirlarini tashkil etadi, to‘ldiruvchi

48 Laund –Ternd Wand, Yao-Wen Chang. Elektronic Design Avtomation Sunthesis, Verification, and Test. Morgan Kaufman Publishers is an imprint of Ilsevier USA, 2009
tortuvchi va tortiluvchi yarim muftalarni ushlab olganday bo‘ladi. Tokni o‘chirganda magnit maydoni yo‘qoladi, to‘ldiruvchi va yarim muftalar orasidagi magnit maydonlari buziladi va ular bir-biriga nisbatan sirpanadi. Yopishqoq ishqalanuvchi muftalar aylanish tezligini ravon rostlash yoki ortiqcha aylanish momentlaridan, chiqish valida katta yuklamalar bo‘lganda, ximoyalash imkonini beradi.
Sirpanish elektrmagnit muftasi ikkita platforma 1, 2 (42,v-rasm) va g‘altak 3 tashkil topadi. G‘altakga tok berilganda, yarim muftalarni birlashtiruvchi maydonda, magnit oqimi F sodir bo‘ladi. Muftalar aylanganda bir-biriga nisbatan sirpanishadi, natijada o‘zgaruvchan magnit oqimi xosil bo‘ladi. Aynan shu, tortuvchi yarim muftaning g‘altagida tok va EYUK. xosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Xosil bo‘lgan magnit oqimlarining o‘zaro ta’siri tortiluvchi yarim muftani aylanishga olib keladi. Bunday muftalarning asosiy vazifasi-dvigatel ishlaganda dinamik yuklamalarni silliqlashdan iborat.
Elektrmagnit muftalar bir qator kamchiliklarga ega: kichik aylanish tezliklarida foydali ish koeffitsientining pastligi, kichik uzatish momenti, yuklama keskin o‘zgarganda past ishonlilik va sezilarli darajadagi sustlik.


    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.