O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet17/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Kuchlanish transformatori, (sxemalarda KT deb belgilanadi) o‘zgaruvchan tok qurilmalaridan o‘lchash asboblari, releli ximoyalash va avtomatikaga beriladigan yuqori kuchlanishni pasaytirish uchun xizmat qiladi. Kuchlanish transformatorlarini qo‘llash, yuqori kuchlanishli o‘lchashlarda standart o‘lchash asboblaridan foydalanish imkonini beradi, ularning o‘lchash chegaralarini kengaytiradi. Kuchlanish transformatori ikkilamchi kuchlanishining nominali 100
V. 28-rasmda bitta ikkilamchi cho‘lg‘amli kuchlanish transformatorini ulash sxemasi keltirilgan.
Birlamchi cho‘lg‘amga yuqori kuchlanish U1 beriladi, ikkilamchi cho‘lg‘am kuchlanishiga U2 o‘lchash asbobi-voltmetr ulangan. Birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari boshlanishlari A va X, oxirlari a va x bilan belgilangan. Bu belgilanishlar kuchlanish transformatorlarining korpuslaridaga cho‘lg‘am qisqichlari yoniga yozib qo‘yilgan. Kuchlanish transformatori pasaytirish transformatori xisoblanadi va birdan ancha katta transformatsiyalash koeffitsientiga ega.
    1. rasm. Bitta ikkilamchi cho‘lg‘amli kuchlanish transformatorini ulash


sxemasi
Ular bir nechta ikkilamchi cho‘lg‘amlarga ega bo‘lishi mumin, bir yoki uch fazali kurinishda, shuningdek ko‘p sterjenli konstruksiyali, simmetrik tashkil qiluvchilarda filtr sifatida ishlashi uchun, bajarilgan bo‘lishi mumkin.


Kuchlanish transformatorlarini asosiy ulash sxemalarini ko‘rib chiqamiz. “Yulduz-yulduz” ulanish sxemasi, bunda kuchlanish transformatorlarining birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari yudluzga ulangan (29, a-rasm), 0,4-10 kV izolyasiyalangan neytralli elektrqurilmalarda qo‘llaniladi. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari fazali kuchlanishdan ta’minlanadi va ikkilamchi o‘lchash zanjirida neytral simi bo‘lgan to‘rt simli ulanishni olish mikonini beradi, bu esa, faza kuchlanishlarini bir xilligini nazorat qilishga imkon yaratadi.
29,b-rasmdagi kuchlanish transformatorlari o‘lchash asboblarini, xisoblagichlarni va ochiq uch burchak sxemasi bo‘yicha ulangan, fazalar aro kuchlanishga ulanuvchi relelarni, ta’minlashga mo‘ljallangan. Bu sxema, kuchlanish transformatorlarini har qanday aniqlik sinfida ishlashida, fazalar orasidagi kuchlanishlarni Uab, Ubc, Uca simmetrikligini ta’minlaydi.
29,v-rasmda kuchlanish transformatorlari “uch burchak-yulduz” sxemasi bo‘yicha ulangan, U=173 V ikkilamchi chiziqli kuchlanishni ta’minlaydi, kompensatorlar va generatorlarni sinxron qo‘zg‘atishdagi avtomatik boshqarish qurilmalarini ta’minlash uchun zarur bo‘ladi.

a)


b)

v)

g)

      1. rasm. Kuchlanish transformatorlarining birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlari yudluzga ulangan sxemasi38

Izolyasiyalangan neytralli tarmoqlarda nazorat qilish va kuchlanishni o‘lchash uchun, nul ketma-ket filtrli uch fazali besh sterjenli kuchlanish

transformatorlaridan foydalaniladi (29,g-rasm). Bu transformatorlarda nul ketma- ketlikda magnit oqimlarini F0 tutashtirish uchun, magnit o‘tkazgichlarning chetki sterjenlari xizmat qiladi. Nul ketma-ketlikdagi uch barobarlik kuchlanishni 3U0 olish uchun, uning asosiy sterjenlarining har birida, tutashmagan uch burchak sxemasi bo‘yicha ulangan, qo‘shimcha (uchinchi) cho‘lg‘amlar bilan to‘ldiriladi. Ushbu cho‘lg‘amlarning a1-x1 chiqishlarida 3U0 kuchlanish, nulli ketma-ketli magnit oqimlari paydo bo‘lishi bilan, erga qisqa tutashuv bo‘lganda ro‘y beradi. Besh sterjenli kuchlanish transformatorlarining sxemasi nul ketma-ketli kuchlanishni olish bilan birgalikda fazali va fazalar aro kuchlanishni olishga ham imkon yaratadi.


    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.