O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet25/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Solishtirish sxemalari



Solishtirish sxemalari-elektr signallarning (kuchlanish va tok) darajasi nisbatiga ta’sirlanuvchi elektron tugunlar. Solishtirish sxemalariga komparatorlar, nol-indikatorlar va ostonali qurilmalar kiradi. Solishtirish sxemalari turli toifadagi elektron relelar konstruksiyalarini tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Komparatorlar - kirish signali kuchlanishini birmuncha tayanch kuchlanish bilan solishtirish yoki ikkita kirish kuchlanishlarini solishtirish uchun xizmat qiladi. Komparatorlar birkirishli va ikkikirishli bo‘ladi.
Birkirishli komparatorlar (58-rasm) OK ning inversiyalovchi kirishiga beriluvchi, turli qutbli kuchlanishlarni solishtirish uchun qo‘llaniladi.
          1. rasm. Birkirishli komparator62


Agar,
U1   U2


, unda Uchiq=Us, agar,
U1   U2
, unda Uchiq= +Us.


U1=|U2| bo‘lganda tartib barqaror emas va qurilma o‘z o‘zidan xohlagan holatiga o‘tishi mumkin.
Ikkikirishli komparatorlar (59-rasm) OK ikkala kirishiga beriluvchi signallarni solishtiradi (inversli va noinversli).
          1. rasm. Ikki kirishli komparator


Chiqish kuchlanishi quyidagi qiymatlarni olishi mumkin Uchiq= U2 yoki Uchiq= U1 va bironta kirishdagi modul bo‘yicha katta bo‘lgan kuchlanishni aniqlaydi. U1=U2 bo‘lganda, chiqishdagi kuchlanish nolga teng.63


Nol-indikator (60-rasm) bu elektron qurilma bo‘lib, uning chiqishida mantiqiy birga teng kuchlanish darajasi paydo bo‘ladi, agar kirish kuchlanishlarning moduli bir xil bo‘lsa (ruxsat etilgan og‘ishlar chegarasida) va mantiqiy nolga teng, agar modullar bir xil bo‘lmasa.

          1. rasm. Nol-indikator sxemasi



63 Chris J. Georgopoulos Interface fundamenentals in Microprocessor-Controlled Systems. A member of the Kluwer academic publishers group. Greece, 2009. 80-84 p.

Nol-indikator uchta asosiy kompanentlardan tashkil topadi-OK da ishlangan ikkikirishli komparator, kirishida kalitli elementdagi kuchaytirish kaskadi va L mantiqiy sxemasi. Nomuvozanatlanish kuchlanishi, OK chiqishidan olinadigan va U1-U2 teng, kuchaytirgich (VT1 tranzistori) orqali kuchaytiriladi, so‘ng tranzsitorli kalitga (tranzistor VT2) uzatiladi. Bu, U1-U2 ayirma belgisi va miqdoriga bog‘liq holda, kalitni ochilishiga yoki yopilishiga olib keladi. Kalitning chiqishidagi kuchlanish mantiqiy sxema L boshqaradi, nol-indikator chiqishida mantiqiy bir (agar U1-U2 ayirma ruxsat etilgan xatolik chegarasidan chiqmasa) yoki mantiqiy nol (agar, U1-U2 ayirma ruxsat etilgan xatolikdan katta bo‘lsa) signalini tuzadi. Kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti qancha katta bo‘lsa, xatolikning nomuvofiqlashtirish shuncha kichik bo‘ladi va nol-indikator shuncha aniq ishlaydi. Ostonali qurilma solishtirish sxemasining bir turi hisoblanib, oldindan berilgan qiymatdan, kirish kuchlanish darajasi birmuncha oshiq bo‘lgan sharoitlarda ishga tushadi. Bu, ishlab ketish ostonasi Uik deb nomlanadi va dastlabki holatga kirishdagi kuchlanish darajasi Ukir bo‘lganda qaytadi. Qaytish kuchlanishini ishlab ketish kuchlanishiga nisbati qaytish koeffitsiyenti Kqay = Ukir


/Uik deb nomlanadi. Ostonali qurilmalarning maksimal turlari uchun, kirish kuchlanishini o‘rnatilgan kuchlanishdan oshiq bo‘lganda ishga tushishi Kqay<1, qurilmalarning minimal turi uchun, kirish kuchlanishini o‘rnatilgan kuchlanishdan pasayganda ishga tushishi Kqay>1 aniqlanadi. Qaytish koeffitsiyentini olish uchun,
1 farqli, komparatorlar sxemasiga musbat teskari aloqa kiritiladi. Ostonali qurilmalar, releli ximoyalash zanjirlarida kuchlanishli va tokli elektron relelarida sezgir element bo‘lib xizmat qiladi.

    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.