O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 470,25 Kb.
bet24/80
Sana20.02.2024
Hajmi470,25 Kb.
#159234
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
Bog'liq
I. M. Bedritskiy, A. X-fayllar.org

Invertirlanmaydigan kuchaytirgich sxemasida (51-rasm) chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishi yo‘nalishida o‘zgaradi (pasayadi yoki ko‘payadi).
51-rasm. Invertirlanmaydigan kuchaytirgich sxemasi57

OK kuchayishini aniqlovchi tenglama quyidagicha yoziladi Uchiq = K*(U+ - U), bunda, K- OK kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti. Bu sxemada U– parametr Uchiq dan funksiyasi hisoblanadi, chunki R1 va R2 rezistorlar teskari aloqaning manfiy zanjirini tashkil etadi. Bundan tashqari, bu rezistorlar kuchlanishni bo‘luvchilar hisoblanadi. Modomiki u yuqori omlik hisoblanuvchi kirish U bilan ulangan ekan, unda kuchlanish bo‘luvchisi amalda yuklangan emas. Shunday ekan: U= β *Uchiq, bunda, β = R1 / (R1 + R2)-teskari aloqa koeffitsiyenti. Ushbu ifodani OK kuchaytirish tenglamasiga qo‘yib


quyidagini olamiz:
Uchiq = K(Ukir - β * Uchiq). (6)
Olingan (6) ifodani Uchiq nisbatan o‘zgartirib, chiqish kuchlanishi uchun ifodani olamiz:
Uchiq = Ukir * (1 / (β + 1/K)). (7)
Invertirlanmaydigan kuchaytirgichdan kuchlanishni kuchaytirgich sifatida foydalaniladi.
52-rasm. Invertirlanuvchi kuchaytirgich sxemasi58

OK, invertirlanuvchi kuchaytirgich sxemasi bo‘yicha ulanganda (52-rasm), uning chiqishidagi kuchlanish, kirish kuchlanishi bilan teskari faza bo‘yicha almashadi.


OK, inversli ulanishda kuchaytirishini ifodalovchi tenglamasini topamiz: Uchiq = K (U+ - U-). Bu tenglama, inversli bo‘lmagan kuchaytirgich tenglamasining xuddi o‘zi. Faqat ushbu holda U- parametri bir vaqtda, chiqish Uchiq va kirish Ukir kuchlanishlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu ketma-ket ulangan R2 va R1 rezistorlardan tashkil topgan kuchlanishni bo‘luvchi, kirish signali va kuchaytirgichning chiqishi oralig‘ida ulanganidan kelib chiqadi. Inverslovchi kirish yuqori qarshilikga ega va bo‘luvchini yuklamaydi, oqibatda:
U-= 1/(R2+ R1) * (R2Ukir + R1Uchiq). (8)
Olingan (8) tenglikni kuchaytirish tenglamasiga qo‘yib, Uchiq topamiz:
Uchiq = -Ukir * KR2 / (R2 + R1 + KR1). (9)
Agar K miqdori juda katta bo‘lsa, unda ifoda soddalashadi: UchiqUkir*R2/ R1. Inversiyalanuvchi OK dan, signal fazasi 1800 aylanadigan kuchlanishni kuchaytirgich sifatida foydalanish mumkin. Bunday zarurat, masalan, quvvat kuchaytirgichlarining ikki taktli chiqish kaskadlarini ta’minotlashdan kelib chiqadi. Differensial kuchaytirgich (53-rasm) ikki kuchlanishning ayirmasini olishga mo‘ljallangan, bunda, ularning har biri oldindan ba’zi konstantaga ko‘paytiriladi
(konstantalar rezistorlar bilan aniqlanadi).

53-rasm. Differensial kuchaytirgich59



UchiqU 2
((R2  R1)R4)  U
(R4  R3)R1 1
( R2)
R1
(10)


Kuchlanishni takrorlovchidan (54-rasm), yuqori chiqish qarshiligiga ega bo‘lgan manbaga past omlik yuklama ta’sirini mustasno qilish uchun, bufer kuchaytirgichi sifatida foydalaniladi.
54-rasm. Kuchlanishni takrorlovchi

OK ning kirish va chiqishidagi kuchlanishlar, ushbu sxema bo‘yicha ulangan- bir xil, ya’ni Ukir=Uchiq. Kirish qarshiligi-cheksizlikga intiladi (Zkir=∞), amaliyotda-OK kirish qarshiligi 1 MOm dan 10 TOm gacha.


Jamlovchi (summatorli) kuchaytirgich yoki summator (55-rasm) bir qancha kuchlanishlarni jamlaydi.
55-rasm. Jamlovchi (summatorli) kuchaytirgich60

Chiqishdagi yig‘indi inversiyalangan, ya’ni barcha kuchlanishlar manfiy.


Agar R1=R2=….=Rn=Rm, bo‘lsa, unda Uchiq=U1+U2+…+Un. Har bir kirishning kirish qarshiligi mos ravishdagi, shu kirishga ulangan, rezistor qarshiligiga teng.
Integrator, OK (56-rasm) kirish signalini vaqt bo‘yicha integratsiyalaydi (inverslangan).
56-rasm. Integrator sxemasi Chiqish kuchlanishi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi


t U


Uchiq kir dt
(11)



0 RC


Differensiator, OK (57-rasm) inversiyalangan kirish signalini vaqt bo‘yicha differensatsiyalaydi.

          1. rasm. Differensiator sxemasi61 Chiqish kuchlanishi quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi




Uchiq  RC dU kir
dt
. (12)

OK shuningdek, kuchlanishlar bilan chiziqli va chiziqsiz algebraik operatsiyalarni bajarishda, komparatorlar sifatida, giratorlar (induktivlikni ifodalovchi), triggerlar, manfiy qarshiliklarni o‘zgartiruvchilar, kuchaytirgichlarning maxsus turlari va generatorlar (lagorifmik, fazosezgir) va boshqa elektron tugunlarda qo‘llanishi mumkin.




    1. Download 470,25 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Download 470,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 470,25 Kb.