Avtomatika tizimlaridagi ijrochi mexanizmlar (IM), boshqarish ob’ektining rostlovchi organiga boshqaruv ta’sirini ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Bunda, rostlovchi organni o‘rni va xolati o‘zgaradi. Natijada boshqruv ob’ektining o‘rni va xolatini boshqarish algritmiga mos ravishda o‘zgarishiga olib keladi. Ishchi muxitdan foydalanish bo‘yicha IM gidravlik, pnevmatik, elektrik va kombinatsiyalanganlarga, boshqarish usuli bo‘yicha esa- qo‘lda va avtomatik boshqariladiganlarga ajratiladi. 37-rasmda avtomatik boshqarish tizimlarida keng qo‘llanishga ega bo‘lgan IM klassifikatsiyasi (tasniflanishi) keltirilgan.
37-rasm. Ijrochi mexanizm (IM) klassifikatsiyasi44
Gidravlik IM, suyuqlik bosim energiyasini chiziqli siljish yoki aylanish mexanik energiyasiga o‘zgartiradi. Ular boshqa turdagi IM minimal o‘lchamlariga nisbatan maksimal quvvatga ega. Elektr ta’minotning avtomatlashtirilgan tizimlarida gidravlik IM asosan issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarda texnologik jixozlarni boshqarish uchun, katta kuchlanish yoki katta aylanish momentlarni talab etuvchi- suvli va parli surma klapanlarni, parli klapanlarni, shiberlarni va gidroturbinalardagi suvni beruvchi roslanadigan qulflarni, gidravlik tormozlarni va sh.o‘. boshqarishda qo‘llaniladi.
Gidravlik IM ikkita asosiy qismdan tashkil topadi- gidrodvigatel (GD) va boshqaruvchi qurilma (BQ) (38-rasm).
GD , silindr 1, porshen 2, shtok 3 va uzatuvchi mexanizmdan (UM), rostlovchi organ (RO) bilan bog‘langan tizimni tashkil etadi. Rostlovchi organni
siljitish, porshenning bir yoki ikki tomonida joylashgan silindr ichidagi ishchi suyuqlik 4 bosimlaridagi farqga bog‘liq bo‘ladi.
38-rasm. Gidravlik IM45
BQ o‘z ichiga GM va ishchi suyuqlik rezervuari 5 bilan ulangan boshqarish tuguni va nasoslarni oladi. BQ lari zalotnikli, purkaydigan va xajmiy boshqariladiganlari bo‘ladi.
Zalotnikli boshqariladigan BQ lar suyuqlikning doimiy bosimi ostida ishlaydi, shtokning harakat yo‘nalishi, qaysi ishchi silindrning ichiga suyuqlik berilishiga, bog‘liq bo‘ladi. Suyuqlikni berish yo‘nalishini zalatnik orqali amalga oshiradi (zalatnikli juftlik bilan). Purkaydigan boshqaruvli BQ lar ishchi oraliqdagi suyuqlikning o‘zgaruvchan bosimidan ishlaydi, suyuqlik sodir etadigan bosim kuchiga siqiluvchi prujina kuchi qarshi chiqadi. Oraliqdagi bosim ularga ulangan purkaydigan reduktorlar yordamida o‘zgaradi, «soplo-zaslonka» (“soplo-to‘sma qopqoq”) tizimi bo‘yicha ishlovchi, u orqali nasos bilan doim suyuqlik yuborilib turadi.
Xajmiy boshqariladigan BQ lar GD bilan birgalikda aylanuvchi harakatda ishlaydi va dvigatelga suyulik yuboruvchi nasosni unumdorligini o‘zgartirish yo‘li bilan rostlanadi (chiqish valini aylanish chastotasini o‘zgartirib). Ishchi suyuqlik
sifatida neftli moy, spirtli-gletsirinli aralashma, sintetik kremniyorganik suyuqliklar qo‘llaniladi.
Pnevmatik IM, rostlagichning chiqishidagi havo bosimini o‘zgartirishini rostlanuvchi organning-klapan, zaslonka, shiber, kran, mexanik torgich va sh.o‘.larni siljishiga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Elektr ta’minoti tizimining avtomatikasida pnevmatik IM asosan havoli yuqori kuchlanishni o‘chirgich uzatmalari sifatida, shuningdek yong‘inga va portlashga xavfli muxit sharoitlarida ishlovchi avtomatik qurilmalarda qo‘llaniladi. Havo bosimini sezuvchi qurilmalar turi bo‘yicha pnevmatik IM lar porshenli, membranali, silfonli va parraklilarga bo‘linadi.
Porshenli pnevmatik IM, tuzilishi bo‘yicha gidravlik turdagi porshenli IM ga o‘xshash, faqat ishchi tana sifatida siqilgan havodan foydalaniladi. 39, a-rasmda
«soplo-to‘sma qopqoq» rostlagich orqali boshqariladigan gidravlik turdagi porshenli IM sxemasi keltirilgan.
Porshenli IMning ishi ishchi silindr 1 dagi bosimni o‘zgartirish va porshen 2 ni rostlanadigan zaslonka 5 xisobiga siljitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kamera 4 ga doimiy bosim P ostida havo beriladi. Shu bilan birgalikda kameradagi bosim soplo va zaslonka orasidagi masofaga Δ bog‘liq bo‘ladi, chunki bu masofani oshishi bilan bosim pasayadi va aksi.
39,a -rasm. Soplo-to‘sma qopqoq rostlagich orqali boshqariladigan gidravlik turdagi porshenli IM sxemasi46
Kamera 4 dan havo P bosim ostida silindrning pastki qismiga yuboriladi, yuqori qismida egiluvchan deformatsiya kuchini sodir etuvchi, bosim P sodir qiladigan kuchga qarama-qarshi, prujina 3 joylashtirilgan. Bosimlar ayirmasi porshenni yuqoriga yoki pastga harakatlanishiga imkon beradi. Porshenli IM lar bir yoki ikki tomonlama ishlashi va 100 kN gacha, porshen 400 mm gacha harakatlanganda, kuchni ta’minlaydi.
|