mesh
-bu fazoda uch o’lchovli “to’r”ni
chizadi;
surf
-fazoda uch o’lchovli sirtni
chizadi ;
fill3-
fazoda uch o’lchovli to’ldirilgan ko’pburchakni chizadi.
Meshgrid funksiyasi x,y larning qiymatlaridan [x,y] matritsalar hosil
qiladi. Agar x,y larning qiymatlari bir xil to’plamda bo’lsa meshgrid
funksiyaning argumentida 1 ta argument qiymati ko’rsatilsa yetarli.
270
Masalan,
Z=sinR/R
,
, x,y [-8,8] bo’lsin, u holda quyidagi sirtni
11.5.5-rasm.
matlab tizimining komandalar oynasida yozilgan quyidagi kod natijasi
deyish mumkin.
>>[x,y]=meshgrid(-8:.5:8);
>> R=sqrt(x.^2+y.^2)+eps;
>> z=sin(R)./R;
>> mesh(z)
Ko’rinib turibdiki, bu sirt grafigi to’r ko’rinishida ifodalangan. R ni
xisoblashda sistema o’zgaruvchisi eps ni qo’shishdan maqsad, z=sin(R)./R ni
xisoblashda nolga bo’lishdan saqlanishdir.
>> [x,y]=meshgrid(-5:0.1:3);
>> z=x.*sin(x+y);
>> surf(x,y,z)
>> [x,y]=meshgrid(-1:9.5:4);
271
11.5.6-rasm.
Agar x, u argumentlarning o’zgarish oraliqlari xar-xil bo’lsa,
ular meshgrid funksiyasida aloxida-aloxida yoziladi.
Bir nechta grafiklarni hosil qilish va boshqa imkoniyatlar.
Matlabda bir grafik oynasida bir necha grafiklar hosil qilish mumkin.
Buning uchun grafik darchasini ochiq holda saqlash kerak. Bu esa hold buyrug’i
yordamida
amalga oshiriladi. Masalan, y=sin(x), z=cos(x), xє[0,π], funksiyalar grafigini
bir oynada chizish uchun quyidagicha buyruqlar ishlatiladi:
272
>> x=0:.02*pi:pi;
>> y=sin(x);
>> plot(x,y,’r’)
>> hold
>> z=cos(x);
>> plot(x,z,’ob’)
11.5.7-rasm.
>> x=0:.4*pi:pi;
>> y=sin(x);
>> plot(x,y)
>> hold
>> z=cos(x);
plot(x,z)
Shundan keyin
hold
off komandasini hold ni ishlashini to’xtatuvchi sifatida
ishlatish mumkin. Matlabda grafiklarni faqat nuqtalar orqali ham chiqarish
mumkin.
U holda nuqtalar uchun quyidagi belgilar ishlatiladi: ., +, *,o va boshqalar.
273
Masalan, plot(x,y,’o’) har bir nuqtani o kabi belgilab, grafikni nuqtalar ketma-
ketligi shaklida tasvirlaydi.
|