• 1-§. Solishtirish va mantiqiy amallar O’quv modullari
  • Solishtirish amallariga quyidagilar kiradi
  • -BOB. MATLABDA MANTIQIY JARAYONLAR




    Download 4,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/117
    Sana04.06.2024
    Hajmi4,84 Mb.
    #259897
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
    10-BOB. MATLABDA MANTIQIY JARAYONLAR. 
    Matlabda maniqiy amallarni bajarish va maxsus funksiyalardan foydalanish. 
    Muhandislik masalalarini yechish uchun eng qulay vositalardan biridir. Mantiqiy 
    solishtirish, munosabat belgilari va asosiy matematik funksiyalar haqida fikr 
    muloxozalar yuritamiz.
    1-§. Solishtirish va mantiqiy amallar 
     
    O’quv modullari 
    Solishtirish amallari, Matlabda haqiqiy mantiqiy amallar. 
    Mantiqiy amallarni ikki guruhga bo’libinadi: 
    Solishtirish amallari; 
    Haqiqiy mantiqiy amallar. 
    Solishtirish amallariga quyidagilar kiradi
    a>b- katta amali; 
    aa<=b- kichik yoki teng amali
    a>=b- katta yoki teng amali; 
    a==b- teng amali; 
    a~=b-teng emas amali. 
    Massivlarni solishtirishda bu amallar ularning mos elementlari orasida amalga 
    oshiriladi. Bunda solishtirilayotgan massiv o’lchoviga teng o’lchovli massiv hosil 
    bo’ladi. Ya’ni massivning mos elementi 1 bo’ladi, agar solishtirish natijasi “rost” 
    bo’lsa 0 bo’ladi agar solishtirish natijasi “yolg’on” bo’lsa.
    Agar solishtirishda >, <, >=, <= amallari ishlatilsa elementlarning faqat 
    haqiqiy qismi solishtiriladi, == yoki ~= amallari ishlatilsa elementlarning ham 
    haqiqiy, ham mavhum qismlari solishtiriladi. 
    Ikkita qatorni ekvevalentligini tekshirish uchun strcmp komandasdan 
    foydalaniladi. 
    Bu holda vektorlarning uzunliklari har xil bo’lishi mumkin. 


    230 
    Agar solishtirilayotganlardan biri skalyar, ikkinchisi matritsa bo’lsa, u holda 
    solishtirish uchun skalyarni matritsa o’lchovlariga teng qilib, matritsaga 
    to’ldiriladi va undan keyin solishtiriladi.
    Masalan: 
    >> a=3; 
    >> b=[1 4 0; 2 5 7]; 
    bo’lsa a>b natijasi quyidagicha bo’ladi: 
    ans= 
    [1 0 1; 1 0 0] 
    Matritsa elementlari kompleks bo’lgan holda misol ko’ramiz: 
    >>c=[5+2i 4-i]; 
    >>d=[5+7i 3-i]; 
    >>d<=c ning natijasi 
    ans=[1 1], 
    >>c<=d ning natijasi 
    ans= [1 0] 
    bo’ladi. 

    Download 4,84 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




    Download 4,84 Mb.
    Pdf ko'rish