O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 2,3 Mb.
bet5/8
Sana11.10.2020
Hajmi2,3 Mb.
#12086
1   2   3   4   5   6   7   8
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining mobil foydalanuvchilari soni 500 millionga yetdi. Bir yil davomida Facebook’ning mobil auditoriyasi 2,5 marta oshgan. O‘tgan yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqqa mobil telefonlardan 100 millionga yaqin kishi kirgan edi.42

Oxirgi paytda ijtimoiy tarmoqlar qanchalik rivojlangan sari bu sohani o‘rganuvchi mutaxassislar turli hil agentliklar soni ham ancha ko‘paydi. Bu mutaxassislar mumtazam ravishda butun dunyo bo‘ylab aholi o‘rtasida turli hil so‘rovnomalar sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishadi. Natija tahlil qilinganda esa o‘z o‘zidan taraqqiyot uchun nimalar qilish kerakligi haqida gapiradi. Shunday agrntliklardan biri Buyuk Britaniyaning “iCrossingraqamli marketing agentligi Facebook foydalanuvchilarining butun dunyo bo‘ylab joylashuvini xaritaga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Unda mamlakat aholisining qancha qismi Facebook’dan foydalanadi, ularning jinsi va o‘rtacha yoshlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Shunday qilib, bugungi kunda AQSHda eng ko‘p Facebook foydalanuvchilari istiqomat qilmoqda. Ularning soni 150 million kishi yoki mamlakat aholisining deyarli yarmiga teng. Indoneziya esa bu borada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu mamlakatda 35 milliondan ortiq Facebook foydalanuvchisi yashaydi. Indoneziyalik foydalanuvchilarning o‘rtacha Yoshi butun dunyo bo‘ylab eng yoshi sanaladi – 23 yosh. Birlashgan Qirollikda odamlar Facebook ijtimoiy tarmog‘idan ancha faol foydalanishsa-da, ularning soni Indoneziyanikidan kamroq. Hozirda Birlashgan Qirollik aholisining 47 foizi yoxud 28,9 million kishi dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq saytidan foydalanmoqda.43

Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish intensivligiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu borada eng yuqori ko‘rsatkich shubhasiz Birlashgan Qirollikka to‘g‘ri keladi. Qirollikning har bir aholisi bir oyda o‘rtacha 68 marta Facebook’dan foydalanadi. Indoneziyada esa, bu ko‘rsatkich 7 ga teng.

Eslatib o‘tish kerakki, bu yerda mobil foydalanuvchilar hisoblanmagan.

Facebook’ning foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ichki ma’lumotlari, Wikipedia’ning aholi statistikasi va Google’ning reklama platformasi ma’lumotlari asosida “iCrossing” agentligi 2011-yilning mart oyi yakunlariga ko‘ra quyidagi raqamli xaritani tuzib chiqdi.




Download 2,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2,3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 2,3 Mb.