O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 2.3 Mb.
bet4/8
Sana11.10.2020
Hajmi2.3 Mb.
#12086
1   2   3   4   5   6   7   8

III BOB. Axborot maydonidagi kurash va samaradorlikka erishish masalalarining ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida namoyon bo’lishi
3.1. Ijtimoiy tarmoqlarda o’rtasidagi raqobat va samaradorlik omillari
Tarmoqlar faoliyatidagi o‘zgarishlar ham unga tashrif buyuruvchilar sonini ko‘payishiga olib keladi. Mana bunga bir misol: Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg “F8 Developers Conference 2011” konferensiyasida birdaniga bir qancha yangiliklar haqida taqdimot qildi. Ushbu yangiliklar tez kunlar ichida ijtimoiy tarmoqda o‘z ifodasini topdi39.

Birinchi va eng global yangilik – bu, bizga “Devor” (“Wall”) nomi bilan tanish bo‘lgan maydonga bog‘liq. Mark Sukerberg foydalanuvchilarning profili interfeysi uchun “Timeline” deb nomlangan yangicha ko‘rinishni namoyish qildi. Ushbu g‘oya qobiliyatli dizayner Nikolas Feltondan chiqqan bo‘lib, u oddiy infografikani zamonaviy san’at darajasigacha ko‘targan.



2006-yilda Felton “Esdaliklar” deb nomlangan loyiha ustida ish boshlagan. U infografikalar yordamida o‘zining shaxsiy hayotini tasvirlagan – u qaysi shaharlarda bo‘lgan, qancha vaqt u yerda bo‘lgan, qanday musiqa tinglagan, nima tanovul qilgan va nimlarni o‘qigan. Natija bir vaqtning o‘zida ham chiroyli, ham ma’lumotlarga boy bo‘ldi. Nikolas loyiha ustida ishlashda davom etdi hamda ushbu texnologiyani takomillashtirib bordi. 2010-yilda uni Facebook kompaniyasiga ishga taklif qilishdi. Aynan uning g‘oyalari yangicha interfeys – “Timeline”ning yaratilishiga asos bo‘ldi.

Timeline” interfeysining yuqori qismi
Foto: UzEconomist

Ommaviy axborot vositalarida ushbu nom allaqachon “vaqt shkalasi”, “xronika” va “hayot yo‘llari” kabi nomlar bilan tanilib bo‘ldi. Bunday olib qaraganda, bu foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqda o‘tkazgan butun virtual hayotining tarixidir. Unda foydalanuvchining barcha qilgan ishlari (postlar, rasmlar, video-roliklar va boshqalar) ko‘rinib turadi. Tashqi tomondan olib qaraganda esa, u foydalanuvchining tug‘ilganidan boshlab ijtimoiy tarmoqda yillar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining ketma-ket joylashuvidir. O‘ng tomonda joylashgan menyu orqali osongina “vaqt shkalasi”ni turli yillarga burish mumkin. Bunda, birorta yilni qandaydir voqea yoki rasm bilan to‘ldirish yoki avval qoldirilgan yozuvlarni tahrirlash imkoniyati ham mavjud. “Timeline”ni kompyuterdan ham, mobil telefondan ham boshqarish mumkin.



Timeline” interfeysida “vaqt shkalasi”


Ikkinchi eng muhim yangilik – bu, “ijtimoiy ilova-dasturlar” (“social apps”) bo‘ldi. Ular, o‘z mohiyatiga ko‘ra, “Like” tugmachasining takomillashgan ko‘rinishidir.

Shu kungacha siz biror o‘qigan kitobingizni do‘stlaringizga ham ulashish uchun yoki ularga bu haqda xabar berishingiz uchun kitobning nomi yaqinida joylashgan “Like” tugmachasini bosishingiz kerak edi. Endi esa, siz shunchaki kitobni o‘qisangiz bo‘ldi, bu haqdagi ma’lumot avtomatik ravishda sizning profilingizda paydo bo‘ladi. Bu juda kata qulayliklarni yaratadi, chunki ushbu kitobni bir vaqtning o‘zida o‘nlab boshqa foydalanuvchilar ham o‘qishi mumkin. Shunday qilib, ijtimoiy tarmoq a’zolari o‘zlariga xos umumiy jihatlarni kashf qiladilar.

Ilova-dasturlar foydalanuvchilarning xatti-harakatlari haqidagi ma’lumotni “Ticker” deb nomlangan panelda aks ettiradi. Bu, Mark Sukerbergning fikricha, tashqi veb-servislardan keladigan “keraksiz” xabarlar muammosini hal qiladi hamda ijtimoiy tarmoq interfeysini soddalashtiradi. Biroq, ilova-dastur chiqargan xabar asosiy lentaga ham chiqishi mumkin, agarda bir paytning o‘zida bir nechta foydalanuvchi xuddi shu ishni amalga oshirsa. Masalan, siz Facebook saytida “Spotify” servisi orqali musiqa tinglayapsiz. Bu haqdagi xabar “Ticker” panelida “Falonchi “Spotify”da falon musiqani tinglayapti” kabi mazmunda aks ettiriladi.40

Uchinchi eng kata yangilik esa – Facebook ijtimoiy tarmog‘ining oqim (stream) rejimidagi audio- va video-servislar bilan ishlashni boshlashidir. Endi foydalanuvchilar saytning o‘zidayoq shunga o‘xshagan servislarga obuna bo‘lishi mumkin: masalan, boshqa odamlarning qo‘shiqlarini tinglash, bir paytning o‘zida ko‘pchilik bo‘lib bir xil kompozitsiyani tinglash.

“Spotify” bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ilova-dastur foydalanuvchiga uning do‘stlari tinglayotgan musiqa haqidagi ma’lumotni yetkazadi. Bu bilan, foydalanvchi ham o‘sha qo‘shiqni tinglash yoki u haqda ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin. Xuddi shu narsa filmlar bilan ham ishlaydi.

Endi foydalanuvchilar har bir qadamda qandaydir funksiyani ishlatish, masalan “Like” tugmachasini bosish orqali o‘z do‘stlariga bu haqda xabar berishi shart emas. Bu ishlarning barchasini Facebook ijtimoiy tarmog‘ining o‘zi amalga oshiradi.41

Ijtimoiy tarmoqlarda yaratilyotgan bunday imkoniyat aksariyat tarmoq foydalanivchilari o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ldi. Bunday imkoniyatlarni bevosita mobil telefondan foydalanuvchilar uchun ham yaratilganligi tarmoq auditoriyasini yanayam kengayishiga olib kelayapti. Chunki bugun insonlar xohlagan joyidan turib dunyoda bo‘layotgan informatsialarni bevosita olishni va o‘zi ham xohlagan sharoitda axborotlarni tarqatishni xohlaydi.hoxlaydi. Buning uchun eng qulay vosita esa ijtimoiy tarmoqlardan aynan mobil telefonlar vositasida foydalanishdir. TechCrunch texnoblogining yozishicha,



Download 2.3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 2.3 Mb.