«Облако» - Bulut chizish tugmasi.
Ushbu buyruq tugmasi chizmalarda izohlarni belgilash ucun qo’llaniladi. Buyruq tugmasi tanlangandan so’ng boshlang’ich nuqta sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi. Sichqonchani kerakli yo’nalishlarda siljitish bilan ekranda bulutga o’xshash uzluksiz yoylar ketma ketligi hosil qilinadi. Harakatlar qaytib bosh nuqtaga kelganida uzluksiz yoylar hosil qilinishi tugatiladi va ushbu yoylarning barchasi bitta ob’ekt sifatida qabul qilinadi.
«Сплайн» - Lekal egri chiziqlar chizish tugmasi.
Ushbu buyruq tugmasi lekalo egri chiziqlar yasashni nazarda tutadi. Tugma tanlangandan so’ng sichqoncha ko’rsatkichi yordamida nuqtalar tanlansa, shu nuqtalardan silliq va ravon o’tuvchi egri lekalo yoylari yasaladi. Uch marta ketma ket “Enter” tugmasi bosilgandan so’ng shakl saqlanib qolinadi.
|