|
«Эллипс» - Ellips chizish tugmasi
|
bet | 32/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Эллипс» - Ellips chizish tugmasi.
Ma’lumki ellips yasash ellipsning katta va kichik o’qlari asosida bajariladi.
Buyruq tugmasi tanlanganda ekranda «Конечная точка оси еллипса или ↓» - Ellipsning oxirgi nuqtasi yoki ↓ axboroti chiqadi. Klaviaturadan ↓ ko’rsatkichi tanlanib qo’shimcha axborot oynasi chaqiriladi.
Unda «Дуга» - Yoy va «Центр» - Markaz bandlari mavjud bo’lib, «Дуга» - Yoy bandi ellips yoy chizishni nazarda tutadi. «Центр» - Markaz bandi tanlanganda, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida markaz belgilanadi. Sichqoncha yordamida ellips o’qlaridan birining yo’nalishi ko’rsatilib klaviaturadan yarim o’q qiymati kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So’ng yana klaviaturadan ikkinchi yarim o’qning qiymatlari kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Ekranda berilgan qiymat parametrlari asosida ellips hosil qilinadi.
|
| |