|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
|
bet | 34/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Блок» - Bo’lim tugmasi.
Usbu buyruq tugmasi oldin yaratilgan biron bir fayl (DWG formatidagi) chizmani ekranga chiqarish va bajarilayotgan chizmaga bo’lim sifatida qo’shishni nazarda tutadi.
«Блок» - Bo’lim tugmasi tanlanganda ekranga «Вставка блока» - Bo’lim qo’yish axborot oynasi chiqariladi.
Unda «Имя» - Nomi ko’rsatkichli oynacha, «Обзор» - Namoish (fayllar ro’yxati nazarda tutiladi) interfaol tugmasi, «Точка вставки» - Qo’yish nuqtasi, «Масштаб» - Masshtab va «Угол поворота» - Aylantirish burchagi bandlari mavjud.
«Точка вставки» - Qo’yish nuqtasi, «Масштаб» - Masshtab va «Угол поворота» - Aylantirish burchagi bandlarida «Указать на экране» - Ekranda tanlash belgilagich bo’limlari mavjud bo’lib, agarda ular belgilansa X, Y, Z o’qlar bo’yicha koordinatalar qiymatini berishga hojat qolmaydi va bu qiymatlar ekranda bevosita sichqoncha ko’rsatkichi yordamida qo’yiladi. Aks holda, X, Y, Z o’qlarining qiymatlarini berish lozim bo’ladi.
Chizmaga biron – bir blok ya’ni bo’lim qo’yish uchun «Обзор» - Namoish interfaol tugmasi tanlanadi. Ekranga «Выбор файла рисунка» - Chizma faylini tanlash interfaol axborot oynasi chiqariladi. Odatda «Мои документы» - Mening hujjatlarim papkasida saqlanib kelinayotgan fayllar ro’yxati ko’rsatiladi.
Fayllar ro’yxatidan kerakli fayl sichqoncha yordamida tanlansa, interfaol oynaning «Образец» - Namuna hududida fayldagi chizma ko’rsatib turiladi. Kerakli fayl nomi tanlangandan so’ng «Открыть» - Ochish tugmasi tanlanadi. Interfaol oyna yopilib, qaytib «Вставка блока» - Bo’lim qo’yish axborot oynasi chiqariladi. Endilikda ushbu oynaning «Имя» - Nomi ko’rsatkichli oynachasida tanlangan fayl nomi ko’rsatib turiladi.
Izoh: Ko’rilayotgan misolimizda Mashq – 1 faylining nomi ko’rinib turadi.
|
| |