• «Цвет» - Rang
  • «Номер цветов» - Rang nomeri, «Вся палитра» - Jami ranglar majmuasi va «Альбомы цветов» - Ranglar albomi
  • «Выбор цвета» - Rang tanlash
  • «Переход…» - Rang berish tugmasi




    Download 4,69 Mb.
    bet40/96
    Sana03.04.2021
    Hajmi4,69 Mb.
    #14042
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
    «Переход…» - Rang berish tugmasi.

    Buyruq tugmasi obektlarni ranglashni nazarda tutadi. Tugma tanlanganda ekranda «Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasi ochiladi.



    Oyna asosan uchta asosiy bo’limlardan iborat.

    «Цвет» - Rang bo’limi ikkita bandga ega bo’lib bular «Один цвет» - Bitta rang va «Два цвета» - Ikkita rang asosida bo’yashni nazarda tutadi.

    «Один цвет» - Bitta rang bandi bilan ishlashda kerakli rangni tanlash uchun rang oynachasidagi (...) tugmasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi va «Выбор цвета» - Rang tanlash oynasi chaqiriladi.

    Unda uchta bo’lim «Номер цветов» - Rang nomeri, «Вся палитра» - Jami ranglar majmuasi va «Альбомы цветов» - Ranglar albomi mavjud. Har uchta bo’lim ham kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Odatda «Вся палитра» - Jami ranglar majmuasi bo’limi ko’rsatib turiladi. Kerakli rangni tanlash uchun sichqoncha ko’rsatkichini spektr ranglar ustida bosilsa o’ng tomonda joylashgan shkala va pastki o’ng burchakda joylashgan to’rtburchak namuna rangi o’zgaradi. Shkala yuritkichini sichqoncha yordamida siljitish bilan rang tiniqligiga erishish mumkin. Rang tanlab bo’lingach, “OK” tugmasi bosiladi.



    Izoh: «Номер цветов» - Rang nomeri va «Альбомы цветов» - Ranglar albomi bo’limlari bilan mashgulotlar jarayonida tanishib chiqish lozim.

    Keyingi etapda «Выбор цвета» - Rang tanlash oynasi yopilib yana «Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasiga qaytamiz. «Цвет» - Rang bo’limidagi ikkinchi oynacha bandida (<) va (>) siljitish dastaklari bo’lib, ular yordamida soya va yorug’lik darajasini o’rnatish mumkin. Barcha o’zgarishlar pastda joylashgan to’qqizta to’rtburchak namunalarda ko’rsatib boriladi.

    Agarda «Цвет» - Rang bo’limidagi «Два цвета» - Ikkita rang asosida bo’yash bandi tanlansa u holda ikkinchi oynacha bandidagi (<) va (>) siljitish dastaklari o’rniga birinchi oynachadagi singari rang oynachasi paydo bo’lib, uning o’ng tomonida joylashgan (...) tugmasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanib ikkinchi rangni ham yuqoridagi «Выбор цвета» - Rang tanlash oynasidagi ketma-ketlik singari o’rnatish mumkin.





    Download 4,69 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




    Download 4,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Переход…» - Rang berish tugmasi

    Download 4,69 Mb.