«Ориентация» - Yo’nalganlik bo’limi ikkita banddan iborat bo’lib, bular «По центру» - Markazli va «Уол» - Burchak bandlaridir.
«По центру» - Markazli bandidagi belgi olib tashlanib rang soya va yorug’ligini burchakli berish mumkin. Burchak gradusini esa ikkinchi «Уол» - Burchak bandidagi (v) ko’rsatkichini bosib, kerakli qiymatni tanlash bilan kiritiladi. Barcha o’zgarishlar to’qqizta namuna oynalarida ko’rsatib boriladi.
Keyingi etapda to’qqizta namuna oynalaridan biri tanlanib, «Контуры» - Konturlar bo’limiga o’tiladi. Ushbu bo’lim funksiyalari shtrixlash buyrug’idan bizga ma’lum.
«Область» - Hudud tanlash tugmasi.
Ushbu buyruq tugmasi asosan turli chiziq va yoylardan iborat bo’lgan, ikki o’lchamli yopiq ob’ektlarni bir butun hududga aylantirish uchun xizmat qiladi. Bundan maqsad shuki hududga aylantirilgan ob’ektlarni yuzasi, perimetri, hudud markazi kabi qiymatlar dastur tomonidan avtomatik hisoblanib boriladi va ularni hisoblashga hojat qolmaydi.
Misol uchun «Отрезоk» - Kesma buyruq tugmasi yordamida ixtiyoriy tuzilgan olti burchakning har bir tomoni, aniqrog’i har bir to’g’ri chizig’i alohida bir ob’ekt sifatida qaraladi va aynan shu tanlangan ob’ektga nisbatan turli tahrirlash ishlarini olib borish mumkin. Agarda «Область» - Hudud buyruq tugmasi tanlansa sichqoncha ko’rsatkichi ob’ektlarni tanlash rejimiga o’tadi va sichqoncha yordamida har bir chiziq ketma-ket tanlanib “Enter” tugmasi bosilsa hudud hosil qilinadi.
Agar sichqoncha ko’rsatkichi bilan yangi hosil qilingan ob’ektning biron bir tomoni tanlansa, to’liq ob’ekt tanlanadi. Hudud to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun ob’ekt tanlangandan so’ng sichqoncha o’ng tugmasi bosilib kontekst menu chaqiriladi. Undagi «Свойства» - Xususiyatlar bandi tanlansa tanlangan ob’ekt – hudud to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar AutoCAD ish stolining chap tomonida chiqariladi.
Ushbu axborot oynansining «Общие» - Umumiy bo’limida hudud ob’ektining nimadan tashkil topganligi, ya’ni – rangi, chiziq turi, masshtabi, chiziq qalinligi kabi ma’lumotlar ko’rsatilsa, «Геометрия» - Geometriya bo’limida hudud ob’ektining maydoni va perimetri haqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Axborot oynani yopish uchun oyna yuqori o’ng burchagidagi (x) tugmasi tanlanadi.
|