|
«Свойства ячеек» - Kataklar xususiyati
|
bet | 46/96 | Sana | 03.04.2021 | Hajmi | 4,69 Mb. | | #14042 |
«Свойства ячеек» - Kataklar xususiyati bo’limi bir qancha bandlarga ega bo’lib, «Текстовый стиль:» - Matn uslubi: bandida matn turi o’rnatiladi. Buning uchun (…) tugmasi tanlanib «Текстовые стили» - Matn uslublari oynasi chaqiriladi. Ushbu oyna funksiyalari «Текст» - Matn taxrirlash panelidagi «Текстовые стили» - Matn uslublari tugmasi faoliyati bilan aynan bir xil.
«Высота текста:» - Matn balandligi: kiritish oynachasiga son bilan qiymat berilsa shrift o’lchami o’zgaradi.
«Цвет текста:» - Matn rangi: va «Цвет фона:» - Fon rangi: bandlaridagi (v) ko’rsatkichi yordamida ranglarni o’zgartirish mumkin.
«Выравнивание:» - Tekislash: bandidagi (v) ko’rsatkichi bilan jadval katagidagi matnlarni joylashuvini tahrirlash mumkin.
«Свойства границ» - Chegara xususiyatlari bo’limi tuziladigan jadvalning chiziqlarini tahrirlashni nazarda tutadi. Undagi beshta faol tugmalar jadvalga chegaralarni qay tartibda o’rnatishni belgilab beradi. Ularning faoliyatini tugmalarda aks ettirilgan shakllardan ham tushunish mumkin. Ya’ni 1 – chisi barcha chegara chiziqlari mavjudligini, 2 – chisi faqat perimeter chegaralarini o’rnatishni, 3 – chisi faqat jadval o’rta qismida chegaralarni ko’rsatishni, 4 – chisi umuman barcha chegaralarni olib tashlashni va 5 – chisi faqat qatorlar ostida chegarani ko’rsatishni belgilaydi.
|
| |