Axborotlashtirish. Axborotlashgan jamiyat




Download 9.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/200
Sana15.04.2022
Hajmi9.38 Mb.
#19799
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   200
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018 (1)
253315 (1)
2. Axborotlashtirish. Axborotlashgan jamiyat 


Axborotlashtirish deyilganda – axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va axborot tizimlaridan foydalanilgan holda 
yuridik, va jismoniy shaxslarning axborotga bo‗lgan ehtiyojlarini 
qondirish uchun uchun shart-sharoit yaratilishining tashkiliy 
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy texnikaviy jarayon tushuniladi. 
Axborotning yetishmasligi axborotga nisbatan ehtiyojni – 
biror soha to‗g‗risidan jamiyat tomonidan to‗plangan bilim va 
alohida bilimlar o‗rtasidagi farqni anglashni keltirib chiqaradi.
Ishlab chiqarishni va insoniyatning barcha faoliyat sohasini 
axborot bilan to‗ldirish jarayoni axborotlashtirish deyiladi. 
Jamiyatni uzluksiz axborotlar bilan to‗ldirib borish natijasida 
axborotlashgan jamiyat yuzaga keladi. 
Bu jamiyatda barcha fuqorolar, iqtisodiy obyektlar va 
davlatning axborotga bo‗lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma 
sharoitlar yaratilgan bo‗ladi. Mehnat qiluvchilarning ko‗pchiligi 
axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan 
band 
bo‗ladi yoki bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish 
majburiyatlarini bajara olmaydigan bo‗ladi. Bu jarayon inson 
faoliyatining barcha jabhalarida oid boy bilimlar, ishonchli 
axborotlardan to‗liq va o‗z vaqtida foydalanishni ta‘minlashga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni joylarda tadbiq etishni 
anglatadi. Bu kompyuterlar va axborot tizimlari, mahalliy va 
global tarmoqlarni o‗z ichiga oladi.
Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat fuqarolari axborot 
madaniyatiga ega bo‗ladi. Ya‘ni axborot bilan ishlashni, uni olish 
qayta 
ishlash 
va 
uzatish 
uchun 
axborot 
tizimlari 
va 
texnalogiyalaridan foydalanishni biladilar. Bu inson faoliyatining 
barcha jabxalariga oid boy bilimlar, ishonchli bilimlardan to‗liq 
va o‗z vaqtida foydalanishni ta‘minlashga qaratilgan kompleks 
chora – tadbirlarni joylarda tatbiq etishni anglatadi. 
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 2-dekabrdagi farmoyishi 
bilan O‗zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish konsep-
siyasi ma‘qullandi. Ushbu konsepsiyada axborotlashtirish jamiyat 
taraqqiyotining obyektiv jarayoni ekanligi ko‗rsatib o‗tildi.

Download 9.38 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   200




Download 9.38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Axborotlashtirish. Axborotlashgan jamiyat

Download 9.38 Mb.
Pdf ko'rish