• R.X.Kadirov
  • Islom Karimov KIRISH
  • Tibbiyotda axborot texnologiyalari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 9.38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/200
    Sana15.04.2022
    Hajmi9.38 Mb.
    #19799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
    Bog'liq
    Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018 (1)
    253315 (1)
     
    TAQRIZCHILAR: 
    TTA Informatika, biofizika va normal fiziologiya kafedrasi dotsenti, fizika 
    matematika fanlari nomzodi
    Ikramov U. 
    TDSI qoshidagi Stomatologiya va yuz-jag‗ jarrohligi ilmiy-amaliy markazi 
    katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi
    R.X.Kadirov 
     
     
     
     


    Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter 
    texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli 
    telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, 
    bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or 
    yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlariga, 
    balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin 
    tug‘dirishining ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.
    Islom Karimov 
     
    KIRISH 
    Sizning diqqatingizga taklif etilayotgan ushbu darslik tibbiyot 
    oliy o‗quv yurtlarining talabalariga mo‗ljallangangan bo‗lib, 
    talabalarning tibbiyot oliy ta‘lim muassasalari bakalavriat 
    yo‗nalishlarining o‗quv rejalarida mavjud «Tibbiyotda axborot 
    texnologiyalari» fani mazmuni bilan to‗la ravishda tanish, degan 
    umidda tuzilgan. Aks holda talaba «Informatika» fanining asosiy 
    qismini yana bir bor takrorlashi talab etiladi. 
    «Tibbiyotda axborot texnologiyalari» fanlari (kurslari)ning 
    uzluksiz, bir biri bilan mantiqiy bog‗langan bo‗lishi kerak, degan 
    fikr paydo bo‗lganligiga ko‗p vaqt bo‗ldi. Lekin afsuski, shu 
    vaqtgacha «Informatika» fanlarini maktabdan boshlab uzluksiz 
    o‗qitish konsepsiyasi ishlab chiqilmaganligi achinarlidir. 
    Jamiyatni axborotlashtirish deganda, inson faoliyatining 
    barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗gan sohalarda axborotlar, 
    bilimlar, ishonchli ma‘lumotlar bilan to‗liq va o‗z vaqtida 
    foydalanishni ta‘minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni 
    barcha ish joylariga tatbiq etish tushuniladi. Axborotlashtirish 
    nafaqat 
    milliy 
    iqtisodiyotning 
    moliyaviy-iqtisodiy 
    ko‗r-
    satkichlarini yuksaltirishda, balki ayni paytda sog‗liqni saqlash 
    tizimini rivojlantirishda, yangi ish o‗rinlarini yaratish, ish 
    o‗rinlarini avtomatlashtirish va aholining turmush darajasini sifat 
    jihatdan yuksaltirishga ham xizmat qilmoqda. 
    Mamlakatimizda sog‗lom va barkamol avlodni tarbiyalash, 
    yoshlarning o‗z ijodiy va intelektual salohiyatini ro‗yobga 
    chiqarishi, respublikamiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‗liq 
    javob beradigan har tomonlama etuk shaxslar etib tarbiyalash 


    maqsadida o‗quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya va Internet 
    texnologiyalarini keng joriy qilish bo‗yicha amaliy ishlar Davlat 
    dasturida ko‗satib qo‗yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda olib 
    borilmoqda. 
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga 
    keng ko‗lamda joriy qilish, o‗quv va ilmiy axborotlarni talaba 
    hamda professor-o‗qituvchilar tomonidan qidirib topishda 
    ketadigan vaqtning qisqarishi, elektron o‗quv adabiyotlar 
    mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o‗zlashtirishning 
    tezlashtirilish, talabalarning mustaqil ta‘lim olishlari uchun 
    qo‗shimcha vaqt paydo bo‗lishi bilan ifodalanadi. 
    «Ta‘lim sifati», «innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy 
    qilish», «bilimlarga asoslangan tibbiyot» va «ta‘limda axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalari» tushunchalarini o‗zaro bir-
    birlaridan ajrarmagan holda o‗rganish zarur. «Ta‘lim sifati» 
    tushunchasi, avvalambor, ta‘limning asosiy maqsadi bo‗lgan 
    oliygohlardagi 
    talabalarning 
    bilimliligi, 
    professor-
    o‗qituvchilarning professionalligi va ta‘lim berish jarayonlarining 
    yuqori darajada tashkil qilishga bo‗liqdir. 
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta‘lim 
    berish jarayonlarining sifatini laboratoriya mashg‗ulotlariga 
    moslashtirilgan 
    xonalarning 
    zamonaviy 
    texnikalar 
    bilan 
    ta‘minlanishi, laboratoriya mashg‗ulotlarining uslubiy jihatdan 
    ta‘minlanganligi, ta‘lim jarayoniga jaib qilingan o‗qituvchilar 
    ilmiy potentsialining darajasi, davlat tilidagi darslik va o‗quv 
    qo‗llanmalarning ishlab chiqilganligi, ta‘lim jarayonlarini 
    boshqarishning sifat darajasi kabi omillarni ta‘minlab bermoqda. 
    Jahon 
    tajribasi 
    shuni 
    ko‗rsatmoqdaki, 
    axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalari va internetning ta‘lim sohasiga 
    keng kirib kelishi ta‘lim xizmatlarining globallashishi uchun ham 
    kata yo‗l ochib bermoqda. Rivojlangan davlatlar ta‘lim sohasida 
    bo‗layotgan bunday ijobiy jihatlarni e‘tiborga olgan holda, ta‘lim 
    sifatini 
    yuksaltirish 
    uchun 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalaridan ommaviy ravishda foydalanish davr talabiga 
    aylanmoqda. 


    Hozirgi kunga kelib ta‘lim sohasida «Informatika» fanlarini 
    uzluksiz o‗qitishga barcha sharoitlar mavjud deb hisoblaymiz, 
    ularning asosiylari quyidagilar: 
    • 
    materiallarining hajmi, mazmuni, ahamiyati va muhimligi 
    bilan farq qiladigan «Tibbiyotda axborot texnologiyalari» 
    fanlarining mantiqiy bog‗langan dasturining mavjudligi; 
    • 
    fanlarni ixtisoslashtirilgan dasturda, ya‘ni bakalavriat 
    yo‗nalishlarining o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
    o‗qitish imkoniyati; 
    • 
    fanlarning dasturida axborot texnologiyalari sohasining 
    rivojlanishini hisobga olish mumkinligi. 
    «Tibbiyotda axborot texnologiyalari» fanlarini o‗qitishning 
    o‗ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida modul tizimini ko‗rsatish 
    mumkin, chunki bu tizim talabalar bilimining turli-tumanligini 
    hisobga oladi. Modul tizimining yana bir ijobiy xususiyatlaridan 
    biri shundaki fanning mazmunini kengaytirish, o‗zgartirish, 
    takomillashtirish 
    va 
    yangi 
    modul 
    elementlarini 
    kiritish, 
    shuningdek modul orasida yangi bosqichlarga o‗tish mum-
    kinligidir. 
    Uslubiyot (metodologiya) jihatidan «Tibbiyotda axborot 
    texnologiyalari» fanlarining uzluksizligi quyidagilarga asoslanadi: 

    Download 9.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




    Download 9.38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 9.38 Mb.
    Pdf ko'rish