• Tizimli dasturiy ta’minot.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 9.38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/200
    Sana15.04.2022
    Hajmi9.38 Mb.
    #19799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
    Bog'liq
    Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018 (1)
    253315 (1)
     
    Asos dasturiy ta’minot. Dasturiy ta‘minotning eng quyi sathi 
    asos dasturiy ta‘minotdan iborat. Bu ta‘minot asos apparat 
    vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo‗yicha, asos 
    dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va 
    doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. 
    Dastur va ma‘lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga 
    ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash jarayonida 
    o‗zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos 
    dasturiy vositalarini o‗zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX 
    mikrosxemasi o‗rniga qayta dasturlash imkoniga ega doimiy 
    xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu holda DX mazmunini 
    hisoblash tizimi tarkibida bevosita o‗zgartirish mumkin (bunday 
    Amaliy dasturiy ta‘minot 
    Xizmatchi dasturiy ta‘minot 
    Tizimli dasturiy ta‘minot 
    Asos dasturiy ta‘minot 


    texnologiya flesh texnologiya deb ataladi) yoki hisoblash 
    tizimidan tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan 
    qurilmalarda bajariladi.
    Tizimli dasturiy ta’minot. Bu sathdagi dastur, kompyuter 
    tizimining boshqa dasturlari va bevosita apparat ta‘minoti bilan 
    o‗zaro bog‗lanishni ta‘minlaydi, ya‘ni bu dasturlar dallollik 
    vazifasini o‗taydi. Butun hisoblash tizimining ekspluatatsiya 
    (ishlatish) ko‗rsatkichlari ish sathining dasturiy ta‘minotiga 
    bog‗liq. Masalan, hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida 
    boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog‗lanishini ta‘minlash 
    uchun tizimli darajada dastur o‗rnatilishi kerak. Aniq qurilmalar 
    bilan o‗zaro bog‗lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma 
    drayverlari deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta‘minoti 
    tarkibiga kiradi.
    Tizimli sath dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan 
    bog‗lanishga javob beradi. Aynan shu dasturlar yordamida 
    foydalanuvchi hisoblash tizimiga ma‘lumotlarni kiritish, uni 
    boshqarish va natijalarni o‗ziga qulay ko‗rinishda olish imkoniga 
    ega bo‗ladi. Bunday dasturiy vositalar foydalanuvchi interfeysini 
    ta‘minlash vositalari deb ataladi. Kompyuterda ishlash qulayligi 
    va ish joyi unumdorligi bu vositalar bilan bevosita bog‗liq. 
    Tizimli sath dasturiy ta‘minoti majmuasi kompyuter operatsion 
    tizimi yadrosini tashkil etadi. Operatsion tizimi kompyuter tizimli 
    sath dasturiy ta‘minoti bilan jihozlangan bo‗lsa, u holda 
    kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o‗rnatishga va eng 
    asosiysi dasturiy vositalarning qurilmalar bilan o‗zaro aloqasiga 
    tayyorligini bildiradi, ya‘ni operatsion tizim yadrosi mavjudligi – 
    insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni bajarish imkoniyatining 
    zaruriy shartidir. 

    Download 9.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




    Download 9.38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 9.38 Mb.
    Pdf ko'rish