Dasturiy ta’minot. DT sathlari




Download 9.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/200
Sana15.04.2022
Hajmi9.38 Mb.
#19799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018 (1)
253315 (1), 1. O\'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi To\'g’risida»gi
Dasturiy ta’minot. DT sathlari. Dastur – buyruqlarning 
tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har bir 
dastur apparat vositalarini boshqarishda muhim vazifani bajaradi. 
Bir qarashda dasturning qurilmalar bilan hech qanday bog‗liqligi 
yo‗qdek ko‗rinadi, ya‘ni dastur kiritish qurilmalaridan ma‘lumot 
kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma‘lumot chiqarishni 
talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat 
qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Kompyuterda dasturiy va 
apparat ta‘minot doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog‗lanishda 
ishlaydi. Bu ikki kategoriya alohida ko‗rib chiqilayotganiga 
qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni 
alohida ko‗rib chiqish shartli ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. 
Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta‘minoti 
tuzilishi dasturiy konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar 
orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o‗zaro 
aloqa mavjud. Aksariyat dasturlar quyiroq darajadagi boshqa 
dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog‗lanish dasturlararo 
interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot)ning mavjudligi 
texnik shartlar va o‗zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo‗lsada, 
amalda u dasturiy ta‘minotni o‗zaro aloqada bo‗lgan bir nechta 


sath (daraja)larga taqsimlash bilan ta‘minlanadi. Dastur ta‘minoti 
sathlari piramida tuzilishiga ega. Har bir keyingi sath oldingi 
sathlar dasturiy ta‘minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash 
tizimining 
dasturlarni 
o‗rnatishdan boshlab to amalda 
ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‗rsatishgacha bo‗lgan ish 
faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida 
e‘tibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning 
funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta‘minoti sathiga 
ega hisoblash tizimi ko‗p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u 
tizimli dasturiy ta‘minotni o‗rnatishga imkon beradi, ya‘ni sharoit 
yaratadi.

Download 9.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   200




Download 9.38 Mb.
Pdf ko'rish