• Kamchiliklari
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 0.83 Mb.
    bet6/20
    Sana06.12.2022
    Hajmi0.83 Mb.
    #33424
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Jo\'lanov Firdavs kurs ishi ATJ
    2 Ishchi dastur 1-kurs, Hujjat (1) (4), Hujjat (333), Hujjat (4), Hujjat (5)
    Kamerali qurutgich qurilmasining ko’rinishi keltirib o’tilgan



    Tunnelli quritkichlar. Jarayonni tashkil etish bo'yicha bu qurilmalar
    uzluksiz ishlaydigan quritkichlar qatoriga kiradi. Bu quritkichlar to'g'ri
    to'rtburchak ko'ndalang kesimli uzun kameradan iboratdir. Nam material yuklangan aravachalar temir relslar ustida harakatlanadi. Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich yopiladi. Aravachalarning quritish kamerasida bo'lish vaqti quritish jarayoni davomiyligiga teng. Material yuklangan aravachalarning kameradan bir marta o'tishida nam material quritiladi. Issiqlik eltkich kaloriferda qizdirilib, ventilyator yordamida qurilmaga uzatiladi.



    Bu turdagi quritkichlarda issikdik eltkich qisman retsirkulyasiya qilinadi. Nam material va issiqlik eltkich parallel yoki qarama — qarshi yo'nalishli bo'lishi mumkin. Ko'pincha kalorifer va ventilyator quritkichning yoniga yoki tomiga o'rnatiladi. Ishlatib bo'lingan havo quvur orqali Atmosf raga chiqarib yuboriladi.
    Bu turdagi qurilmalarda, materialni aralashtirib bo'lmaydi va qurish bir tekisda emas; tunnelli quritkichlar o'lchami katta, donasimon materiallarni, sabzavot, meva, makaron va boshqa mahsulotlarni quritish uchun mo'ljallangan.


    Kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzoq muddatda davom etadi va bir tekisda emas.
    Lentali quritgichlar uzluksiz ishlaydigan quritkichlar qatoriga kiradi
    Nam material qurilmaning tepa qismidagi bunker orqali yuklanadi va
    konveyerning yuqori lentasiga tushadi. Odatda, ikkita baraban orasiga tortilgan lenta teshikli bo'ladi va nam material uning ustida harakatlanadi. Lentaning ikkinchi uchiga yetganda, material pastki konveyerga to'kiladi. Eng pastki konveyerdan, quritilgan material chiqarish bunkeriga to'kiladi.
    Quritilayotgan materialning bir lentadan ikkinchisi to'kilib o'tishi uning aralashishiga sababchi bo'ladi. Natijada, quritish tezligi ortadi. Ko'pincha bunday quritkichlar ko'p lentali qilib yasaladi.
    Material va issiqlik eltkich o'zaro kesishgan yo'nalishda harakatlanadi. Shu bilan birga, parallel va qarama - qarshi yo'nalishli quritkichlar ham ishlab chiqariladi. Bunday quritkichlarda issiqlik eltkich qisman retsirkulyasiya qilinishi mumkin.
    Havoni resirkulyasiya va oraliq qizdirilishi tufayli lentali quritkichlarda mayin quritish rejimlariga erishish mumkin.

    Lentali quritkichlarning ayrim konstruktsiyalarida, bir tekisda quritishga erishish uchun, material qatlamini aralashtirish va qatlamni tekislash uchun lenta ustiga maxsus ag'diruvchi moslama o'rnatiladi.



    Download 0.83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 0.83 Mb.